16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Fan va taʼlim 👁 409

Umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” sadolari yangrab, yangi oʻquv yili boshlandi

Umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” sadolari yangrab, yangi oʻquv yili boshlandi

4-sentyabr kuni kuni mamlakatimizning barcha hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida “Birinchi qoʻngʻiroq” sadolari yangrab, yangi oʻquv yili boshlandi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 86ta umumtaʼlim maktablarida ham yangi 2024-2025 oʻquv yilining birinchi kuni tantanali tarzda nishonlandi. Ilk marta maktab ostonasiga qadam bosgan 3600 nafar 1-sinf oʻquvchilariga 12 turdagi oʻquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovgʻalari topshirildi. Bolalar uchun bu tantana nafaqat maktab atalmish maʼrifat maskaniga qadam qoʻyish, balki hayotidagi yangi davrga yoʻl ochuvchi hayajonli, orziqib kutilgan va unitilmas sana sifatida xotiralarida muxrlandi.

Har bir umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda tasdiqlangan jadvalga muvofiq tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, deputatlar, muassasa va tashkilotlar rahbarlari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari va ota-onalar qatnashdi.

Tadbirlar avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangrab, oʻquvchilar – navqiron avlod vakillari qoʻllarini koʻksiga qoʻyib, yurt madhini joʻr boʻlib kuylashdi.

33-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan shunday tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etib, yigʻilganlarni Mustaqillik bayrami va yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan tabrikladi.

Tuman hokimi oʻz nutqida barchani yangi oʻquv yili bilan qizgʻin muborakbod etib, ilmga chanqoq oʻquvchilar va jonkuyar oʻqituvchi-murabbiylarga omad hamda muvaffaqiyatlar tiladi. Ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qoʻygan 1-sinf oʻquvchilarini, ularning ota-onalarini farzandlarining hayotida yangi davr boshlanayotgani bilan tabriklab, maʼrifat maskanida yetuk insonlar boʻlib kamol topishlariga tilakdoshlik bildirdi.

Taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu gʻoya asosida amalga oshirilgan keng koʻlamli maʼmuriy islohotlar taʼlim sohasi rivojiga xizmat qilyapti. Keyingi yillarda mamlakatimizda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etilib, Prezident va ijod maktablari yoshlarimizning bilimlarini keng dunyoga namoyish etish imkonini yaratdi. Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻida esa oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan fanlardan chuqurlashtirilgan tarzda ham nazariy, ham amaliy bilimlarni oʻrganishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, yakunlangan oʻquv yilida Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini 2963 nafar oʻquvchi bitirdi. Shundan 2597 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish imtixonlarida ishtirok etishdi. Oʻquvchilardan 757 nafari imtihonlardan muvaffaqaiyatli oʻtishdi, xususan, 164 nafar grant, 593 nafari toʻlov shartnoma asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Eʼtirof etish joizki, 40-sonli umumtaʼlim maktabining 11-«D» va 36-sonli umumtaʼlim maktabining 11-«G» variativ sinfi oʻquvchilari 100 foiz oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi.

Maktabning bayromana bezatilgan hovlisida tantana davom etdi. Musiqa sadosi ostida oʻquvchilar bilimga chorlovchi sheʼr va qoʻshiqlar ijro etishdi. Birinchi sinfga qadam qoʻygan oʻquvchilar tantanali tarzda Prezident sovgʻalarini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov qoʻlidan qabul qilib olishdi. Ular maktabda aʼlo baholarga oʻqishga, bilimlarni qunt bilan egallashga vaʼda berishdi.

Bunday tantanalar tumanimizning boshqa maktablarida ham koʻtarinki saviyada tashkil etildi. “Birinchi qoʻngʻiroq” chalinganidan soʻng oʻquvchilar barcha qulayliklarga ega, zamonaviy jihozlangan, shinam sinfxonalar sari hayajon va ishtiyoq bilan yoʻl oldi.

Tumandagi 22-sonli maktabda ham “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak –Vatanmiz” shiori ostida “Mustaqillik darsi” oʻtildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz qoʻlga kiritayotgan marralar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida oʻquvchilarga soʻzlab berildi. Zotan “Mustaqillik darsi”dan koʻzlangan maqsad yangi oʻquv yilini oʻquvchilar tafakurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuygʻulari bilan uygʻun holda boshlashdan iborat.

“Birinchi qoʻngʻiroq” va “Mustaqillik darsi” tadbirlari oʻquvchilar, ota-onalar, pedagoglar uchun shukuhli tarzda oʻtdi.    

Rayhon Yakubova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi metodisti

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019