17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:55
Jamiyat 👁 355

Doʻrman va Qilichboyda "Ayol – qadriyatlar davomchisi" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi

Doʻrman va Qilichboyda "Ayol – qadriyatlar davomchisi" shiori  ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi

Amudaryo tumani Oila va xotin-qizlar boʻlimi tashabbusi bilan “Oqila ayollar” harakati tashkil topganiga 2-yil toʻlganligi munosabati bilan joylarda “Ayol – qadriyatlar davomchisi” shiori  ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Tumanning Doʻrman ovulida ham shu kabi tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda ovul fuqarolar yigʻinida tashkil qilingan “Oqila ayollar” harakati aʼzolari, ovulda yashovchi faol xotin-qizlar hamda nuroniy onaxonlar ishtirok etdi.

Darhaqiqat, ayollar jamiyatning asosiy tayanchi hisoblanadi va ularning roli har bir millatning madaniy va maʼnaviy merosini saqlashda muhimdir. Ular nafaqat oila davomchilari sifatida, balki milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodlarga yetkazishda hal qiluvchi rol oʻynaydilar.

Jamiyatda ayollarning oʻrni va ahamiyati haqida gapirganda, ularning taʼlim olishi, kasbiy faoliyatda ishtirok etishi va jamiyatning turli sohalarida yetakchilik qilishi muhim ahmiyatga ega. Bu orqali ayollar oʻzlarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qoʻshadilar.

Shuningdek, ayollarning maʼnaviy va madaniy qadriyatlarni oʻrganishi va bu qadriyatlarni yoshlarga oʻrgatishi, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashi jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun nihoyatda zarurdir. “Ayol – qadriyatlar davomchisi” shiori  ostida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda soʻzga chiqqanlar shu masalada oʻz fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Aytish joizki, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratishda xotin-qizlarning faolligini qoʻllab-quvvatlash, farzand tarbiyasi, oila, xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda jamoatchilikka, eng avvalo, yoshlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsata oladigan obroʻ-eʼtiborli va katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan, faol va tashabbuskor ayollarning saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022-yil 8-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Oqila ayollar” harakati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

Ushbu qaror bilan tasdiqlangan “Oqila ayollar” harakati toʻgʻrisida”gi namunaviy nizomga koʻra harakatning asosiy vazifalari jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish, ezgu gʻoyalar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas anʼanalarni singdirishga qaratilgan tizimli targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish, mahallalarda oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini, ibratli ota-ona boʻlishning ahamiyati, maʼrifatli jamiyatni qurishda maʼrifatli onalarning rolini keng targʻib qilishdir.

Shuningdek, ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuygʻularini singdirish, “odobli qiz” va “maʼrifatli ona” qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, farzand, ayniqsa, qizlar tarbiyasi, oila, onalar maʼnaviyatini yuksaltirish, oilalarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targʻib etish, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni shakllantirish ham harakatning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Har bir ovul va mahalladagi harakat aʼzolari ushbu vazifalar bilan birgalikda yoshlar oʻrtasida oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida boʻlish masalalarini hamda “Oila — muqaddas” tushunchasini keng targʻib qilish, xotin-qizlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, ularga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini xalqchil tilda tushuntirish ishlariga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.

Tumanning Qilichboy ovulida ham shu kabi tadbir tashkil qliindi. Tadbirda hududdagi madaniyat markazi, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari hamda maktablar oʻquvchilari ijrosida Vatan, onalik va bolalik tuygʻulari, tinch va osoyishta yurtda baxtiyor yashash zavqi tarannum qilingan qoʻshiqlar kuylanib, raqslar ijro qilindi.

Koʻrgazmalarda esa ota-bobolarimizdan, momo-buvilarimizdan meros boʻlib kelayotgan qadimiy urf-odat va anʼanalarimiz aks ettirilib, yigʻilganlarga namoyish qilindi.

Yuqoridagi Nizomga asosan tuman oila va xotin-qizlar boʻlimi ham mahalla darajasida harakat faoliyatini muvofiqlashtirib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish choralarini koʻrib kelmoqda. Boʻlim masʼullari mahallalardagi vakillarga harakatni samarali tashkil etish bilan bogʻliq metodik tavsiyalar berib, mahallalardagi faol va tashabbuskor ayollar uchun oʻquv kurslari, davra suhbatlari va ijobiy tajribalarni ommalashtirish boʻyicha boshqa tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

Qilichboy ovulida 15 nafar faol va tashabbuskor ayollardan tashkil topgan harakat faoliyatini ham samarali deya baholash mumkin. Harakat aʼzolari mahallada “xonadonbay” manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, mahallada oila vakillari va xotin-qizlar oʻrtasida ochiq muloqotlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda faollik koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, harakatning asosiy vazifalari boʻyicha mahallalarda mavjud muammolarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlab, tegishli joylarga taqdim qilib kelmoqda.

“Ayol – qadriyatlar davomchisi” shiori  ostida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir jamiyatdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash yoʻlida yana bir muhim qadam boʻldi, deyish mumkin. Bu kabi tadbirlar tumanning boshqa ovul va mahallalarida ham davom etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026