16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:17
Siyosat 👁 368

Tuman saylov komissiyasi: saylovga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda

Tuman saylov komissiyasi: saylovga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda

Ayni kunlarda mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga oʻtkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallaga kirdi. Amaldagi qonunchilikka koʻra bu jarayonga Markaziy saylov komissiyasi, hududiy saylov komissiyalari, tuman va shahar saylov komissiyalari hamda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari, uchastka saylov komissiyalari tomonidan puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Amudaryo tumani saylov komissiyasi ham bu borada samarali faoliyat olib bormoqda. Tuman saylov komissiyasining qarori bilan bir mandatli saylov okruglari tuzilib, ularning chegaralari, saylovchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi. Belgilangan muddatlarda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan zarur hujjatlar qabul qilib olinib, 125 nafar deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olindi hamda ularga guvohnomalar berildi.

Komissiya aʼzolari nomzodlarga va siyosiy partiyalarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni yaratgan holda saylovni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashga doir masalalarni hal qilishda faollik koʻrsatmoqda.

Tuman saylov komissiyasi tuman hududidagi siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitib, saylov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish ishlarini nazorat qilib bormoqda.

Saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini nazorat qilish ham tuman saylov komissiyasining vakolatiga kiradi. Tuman saylov komissiyasi va uchastka saylov komissiyalari saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga ulangan boʻlib, tumandagi saylovchilarning dastlabki roʻyxati shakllantirilgan.

Komissiya tomonidan Halq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar roʻyxatga olingan boʻlib, ayni kunlarda nomzodlar va siyosiy partiyalar vakillari saylovoldi tashviqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Saylovoldi tashviqoti doirasida odamlar gavjum joylarga siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari, nomzodlarning saylovoldi dasturiga oid bannerlar  va boshqa targʻibot vositalari joylashtirilgan boʻlib, joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlar belgilangan jadval asosida tashkil qilinmoqda.

Bayroq, gerb, yashirin ovoz berish kabinasi, statsionar va koʻchma ovoz berish qutisi kabi saylov jihozlarini uchastka saylov komissiyalariga yetkazish ishlari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tuman saylov komissiyasining kalendar rejasida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirildi. Endilikda tuman saylov komissiyasi tomonidan muddatidan oldin ovoz berish va saylov kuni ovoz berish uchun saylov byulletenlarini tayyorlash va ularni saylov uchastkalariga yetkazib berishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Tasdiqlangan kalendar rejasiga asosan 16-oktyabrga qadar ovoz berish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida saylovchilarni xabardor qilish, 16-23-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish va 27-oktyabr kuni, yaʼni saylov kunida soat 8:00dan 20:00gacha ovoz berishni qonun talablari asosida tashkil etish koʻzda tutilgan.

Ya.Shamuratov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga saylov oʻtkazuvchi tuman saylov komissiyasi raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026