16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:44
Jamiyat 👁 279

Harbiy xizmat yoshlarni jismonan kuchli va maʼnan yetuk qilib tarbiyalaydi

Harbiy xizmat yoshlarni jismonan kuchli va maʼnan yetuk qilib tarbiyalaydi

Bugun jahon siyosiy maydonida axborot urushlari, tinchlikka raxna soluvchi turli tahdidlar soni koʻpayar ekan, ularga qarshi sobit tura oladigan, maʼnan va jismonan yetuk Vatan himoyachilarini tarbiyalash, mamlakat mudofaa salohiyatiga eʼtibor berish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda har yili mamlakatimizda harbiy xizmat chaqiruviga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tanlov tadbirlari tashkil etiladi.

Amudaryo tumanida ham 2025-yilgi muddatli harbiy xizmat chaqiruviga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tanlov tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-aprel kungi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish toʻgʻrisida”gi tegishli qarori asosida tuman hokimi qarori bilan tayinlangan Tanlov kengashi tomonidan Mudofaa ishlari boʻlimi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tanlov tadbirlarida 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, yaʼni 1998-2007-yillar oraligʻida tugʻilgan va ilgari harbiy xizmatni oʻtamagan yigitlar qatnashishmoqda.

Hozirgi kunda chaqiriluvchi yoshlar tuman Mudofaa ishlari boʻlimida boʻlib oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatga tanlov tadbirlarida faol ishtirok etib, oʻz salohiyatlarini sinovdan oʻtkazishmoqda. Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun turnikda tortilish, 100 metrlik hamda 3000 metrli masofaga yugurish boʻyicha sinovlar oʻtkazilmoqda. Ushbu sinovlarda muvaffaqiyatli qatnashgan, belgilangan shartlarni oʻz vaqtida epchillik bilan bajargan yigitlar suhbatga qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Amudaryo tumanida muddatli harbiy xizmatga tanlov tadbirlari joriy yilning 12-avgust kunidan boshlangan boʻlib, 2025-yilning 10-fevral kuniga qadar davom etadi. Ushbu tanlov tadbirlarida qoʻyilgan sinovlardan muvaffaqiyatli ravishda oʻtgan yigitlar muddatli harbiy xizmatga joʻnatiladi.

Tanlovda umumjismoniy tayyorgarlik darajasi yuqori baholangan chaqiriluvchilarga yakka tartibdagi suhbatga kirishga ruxsat beriladi. Umumjismoniy tayyorgarlikda yigitlarning turnikda tortilish, 100 metrga va 3000 metrga yugurish darajasi sinovdan oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbatda esa chaqiriluvchilarning dunyoqarashi, oilaviy ahvoli, bilim salohiyati oʻrganiladi hamda tarix fanidan savol-javob oʻtkazilib, intellektual darajalari aniqlanadi. Shunga koʻra chaqiriluvchini muddatli harbiy xizmatga joʻnatishga yoki joʻnatmaslikka tavsiyalar beriladi.

Yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan chaqiriluvchilar tibbiy komissiyadan hamda butlash komissiyasi tomonidan suhbatdan oʻtkazilib, yakuniy qaror qabul qilish uchun Mudofaa ishlari boshqarmalaridagi harbiy tibbiy komissiya va rahbariyat kengashiga yuboriladi. Chaqiriluvchilar harbiy tibbiy komissiyasi xulosasiga koʻra, sogʻlom deb topilganda rahbariyat kengashi tomonidan ushbu chaqiriluvchilar qoʻshin turiga tayinlanadi hamda chaqiriluvchiga qaysi hududga va qachon ketishi aytiladi. Muddatli harbiy, yaʼni bir yillik xizmatni oʻtashga yaroqli deb topilmagan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan fuqarolar bir oylik safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadi.

Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimlari tomonidan ovul va mahallalarda oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarida Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki qatʼiy maqsad, yuksak maʼnodagi shon-sharaf ekanligi taʼkidlanib, yoshlar qalbidagi vatanparvarlik tuygʻulari kuchaytirilmoqda. Shu bilan birga harbiy xizmatdan boʻyin tovlash jiddiy javobgarlikka sabab boʻlishi ham keng tushuntirilib borildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish – Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy xizmatni oʻtashga majburdirlar” deb koʻrsatilgan. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibini jismonan baquvvat va maʼnan yetuk askarlar bilan butlash va Vatanimizning ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga daʼvat etish vazifasini aʼlo darajada bajarish barchamizning burchimiz va majburiyatimizdir.

Fursatdan foydalanib, tumanimizning 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan barcha yigitlarini tanlov tadbirlarida qatnashishlari uchun haftaning dushanba kunidan shanba kuniga qadar Mudofaa ishlari tuman boʻlimi maʼmuriy binosiga kelishlarini soʻrab qolamiz!

 Qahramon Ahmedov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi chaqiruv boʻlinmasi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019