16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Jamiyat 👁 171

Xavfsiz mahalla — jamiyat taraqqiyoti va farovon hayot kafolati

Xavfsiz mahalla — jamiyat taraqqiyoti va farovon hayot kafolati

Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining birinchi oʻrinbosari Oybek Shamuratov boshchiligida Davlat rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-sonli va “2026-yilda Respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Mazkur yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar mutasaddilari, mahalla “yettiligi” vakillari, jamoatchilik faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida soʻz olgan Oybek Shamuratov mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, aholi xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar bugungi kunda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilayotganini alohida taʼkidladi.

Darhaqiqat, jamiyat taraqqiyoti, xalq farovonligi va ertangi kun barqarorligi, avvalo, tinch va xavfsiz muhit bilan chambarchas bogʻliqdir. Qayerda osoyishtalik hukm sursa, oʻsha yerda bunyodkorlik boʻladi, investitsiyalar kirib keladi, tadbirkorlik rivojlanadi, yoshlarning ilm olish va kasb egallashga boʻlgan intilishi kuchayadi. Shu bois jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki butun jamiyatning ustuvor vazifasiga aylanishi zarur.

Bugungi kunda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar inson qadri va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Mahalla tizimining kuchaytirilayotgani, “mahalla yettiligi” faoliyatining yoʻlga qoʻyilgani, profilaktik ishlarning manzilli tashkil etilayotgani — bularning barchasi jinoyat ildiziga barham berish, uning oqibatlari bilan emas, sabab va omillari bilan kurashishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Yigʻilish davomida tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika tadbirlarida hamda “yoʻl xarita”lari ijrosida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani tanqid qilindi. Jumladan, “namunali xavfsiz koʻcha” va “namunali xavfsiz yoʻlak”larni tashkil etishda sustkashlik kuzatilayotgani, masʼul idoralar hamda mahalla yettiligi oʻrtasida hamkorlik va tizimli ishlash yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagani qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, jinoyatchilikka qarshi kurash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarni fosh etish bilangina cheklanib qolmasligi kerak. Eng muhimi — jinoyatga olib kelayotgan omillarni oʻz vaqtida aniqlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, yoshlar bandligini taʼminlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirish va aholi bilan manzilli ishlashdir. Zero, birgina jinoyatning oldi olinishi — bir oilaning koʻz yoshdan, bir yoshning esa notoʻgʻri yoʻldan qaytishi deganidir.

Mutasaddilarga ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish, “yoʻl xarita”lari ijrosini qatʼiy nazoratga olish, jinoyatlarning sabab va shart-sharoitlarini chuqur oʻrganib, ularni barvaqt bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Yigʻilish yakunida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ayniqsa yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha barcha masʼullar bir yoqadan bosh chiqarib ishlashi lozimligi taʼkidlandi.

Zero, tinch va xavfsiz mahalla — taraqqiyot poydevori, xalq farovonligi va jamiyat barqarorligining eng muhim kafolatidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019