16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:29
Siyosat 👁 279

Tuman Tibbiyot birlashmasida OʻzXDPning saylovoldi tashviqot tadbiri oʻtkazildi

Tuman Tibbiyot birlashmasida OʻzXDPning saylovoldi tashviqot tadbiri oʻtkazildi

Shu kunlarda saylovoldi targʻibot tadbirlari qizgʻin pallaga kirmoqda. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi faollari, boshlangʻich partiya tashkilotlari, volontyorlik guruhlari ham faol targʻibot tadbirlarini olib bormoqda. Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasida boʻlib oʻtgan muloqotda partiyaning yangi Saylovoldi dasturi, nomzodlar saylovchilarga tanishtirildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, xalq farovonligiga erishish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda saylovlar fundamental ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi uzoq yillik tajribaga ega boʻlib, yurtimizda oʻtkazilgan barcha saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan.

Kuchli jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini taʼminlashdek umuminsoniy gʻoyalarga tayangani uchun partiya gʻoyalari har doim dolzarb boʻlib kelmoqda.

Samimiy muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda partiyaning Saylovoldi dasturidagi eng muhim yoʻnalish, xalq manfaatlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan gʻoya va takliflar yigʻilganlarga tushuntirib berildi. Dasturda davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga qaratilgan 15 qadamni oʻzida mujassam etgan 100 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda. Tabiiyki, partiya bosh maqsadidan kelib chiqqan holda doimgidek, ijtimoiy yoʻnalishga, ijtimoiy sohadagi muammolar yechimiga asosiy urgʻuni bergan.

Masalan, sobiq jamoa xoʻjaligi va shirkat xoʻjaligida mehnat faoliyatini yuritgan fuqarolarning mehnat faoliyatlari davrlarini toʻliq yil sifatida inobatga olish haqidagi tashabbuslar ijtimoiy tenglik tamoyillariga toʻla mos keladi.

Shuningdek, muloqotda fuqaro kommunal xizmatlardan asossiz yoki taʼminotchining aybi bilan uzilgan taqdirda taʼminotchi tomonidan fuqaroga kompensatsiya toʻlash tizimini joriy etish, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari aholini arzon elektr energiyasi, issiqlik va issiq suv tizimi bilan taʼminlash boʻyicha hududiy investitsiya dasturlarini, jumladan, joylarda davlat-xususiy sheriklik tartibida dasturlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritishini yoʻlga qoʻyish borasidagi partiyaning tashabbuslari koʻpchilikka manzur boʻldi.

Uchrashuvda partiyadan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashi deputatligiga nomzodlar ham soʻzga chiqib, saylovoldi dasturi haqida batafsil maʼlumotlar berdlar va saylovchilarni qiziqtirgan savollarga partiyaning gʻoya va maqsadlaridan kelib chiqib javoblar berdilar.

Maqsud Saʼdullayev, OʻzXDP tuman Kengashi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019