16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:04
Jamiyat 👁 311

Yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda barcha sohalar qatori sud-huquq sohasida keskin ijobiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Mazkur islohotlarning oliy maqsadi – sud tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qiladigan sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishishdir.

Sudyalar tomonidan ishlarni koʻrishning ochiqligi, shaffofligini taʼminlash, qabul qilinayotgan qarorlarining qonuniy va adolatli boʻlishiga erishish hamda mazkur ishlarni amalga oshirishda keng aholi vakillarini jalb etish orqali odil sudlovga boʻlgan ishonchni mustahkamlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, sudlar tomonidan ishlarning keng aholi vakillari ishtirokida koʻrilishi odamlarda huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qilmoqda.

2024-yilning 8-avgust kuni jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻmanay tumani sudi tomonidan Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi binosida ochiq va sayyor sud majlisi oʻtkazildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻmanay tumani sudi raisi Rasul Nazarov ishtirokida oʻtkazilgan sayyor va ochiq sudda yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat ishlari koʻrib chiqildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida fuqarolar tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq 22ta jinoyat sodir etilgan. Ushbu mudhish hodisalar oqibatida, afsuski, 8 nafar shaxs hayotdan bevaqt koʻz yumgan. Shuningdek, 17 nafar fuqaro turli xil darajadagi tan jarohatlari olgan.

Mazkur toifadagi jinoyatlarning 4tasi “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A380 avtomagistralida, 4tasi “Qipchoq-Mangʻit-Turkmaniston chegara yoʻli” davlat ahamiyatidagi avtoyoʻlida, 5tasi “Urganch-Mangʻit-Turkmaniston chegara yoʻli” avtoyoʻlida hamda 9 tasi mahalliy ichki yoʻllarda sodir etilgan.

Yuqorida qayd etib oʻtilgan jinoyatlarning 6tasi tezlikni oshirish, 1tasi yoʻnalishni oʻzgartirish, 5tasi mast holda transport vositasini boshqarish, 2tasi quvib oʻtish qoidalarini buzish, 1tasi haydovchining charchashi, 2tasi imtiyozga ega transport vositasini oʻtkazmaslik, qolgan 5tasi esa boshqa qoidabuzarliklar oqibatida sodir etilgani aniqlangan.

Afsuski, bugun qonunlarni mensimay, odamlar hayotiga xavf solgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzib harakatlanish holatlari koʻpaymoqda. Oqibatda barchamiz yoʻllarda avtomobillarga “xavf manbai” sifatida qarashga majbur boʻlyapmiz.

Har kim yoʻlda xavfsiz harakat qilishni xohlaydi va shuning uchun yoʻl harakati qoidalari joriy etilgan. Shuni unutmaylikki, har birimiz piyoda, yoʻlovchi yoki haydovchi sifatida yoʻllarda harakatlanish madaniyatini oʻzimizda shakllantirishimiz va yoʻl harakati qoidalariga toʻla amal qilishimiz lozim.

Yoʻl harakati havfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni ushbu ochiq va sayyor sudda koʻrib chiqishdan maqsad – huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash va kelgusida sodir etilishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldini olish hisoblanadi.

Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi binosida oʻtkazilgan sud majlisi yakunida jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻmanay tumani sudi raisi Rasul Nazarov tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarni sodir etgan fuqarolarga nisbatan sud hukmi oʻqildi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019