16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:18
Fan va taʼlim 👁 387

53-sonli maktabda “Oxiratingiz obod boʻlsin, aziz ustozlarim” shiori ostida xotira kechasi oʻtkazildi

53-sonli maktabda “Oxiratingiz obod boʻlsin, aziz ustozlarim” shiori ostida xotira kechasi oʻtkazildi

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 53-sonli maktabda shu maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Malohat Matsafoyeva tashabbusi bilan 4-A sinf oʻquvchilari va maktab jamosi hamkorligida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab tadbir uyushtirildi.

“Oxiratingiz obod boʻlsin, aziz ustozlarim” shiori ostida oʻtkazilgan xotira kechasi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlandi.

Bayram tadbirini maktab Kasaba uyushma tashkiloti raisi Bahrom Jiyanov kirish nutqi bilan ochib berdi va maktabda uzoq yillar mehnat qilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Jumot Boʻranov, Rahimboy Jiyanov va mazkur maktabda ishlab, oʻz faoliyati bilan oʻchmas iz qoldirgan marhum ustozlar Sodiqboy Matsafoyev, Karimboy Oʻrazov, Ibragim Eshnazrov, Gulimmat Jiyanov, Shomurot Pirimov, Omonboy Shomurotov, Begmurot Pirimov, Sultonposhsha Jumaniyazova kabi ustozlar haqidagi oʻchmas xotiralarni yodga oldi.

Chindan ham, xotira, insoniyatning madaniy va tarixiy merosini saqlab qolishning asosiy omili sifatida qadrlidir. U oʻtmishdagi voqealarni, shaxslarni va ularning qahramonliklarini esda saqlash orqali, kelajak avlodlarga ularning hayotiy tajribalarini yetkazish imkonini beradi.

Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va el yurt tinchligi uchun jon bergan yurtdoshlarimizning xotirasi, ularning fidoyiligi va matonatini avlodlar hech qachon unutmaydi. Bu xotira har safar yodga olinganida nafaqat ularning jasoratini, balki urushning dahshatlarini va tinchlikning qadrini ham eslatib turadi.

Shu bilan birga, xotira insonlarni birlashtiruvchi kuch sifatida, milliy birdamlik va jamiyatdagi oʻzaro hurmatni mustahkamlovchi vosita sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, oʻtgan marhum ustozlarni xotirlash va ayni paytda nafaqada keksalik gashtini surayotgan faxriy oʻqituvchilarni qadrlash hamda eʼzozlash maktab jamoasi orasidagi ahillik va birdamlikni taʼminlaydi, avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlaydi.

Shu sababli tadbirga 53-sonli maktabda ishlab, ayni kunda keksalik gashtini surayotgan bir guruh faxriy ustozlar ham taklif qilindi. Uzoq yillar taʼlim sohasida, aynan ushbu maktabda faoliyat yuritgan faxriy ustozlar Davlatboy Boltayev, Oʻrazgul Pirimova, Sotimboy Rajabov, Rahatoy Qurbonova, Shermat Jiyanov, Bahrom Erimmatov, Tilavoy Bekchanov va boshqa elda aziz ustozlar, bugungi kunda ham shogirdlari, nevara-chevaralari ardogʻida yurgan nuroniylar marhum ustozlarini chuqur hurmat bilan eslab, oʻzlariga hurmat koʻrsatayotgan shogirdlariga minnatdorchilik izhor qildilar.

Faxriy ustozlar taʼkidlaganlaridek, taʼlim sohasida ishlagan oʻqituvchi va murabbiylar tajribasi, hayot yoʻli shogirdlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Ularning bilim va tarbiya berishdagi beqiyos hissasini qadrlash hamda boy ilmiy, maʼnaviy merosini davom ettirish har bir yosh pedagog uchun sharaf hamda chinakam masʼuliyatli vazifadir.

Tadbirda maktab direktorining maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Izzatbek Yusufov ham soʻzga chiqib, Ikkinchi jahon urushida qatnashib, xalq tinchligi va osoyishtaligi uchun jonini fido qilgan, urushdan omon qaytib, turli sohalarda fidokorona mehnat qilgan ajdodlar xotirasi avlodlar qalbida mangu saqlanajagini taʼkidladi.

Ustozlarning xotirasini, ularning taʼlim va tarbiyadagi fidoyiliklarini tan olish, eʼtirof etish, ularning nurli yoʻllarini davom ettirish haqiqiy insoniy fazilatdir. Tadbirda ishtirok etgan oʻquvchilarning ota-onalari yosh avlodga taʼlim berayotgan ustozlarning bu kabi hamjihatligi va totuvligidan koʻngillari toʻlib, ulardan taʼlim olayotgan farzandlarining ham ota-onasiga, ustozlariga, yoshi kattalarga itoatli boʻlib voyaga yetishlariga ishonch bildirdilar.

Tadbirda maktabning 4-A sinf oʻquvchilari Vatanni, tinchlik va doʻstlikni, insoniylikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlarni kuylab, raqsga tushdilar.

Xotira kechasi yakunida tadbir tashkilotchisi Malohat Matsafoyeva soʻzga chiqib, barcha ishtirokchilarni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbdan tabrikladi va tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uzoq yillar davomida shu maktabda mehnat qilib, ayni kunlarda pensiyada keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar va mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019