16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Siyosat 👁 244

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 81-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 81-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 16-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining 81-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Kengash raisining oʻrinbosari Gʻulomjon Eshniyozov ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 10-Tosh yop saylov okrugidan deputat Ilhom Polvonov saylandi.

Kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Anvar Orazbayev soʻzga chiqib, Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlashish holati hamda hududlardagi hokim yordamchilarining faoliyati yuzasidan axborotlar berdi.

Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2024-yilning uchinchi choragi davomida tuman aholisi tomonidan jami 3 ming 627ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 3 ming 589ta murojaatlar koʻrib chiqilgan boʻlib, 2 ming 649tasi qanoatlantirilgan, 1 ming 403tasi murojaatchilar foydasiga ijobiy hal qilingan. Murojaatlarning 2 ming 626tasi tumandagi davlat organlari, idora va tashkilotlar tomonidan, qolganlari esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda Respublikaning boshqa tuman va shaharlaridagi davlat organlari, vazirlik va boshqarmalar tomonidan oʻrganib chiqilgan.

Oʻtgan 9 oy davomida hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 3 ming 672 nafar fuqaroga 52,8 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Hisobot davrida 184 nafar fuqaroga jami 1,76 mlrd. soʻmlik subsidiya ajratilgan. 819 nafar shaxs kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitilib, 3 ming 726 nafar shaxsning bandligi taʼminlangan. Jumladan, 2 ming 235 nafar fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan boʻlsa, 1 ming 495 nafari oʻzini-oʻzi band qilgan.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamurotov hisobot berdi. Hisobotda qayd qilinganidek, tuman hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish maqsadida “Profilaktika kuni” tadbirlari davomida 146 ta jinoyatlar muxokama qilingan, 38 ming 76ta xonadon oʻrganilib, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1 ming 572 nafar shaxslar bilan ijtimoiy profilaktik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Mahalla yettiliklari”ga xulosalar taqdim etilgan. Mahalla faollari tomonidan 1 ming 218 nafar ijtimoiy profilaktika obʼekti boʻlgan shaxslarning muammolarini ijobiy hal etish choralari koʻrilib, 1 ming 239 nafar shaxslar profilaktik hisobga olingan. 6 ming 679 nafar shaxslarga huquqbuzarlik sodir qilganligi uchun maʼmuriy choralar koʻrilgan. Hisobot davrida ichkilikga ruju qoʻygan 96 nafar shaxs va 1 ming 78 nafar ruhiy kasallar majburiy davolashga yotqizilgan hamda bosim va zoʻravonlikka uchragan 243 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari berilgan.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha faol muhokamalardan keyin Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Sessiyadan keyin tuman hokimi Sobir Xoʻjametov masʼullar bilan birgalikda 5-yil davomida Amudaryo tamanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi, tuman miqyosida oʻtkazilgan tadbirlarda faol ishtiroki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini  har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish borasidagi faolligi hamda homiylik ishlari bilan boshqalarga namuna boʻlgani uchun xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining barcha deputatlariga tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019