16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:18
Iqtisodiyot 👁 369

Tuman hokimi tadbirkorlar murojaatlarini tingladi

Tuman hokimi tadbirkorlar murojaatlarini tingladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti oldidan masʼullar ishbilarmonlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tinglamoqda va takliflarini oʻrganmoqda. Amudaryo tumanida ham tadbirkorlarning murojaat va takliflarini jamlash hamda tahlil qilish maqsadida mutasaddilarning shaxsiy qabullari uyushtirilmoqda. Masʼul xodimlar tomonidan tumandagi tadbirkorlar bilan har kuni manzilli uchrashuvlar oʻtkazilib, tadbirkorlarning muammolari va takliflari oʻrganilmoqda.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tuman hokimi Sobir Xoʻjametovning tadbirkorlar muammolarini oʻrganish, hal etish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etilib, unda muammoli masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Qabul jarayonida tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar boshliqlari, tijorat banklari masʼullari, ovul va mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Maʼlumki, butun respublikamiz boʻylab, muhtaram Prezidentimizning tadbirkorlar bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtadigan ochiq muloqoti doirasida tuman va shahar hokimliklarida tadbirkorlik subʼektlarining murojaatlari va takliflarini oʻrganish boʻyicha sayyor qabullar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Amudaryo tumanida boʻlib oʻtgan qabul jarayonini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularga boʻlgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik, olib borilayotgan tub isohotlar haqida kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash borasida imzolagan qaror hamda farmonlari bu borada muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Xususan, “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmonlari, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarorlari asosida tadbirkorlik rivoji yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

Amudaryo tumanida oʻtkazilgan qabul jarayonida tadbirkorlar turli masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildilar. Xususan, maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish uchun kredit mablagʻlari olishda amaliy yordam berish, oilaviy bogʻcha ochish uchun kredit olishdagi muammolarini hal etishda, baliqchilik faoliyatini yanada kengaytirish, doʻkon qurish uchun yer olishda, qoʻshimcha bino ajratilishida, koʻchma doʻkon uchun yer olishda amaliy yordam soʻrab qilingan jami 20ga yaqin murojaatlar tegishli masʼullar ishtirokida chuqur tahlil qilindi hamda ularni ijobiy hal etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita oʻrganish, tadbirkorlikni kelgusida ribvojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish boʻyicha har yili oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolangan.

Qarorga asosan, Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasi, shuningdek, hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlar tuzildi.

15-iyundan ochiq muloqot oʻtkazilgunga qadar maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlar murojaatlarini tun-u kun qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, qarorda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2024-yilning avgustida xalqaro biznes forum ham oʻtkazilishi belgilangan. Ayni payda respublikada ochiq muloqot va biznes forumga tayyorgarlik jarayonlari qizgʻin pallaga kirgan.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026