16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:18
Siyosat 👁 261

Sektorlar rahbarlarining yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Sektorlar rahbarlarining yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov hamda sektorlar rahbarlarining 3-sektor hududidagi ovul va mahallalarda yashovchi fuqarolar va yoshlar ishtirokida sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Xitoy ovulidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar masʼullari, korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda hududdagi ovul va mahallalarda yashovchi aholi vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul avvalida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadri, aholi turmush tarzini, yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, xalqni rozi qilish kabi ustuvor maqsadlarga qaratilganligi xususida soʻz yuritdi. Yigʻilganlarga davlatimiz rahbarining, ayniqsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi aholi farovonligini taʼminlashga qaratayotgan eʼtibori alohida ekani, hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun berilayotgan imkoniyat va yaratilayotgan sharoitlar mislsizligi taʼkidlandi.

Sayyor qabul mobaynida fuqarolardan turli masalalar yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushdi. Xususan, Xitoy ovulida yashovchi Talgʻat Sarsenbayev ovul aholisiga maktabgacha taʼlim tashkiloti zarurligi, shu maqsadda eski bogʻcha binosini ijara asosida olib, uning negizida yangi muassasa faoliyatini yoʻlga qoʻyishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Fuqaro Rajabboy Sobirov esa maktab chegarasini ajratuvchi devor yoʻlda piyodalar va haydovchilar harakatlanishi uchun qiyinchilik tugʻdirayotganini aytib, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida devorni qisman olib tashlab, panjara oʻrnatishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

Shuningdek, fuqarolar Nurlan Sarsenboyev farzandining oliy taʼlim muassasasida oʻqishni davom ettirishi uchun shartnoma pullarini toʻlashda, Zarif Xolmenov farzandining safarbarlik rezervi pulini qoplab berishda, Zamira Kamolova koʻchasiga tosh yotqizib berishda, Olim Sultanov esa Xitoy ovuli markaziga bankomat oʻrnatishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar.

Ovul fuqarolarining murojaatlari qayd etilib, atroflicha oʻrganish hamda ijobiy hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Soʻngra Boʻzyop ovulidan kelgan aholining murojaatlari qabul qilindi. Boʻzyoplik Oʻskin Aliyev koʻchasiga yoʻl chiqarishda qoʻshnisi bilan kelishmovchiliklar kelib chiqayotgani sababli yangi koʻchib borgan uyi joylashgan koʻchaga yoʻl chiqarib berishda amaliy yordam soʻrab, Abdulla Oʻrazimbetov Quruvchilar koʻchasidagi elektr simlari va ustunlarini yangilash masalasida, Oybek Ischanov bolalarning 68-sonli maktabga qatnashlarida qiyinchilik tugʻilayotgani sababli Sadriddin Ayniy koʻchasining 1500 km qismiga tosh-shagʻal aralashmasini yotqizish hamda yangi elektr simlari va ustunlarini oʻrnatish boʻyicha, Qalandar Bobojonov esa hududdagi Arslonbop, Ozodalik, Barchinoy koʻchalariga oqova suv yetib borishi uchun Yangi yop kanalining oʻng tomonidagi Sityop kanalini qazishda amaliy yordam berish masalasida murojaat qildilar.

Shundan soʻng Bobur nomli hamda Kuyuk koʻpir ovullari, Qizilcholi, Oʻzbekiston, Tor yop, Namuna mahallalaridan kelgan fuqarolar hamda yoshlar ichki yoʻllarni taʼmirlash, oliy taʼlim muassasalarining shartnoma pullarini toʻlashda amaliy yordam berish, mutaxassisligi asosida ishga joylashish kabi masalalar yuzasidan masʼullarga murojaatlar yoʻlladilar.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yoʻllangan barcha murojaatlar qayd etib borildi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonida oʻz yechimini topdi. Qolgan murojaatlarni ham belgilangan tartibda ijobiy hal etish uchun masʼullar bilan kelishib olindi hamda tegishli topshiriqlar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019