16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Salomatlik 👁 435

VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIGA QARShI EMLASh TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGIGA QARShI EMLASh TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini taʼminlash, ayniqsa, fasllar almashishi munosabati bilan kuzatiladigan yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shunday boʻlsa-da, xalq orasida “iflos qoʻllar kasalligi” va “sariq kasallik” nomini olgan virusli gepatit A va gepatit Ye kasalligiga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan aholi orasida ushbu kasallikka chalinish holatlarining kuzatilayotgani sir emas.

Kasallik koʻproq 2 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida uchraydi va haqiqatdan ham bolalarning qoʻllarini yuvmasdan ovqatlanishlari, meva-sabzavotlarni yoʻl-yoʻlakay, daraxt shoxidan uzib olib, toza suvda yuvmay isteʼmol qilishlari, qaynamagan suvni ichishlari, shuningdek, turib qolgan ochiq suv havzalarida choʻmilishlari, usti dasturxon bilan yopilmagan, pashshalar qoʻngan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilishlari natijasida kelib chiqadi.

Virusli gepatit kasalligi virusini yuqtirib olgan bemorning darmoni qurib, ishtahasi yoʻqoladi, koʻngli ayniydi, baʼzi holatlarda qayt qilib, harorati koʻtariladi. Uyquchanlik, grippga oʻxshash holatlar kuzatiladi va koʻz oqi, pastki qovoq shilliq pardasi sargʻayib, peshobining rangi qizaradi.

Ana shunday holatlar kuzatilgan taqdirda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur va kasallikning aynan ana shu davrida bemor oʻzi bilmagan holda virusli gepatitni boshqalarga, ayniqsa, oila aʼzolariga yuqtirib olishi mumkin.

Kasallikni davolagandan koʻra, uning oldini olishga qaratilgan chora- tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Shu bois, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi shifokorlari tomonidan muntazam ravishda soha mutaxassislari va aholi keng qatlami orasida tushuntirish-targʻibot va profilaktik tadbirlar oʻtkazilib, kasallikka qarshi mavsumiy emlash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni kunlarda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi qoshidagi koʻp tarmoqli Markaziy poliklinikada virusli gepatitga qarshi emlash ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Vaktsinatsiya jarayonini samarali oʻtkazish maqsadida Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining epidemiologiya va immunoprofilaktika boʻlimi mudirasi Gulshod Tajiboyeva 2 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan farzandlarini emlatgani kelgan ota-onalar va gepatit A virusiga qarshi emlanish istagida boʻlgan katta yoshdagi fuqarolarga ushbu virusni yuqtirib olishdan saqlanish hamda kasallikning inson uchun zararli asoratlari xususida kerakli tushunchalar, maslahat va tavsiyalar bermoqda.

Ayniqsa, bemor bola foydalangan idishlar, choyshab, yostiq jildi, kiyim-kechak, oʻyinchoqlar, soʻrgʻich, hojat anjomi, bemordan qolgan ovqatlar virus bilan zararlangan boʻlishi, shu bois, bu idishlarni maxsus yuvish vositalari bilan yaxshilab yuvib, uydagi eshik tutqichlari, pollar va umum foydalanuvdagi boshqa buyumlarni zararsizlantiruvchi vositalar yordamida tez-tez artib, tozalab turish zarurligini taʼkidladi.

Emlash tadbiri davomida Gulshod Tajiboyeva jarayonda ishtirok etayotgan ota-onalar va aholi vakillariga kasallikning belgilariga befarq qarash va barcha yoshdagi bemorlarda vaqtida zarur muolaja choralarining koʻrilmagani natijasida jigar yetishmovchiligi, jigar tsirrozi, xoletsistit va astenonevrotik sindrom kabi ogʻir asoratlarni yuzaga keltirishini, shuning uchun kasallikka qarshi emlash choralariga eʼtiborli boʻlish muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shu barobarida barcha ota-onalarga farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va maktabga berishdan avval virusli gepatit Aga qarshi emlatishni maslahat berdi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, hozirgi vaqtda kasallikning sariq belgisiz turi koʻproq kuzatilmoqda va kasallikka toʻgʻri tashxis qoʻyilib, toʻgʻri davolanmasa yuqoridagi kabi ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.

Bunday muammolarga duch kelmaslikning eng toʻgʻri va samarali usuli – kasallikka qarshi emlanish hamda sogʻlom turmush tarziga amal qilish, farzandlarimizni ham tozalikka qatʼiy amal qilishga oʻrgatishdir. Zero tozalik – salomatlikning birdan-bir garovidir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026