16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:37
Adabiyot 👁 326

Kutubxonalar xalq tafakkurini ifodalaydi

Kutubxonalar  xalq tafakkurini ifodalaydi

Xalqimizning tarixan yuksak kitobxonlik madaniya­ti natijasida Markaziy Osiyo hududida dunyoga mashhur ilm-fan markazlariga asos solingan. Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan sohalari yuksaldi. Keyingi asrlarda ham Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon shaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan.

Maʼlumotlarga koʻra, XX asrning boshida birgina Buxoro shahrida 13ta kutubxona, 96ta qiroatxona mavjud boʻlgan. Saroy kutubxonasida amirlarning shaxsiy jamgʻarmalari bilan birga 47.500-jild turli tillardagi qoʻlyozma va toshbosma kitoblar saqlangan.

Kutubxonalar yaqin tariximizda ham xalqimiz tafakkurini oʻzida ifoda etgan. XX asr boshida jadidchilik harakati rahnamolari tomonidan mintaqa shaharlarida maʼrifatni targʻib qilish maqsadida dastlabki ommaviy kutubxonalarga asos solinadi. Xususan, 1908-yilda Namanganda Ishoqxon oʻgʻli Ibrat tomonidan “Matbaai Ishoqiya” nomli ilk nashriyot qoshida “Kutubxonai Ishoqiya” nomli kutubxona tashkil etildi. Bu davrda Samarqand, Qoʻqon va Toshkent shahrida “Nashriyo­ti Behbudiya”, “Gʻayrat” nomli kutubxonalar hamda “Turon” jamiyati qoshida tashkil etilgan maʼrifat maskanlari faoliyat yuritgan.

Oʻsha davrda kutubxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad, eng avvalo yoshlar, maktab oʻqituvchilari, madrasa talabalari, ziyolilarni yangi adabiyotlar, darsliklar, matbuot bilan muntazam tanishtirib borish boʻlgan. Chunki bu maskandagi kitoblar va gazetalarni boshqa biror joydan topish amri mahol edi.

Tarixdan maʼlum, kutubxonalar va matbaa sohasi rivojlangan davlatlar taraqqiyotda boshqa davlatlardan ancha oldinda boʻlgan. 1445-yilda Iogann Gutenberg tomonidan kitob bosish dastgohining ixtiro qilinishi Yevropa taraqqiyotida muhim davr hisoblanadi. Chunki Gutenberg ixtirosidan keyin insoniyatning katta qismi savodli boʻlgan. Germaniya bugungi kunda eng kitobxon davlatlar qatorida eʼtirof etiladi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Intellektual koʻrik-tanlovlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarni kitobxonlikka yanada yaqinlashtirdi. Birgina “Yosh kitobxon” tanlovida har yili minglab yoshlar ishtirok etishyapti. Shuningdek, tegishli tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan kitobxonlik tanlovlarida eng bilimli, zukko yoshlar munosib taqdirlanmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, ruhiy ozuqamiz boʻlgan mutolaa orqali moddiy ragʻbatlarga ham ega boʻlishimiz mumkin.

Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazi ham tuman aholisi, ayniqsa, yoshlarining maʼnaviy yuksalishi yoʻlida munosib xizmat qilib kelmoqda. Axborot-kutubxona markazi 2022-yil dekabr oyidan buyon Oybek nomli mahalla hududidagi yangi binoda faoliyat yurityapti.

Bugungi kunda Axborot-kutubxona markazida jami 17700 nafardan ziyod abonament roʻyxatga olingan. Shundan, 8850 nafardan ziyodini erkaklar, 8840 nafardan ziyodini ayollar tashkil qiladi. Kitobxonlarga 13 nafar xodim sifatli xizmat koʻrsatyapti.

Axborot-kutubxona markaziga Olmazor, Gulzor, Boʻston mahallalarining aholisi, 55-sonli maktab oʻquvchilari faol ravishda tashrif buyurishadi. Kutubxonaning kitob jamgʻarmasida har xil janrdagi, umumiy soni 65ming 300dan ziyod ilmiy, badiiy, publitsistik kitob­lar hamda gazeta-jurnallar mavjud. Shuningdek, kamyob nusxadagi adabiyotlarni mutolaa qilishlari uchun oʻquv zalida kitobxonlarga barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, joriy yil­­ning iyun oyida kutubxona jam­gʻarmasi 162 dona yangi chop etil­gan badiiy adabiyotlar bilan boyi­tildi.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, intellektual oʻyinlar, “Kitobxon ona – kitobxon bola” shiori ostida “Omadli kitobxon” tanlovlari oʻtkazib kelinyapti. Belgilangan ish rejaga muvofiq har oyda ovul va mahallalarda “Sayyor kutubxona” tadbirlari tashkil qilinib, kitobsevarlar qalbiga ziyo ulashilmoqda. Taʼlim muassasasalarida oʻtkazilgan kitob taqdimotlarida yoshlarga oʻzlarida va oilasida mutolaa madaniyatini shakllantirishlari uchun zarur tavsiyalar berilmoqda. Uchrashuvlarda xonadonlardagi shaxsiy kutubxonalar oʻsha oilaning bebaho boyligi ekanligi tushuntirilyapti.

Yoshlar orasida kutubxona ishiga qiziquvchi oʻquvchilar koʻp. Amudaryo muhandislik texnikumi Kutubxonashunoslik yoʻnalishi oʻquvchilari oʻquv-amaliyoti vaqtida faol ishtirok etib, amaliy tajribalarini oshirib borishadi.

Kutubxonalar ­— xalq tafakkurining oʻziga xos koʻzgusi. Bu koʻzgu yanada jozibali boʻlishida kutubxonachining samarali faoliyati, zamonaviy bilimi muhim ahamiyatga ega.

Biz bugun texnika taraqqiyoti asrida yashayapmiz. Lekin bu kitob­lardan, matbuot nashrlaridan uzoq­lashishimizga bahona boʻlmasligi kerak. Eng rivojlangan davlatlarda ham oʻzini ziyoli bilgan xalq ommaviy ravishda mutolaa qilishadi. Zero, insonning aqliy salohiyati va qalb dunyosini birinchi navbatda kitoblar boyitadi.

Munojot Safarboyeva, tuman Axborot-kutubxona markazi abo­nament va foydalanuv­chilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019