16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Fan va taʼlim 👁 354

Elmiraning hayot mazmuni

Elmiraning hayot mazmuni

Elmira Jumaniyozova umumtaʼlim maktabini tugatib, “men tarbiyachi boʻlaman”, deganida koʻpchilik: “bu yoʻnalishda ish topish qiyin-ku, bolalar muassasalarining koʻpchiligi yopilib ketgan boʻlsa”, deya roʻyxushlik berishmagan. Chunki Amudaryo tumanidagina emas, balki mamlakatimizning barcha hududlarida maktabgacha taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyati nihoyatda sust, koʻpchiligi haqiqatdan ham qarovsiz holatda boʻlib, nomaʼlum sabablarga koʻra yopilgan edi.

– Bir kun kelib, bu sohaga eʼtibor qaratiladi, davlatimiz tomonidan katta-katta mablagʻlar sarflab bunyod etilgan binolar shunchaki tashlab qoʻyilmaydi, – ishonch va qatʼiyat bilan gapirdi uni orzulari yoʻlidan qaytarmoqchi boʻlganlarga.

Qalbidagi qatʼiy qaroridan qaytmagan Elmira hech ikkilanmay hujjatlarini Nukus pedagogika kollejining maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga topshirdi va sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kollej talabasi boʻldi. U kollej diplomiga ega boʻlgan 2016-yilda Amudaryo tumanida sanoqligina maktabgacha taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyat yuritar, u tarbiyachi boʻlish orzusini aytganida yaqinlari “bashorat” qilganlariday, oʻz yoʻnalishi boʻyicha ish topishi haqiqatdan ham qiyin boʻldi. Boz ustiga, u yillari bolalar muassasalari xodimlari navbatma-navbat, majburiy tarzda paxta yaganasi-yu yigʻim-terimga, jamoat ishlariga jalb etilar, taʼlimiy va tarbiyaviy ishlar koʻngildagiday olib borilmasdi.

2017-yilning sentyabr oyida Prezidentimiz “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qaror va “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi” Farmon qabul qilib, sohada tub islohotlarni boshlab berdilar. Shundan keyin davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yanada jonlanib, sohaga xususiy sektor ham faol jalb qilina boshladi.

Ikki yil davomida, 2016-2018-yillarda “Barkamol avlod” bolalar maktabida mutaxassis sifatida faoliyat borgan Elmira Jumaniyozova nihoyat orzusiga erishdi: 2019-yildan 6-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyachi sifatida ish faoliyatini davom ettirdi. Bu paytga kelib Prezidentimizning qatʼiy nazorati asosida sohada jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini zamon talablari darajasida qayta taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, jihozlashga alohida eʼtibor qaratildi, hududlarda yangi-yangi muassasalar qad rostladi. Elmira ishlayotgan 6-sonli MTT ham barcha qulayliklarga ega, ikki qavatli binoga koʻchib oʻtdi.

Muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy jihozlar, qatʼiy mehnat intizomi va ahillik asosidagi ish jarayoni, bolajonlarnining begʻubor dunyosida yashash va ishlash Elmira Jumaniyozovaning doimiy orzusi edi va u bunga erishdi. Tabiatan tinib-tinchimas, mehnatkash boʻlgan Elmira qisqa fursat ichida oʻz ish faoliyatini nafaqat namunali tarzda ado etuvchi, balki boshqalarga ibrat boʻla olguvchi xodimaga aylandi. Maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni, sohaga oid innovatsion gʻoyalarni oʻz faoliyatiga tatbiq etishdan aslo charchamadi. Tinimsiz izlanishlari, oʻqib-oʻrganishlari natijasida kasbdoshlari havas qilgulik oʻziga xos ish uslubi va tajribasiga ega tarbiyachi sifatida tanildi. Tuman va Respublika miqyosidagi koʻrik-tanlovlarning doimiy va eng faol ishtirokchisiga aylandi.

Yaqinda Elmira Jumaniyozovaning hayotida yuz bergan quvonchli voqea nafaqat uning oʻziga, balki barcha yaqinlariga, ayniqsa, 6-sonli MTT da faoliyat yurituvchi hamkasblariga ham quvonch bagʻishladi. “Yil tarbiyachisi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻolibi sifatida mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida Amudaryo tumani shaʼnini munosib himoya qilgan Elmira Jumaniyozova Respublika bosqichida ham faxrli 1-oʻrinni egallab, mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

– Men bu yutuqqa oʻz-oʻzidan erishganim yoʻq, – deydi Elmira kamtarlik bilan. – Avvalo meni hamisha qoʻllab-quvvatlab turgan muassasamiz jamoasi, hamkasblarim, qolaversa, oila aʼzolarim, menga ilhom, ishonch va joʻshqinlik, ish jarayonimga zavq-shavq baxsh etguvchi sevimli bolajonlarimning mehridan kuch oldim.

Darvoqe, har tong oʻz onalari bagʻriga oshiqqanday, Elmiraga talpinib, muassasa ostonasiga qadam qoʻyguvchi kichkintoylarning oʻziga xos begʻubor dunyosida yashash, ularga quvonch va shodlik ulashish maqolamiz qahramonining hayot mazmuni, ushalgan orzulari, ezgu niyatlarining goʻzal ijobatidir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026