16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Fan va taʼlim 👁 313

YoSh VA IZLANUVChAN OʻQITUVChI

YoSh VA IZLANUVChAN OʻQITUVChI

Amudaryo tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabining matematika fani oʻqituvchisi Otabek Karimov oʻz pedagogik faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Oliygohni tugatib, oʻquvchilarga matematika fanidan ilk dars bergan kuni hamon yodida. Oʻshanda u bolalarning xuddi moʻʼjizalar olamiga kirganday, hayratlar ogʻushida darsni qunt bilan oʻzlashtirishga harakat qilishlarini koʻrib, chin dildan quvondi va albatta matematika toʻgaragini tashkil etishni koʻngliga tugib qoʻydi. Uning bu niyatini maktab direktori Azimjon Bekberganov ham qoʻllab-quvvatladi. Shu tariqa tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish, bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida matematika faniga qiziquvchi oʻquvchilardan iborat “Yosh matematiklar” toʻgaragi tashkil etildi.

Oradan hech qancha vaqt oʻtmay Otabek Karimovning oʻquvchilari fanlar olimpiadalarida tuman bosqichi gʻoliblari sifatida olimpiadaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida Amudaryo tumani sharafini munosib himoya qilish darajasiga yetdilar.

Agar insonda chuqur bilim boʻlsa-yu, tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati boʻlmasa, ayniqsa, u oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritsa, oʻz yoʻnalishi boʻyicha biron bir jiddiy muvaffaqiyatga erishishi qiyin. Otabek Karimov oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan ilk kunlardanoq nafaqat matematika fanining bilimdoni, balki tashabbuskor va tashkilotchi oʻz ish uslubiga ega pedagog sifatida hamkasblarining eʼtiboriga sazovor boʻldi.

2018-yilda Otabek Karimov tomonidan tashkil etilgan “Yosh matematiklar” toʻgaragi tahsilini olgan bitiruvchi yoshlar har yilgi fanlar olimpiadasining tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida 22-sonli maktab sharafini munosib himoya qilib, sovrinli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Har yili toʻgarak aʼzolarining deyarli 90-95 foizi oliy taʼlim muassasalari talabaligiga qabul qilinmoqda.

Shuningdek u Choykoʻl OFYga biriktirilgan yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil qilingan “Zakovat” intellektual oʻyinlarida, shashka, shaxmat sporti musobaqalarida ham oʻz oʻquvchilari bilan faol ishtirok etish orqali yuqori sinflar oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga munosib hissasini qoʻshib, nafaqat oʻquvchi-yoshlar, balki yosh pedagoglarga ham ibrat boʻlmoqda.

Uning dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish orqali darsda oʻquvchilarining oʻzlashtirish samaradorligini taʼminlashga qaratilgan saʼy harakatlari ham tahsinga loyiq. Ayniqsa, bilim maskanida va oʻzi istiqomat qilayotgan mahallada oʻtkazilayotgan tadbirlardagi faol ishtiroki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati va uning amaliy samaralarini targʻib qilishdagi faol saʼy-harakatlari ota-onalarga juda manzur.

– Farzandim oʻqimishli, el-yurtda obroʻ-eʼtiborli boʻlsin, degan ota-ona taʼlim- tarbiya tizimidagi izchil islohotlardan albatta xabardor boʻlishi kerak, – deydi Otabek Karimov. – Chunki davlat har bir bolaning kelajagi uchun millionlab soʻm mablagʻ sarflasa-yu, ota-onalar bu haqda xabardor boʻlishmasa, farzandlarining kelajagi haqida hozirdan qaygʻurishmasa, taʼlim-tarbiya ishlarimizda muvaffaqiyatga erisha olmaymiz. Shu bois, oʻqituvchi bilan ota-onalarning hamkorligi juda muhim.

Otabek Karimov oʻz pedagogik faoliyatini boshlaganiga endi 5-yil boʻldi. Oʻtgan qisqa fursat ichida u nafaqat shogirdlari, balki, kasbdoshlari va hamqishloqlari orasida oʻzining samimiyligi, fidoyiligi va qatʼiyati bilan “Otabek ustoz” degan sharafli nomga, el-yurt hurmatiga sazovor boʻldi. Zero, oʻqituvchi uchun ustozlik maqomining oʻzi eng ulugʻ baxtdir.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026