16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:58
Fan va taʼlim 👁 279

Amudaryo tumani mamlakat miqyosidagi seminarga mezbonlik qildi

Amudaryo tumani mamlakat miqyosidagi seminarga mezbonlik qildi

Mamalakat rivojini taʼlim sifati va kadrlar salohiyati belgilab beradi. Shu maqsadda yurtimizda maktabgacha va maktab taʼlimini yangi bosqichga koʻtarish yoʻlida qator islohotlar amalga oshirilyapti. Jumaladan, maktablarda Milliy oʻquv dasturi va zamonaviy dasrliklarni amaliyotga joriy etish, bu jarayonda pedagog xodimlarga uzliksiz metodik xizmat koʻrsatish, qizil toifadagi maktablarga manzilli yordam berish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ayni yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning natijasini yana bir marta sarhisob qilish, bu boradagi yutuqlarni eʼtirof etib, kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Amudaryo tumanidagi 76-sonli maktabda Oʻzbekiston miqyosida metodik tur tashkil qilindi.

Metodik turga mamlakatning barcha hududlaridan kelgan soha vakillari maktab binosi oldida karnay sadolari bilan tantanavor kutib olindi. Mehmonlarga qadriyatimizga aylangan anʼana – non-tuz tutildi. Oʻquvchilar tomonidan cholgʻu asboblarida ijro etilgan milliy kuy va musiqalar barchaga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi. Maxsus tayyorlangan koʻrgazmada oʻquvchilarning qoʻl mehnati bilan ishlangan buyumlar, yumshoq oʻyinchoqlar va har xil mavzularda chizilgan suratlar namoyish qilindi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari U.Sharifxodjayev, Vazirlikning Metodika va darsliklar boshqarmasi boshligʻi D.Norboyeva, Respublika taʼlim markazi direktori Sh.Xudayqulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari B.Otemuratov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri G.Qojabayeva, barcha viloyatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining oʻquvchilarda zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish shoʻʼbalari bosh metodistlari, hududiy metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi boshliqlari, tumanimizning sohaga masʼul mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Maktabning faollar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usman Sharifxodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Qojabayevalar soʻzga chiqib, mamlakatimizda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, oʻqituvchilarga berilayotgan imtiyozlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida toʻxtalib, metodik turning ahamiyati haqida maʼlumotlar berishdi. Shundan soʻng Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shomuratov “qizil” toifaga kirgan maktablarda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar va keyingi rejalar haqida taqdimot qildi.

Jumladan, 2021-yilda tumanda 4 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, shu oʻrinda 76-sonli maktab ham taʼlim sifati yuqori boʻlmaganligi sababli “qizil” toifaga kiritilgan edi. Tegishli muassasalar tomonidan metodik yordam berilib, manzilli ishlash natijasida barcha maktablar “yashil” toifaga oʻtkazildi. Ushbu maktab esa bugungi kunda tumandagi eng kuchli maktablar beshtaligidan joy olgan. Keyingi yillarda oʻquvchilar soni ortgani sababli maktabga qoʻshimcha yangi bino qurilgan. Hozirda tumanimizda taʼlim sifati boʻyicha “qizil” toifadagi maktablar mavjud emas.

Seminar davomida mehmonlar va soha vakillari maktabda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy metodlarga tayangan holda oʻtilayotgan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar dars jarayonlarida bevosita ishtirok etib, oʻqituvchilarning dars oʻtish uslubi va oʻquvchilarning mavzu boʻyicha faolliklarini kuzatishdi.

Taʼlim dargohida “bir kasb – ikki xorijiy til” tajribasi joriy qilingan. Ushbu tamoyil asosida oʻquvchilarga ikkita xorijiy til chuurlashtirilgan tarzda oʻrgatilib, ularning kasb-korli boʻlishlari, hunar egallashlari uchun ham sharoitlar yaratilmoqda. Maktabda duradgorlik va tikuvchilik toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. Tikuvchilik toʻgaragiga sohada katta tajribaga ega boʻlgan ilgʻor biznes egalari, faol tadbirkorlar jalb qilingan. Ular oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil qilish va jihozlash ishlarida amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Farmon ijrosi yuzasidan maktab oʻquvchilarining bilimi va koʻnikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, oʻqituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va oʻquv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida qator vazifalar belgilan.

Endilikda sifati yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida manzilli metodik yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston tajribasini Oʻzbekiston Respublikasi miqyosida ommalashtirish kutilmoqda. Bu kabi amaliy ishlar orqali “qizil” toifaga kiritilgan maktablarda taʼlim sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.

Ushbu metodik tur doirasida mamlakat miqyosida turli hududlardan kelgan mehmonlar Amudaryo tumanidan tashqari Qoʻngʻirot va Moʻynoq tumanlari hamda Nukus shaharlarida boʻlishib, maktablar va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashrif buyurishdi va metodik xizmat koʻrsatish boʻyicha bilim va tajribalarini yanada oshirdilar.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019