16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Salomatlik 👁 292

Meningit kasalligining oldin olish maqsadida oʻquvchilardan bakteriologik surtma olindi

Meningit kasalligining oldin olish maqsadida oʻquvchilardan bakteriologik surtma olindi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Boshqariladigan yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini tashkil etish va oʻtkazish haqida”gi buyrugʻiga asosan meningokokk infektsiyasi boʻyicha har bir aniq hududdagi epidemik vaziyatni baholash uchun yuqori xavf guruhiga kiruvchi aholi bakteriologik tekshiruv bilan qamrab olinishi koʻzda tutilgan. Tekshiruv yangi jamoalar, masalan, sinf, umumiy yotoqxona yoki boshqalar tashkil qilinganda, yaʼni kuz-qish oylari mobaynida oʻtkazilishi va har bir tumanda jami 110ta shaxs qamrab olinishi zarur.

2024-yil kuz-qish oylarida epidemiologik vaziyatni baholash va meningokokk infektsiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi masʼul xodimlari tomonidan tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda tahsil olayotgan 63 nafar hamda 2-sonli kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan 42 nafar oʻquvchining burun-halqumidan bakteriologik tekshirish uchun surtma namunalari olindi. Bu ­– jamoat salomatligini saqlashda muhim choralardan biri hisoblanadi.

Aytish joizki, yuqumli kasalliklar odamlar oʻrtasida tez tarqalishi mumkin boʻlgan jiddiy tibbiy muammolardan biridir. Mazkur kasalliklar jamoat salomatligiga jiddiy tahdid soladi, shuningdek, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shunday sharoitda yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlash uning oldini olish va epidemiyalarni barvaqt toʻxtatishning eng samarali vositasi hisoblanadi

Meningokokk infektsiyasi meningokokklar qoʻzgʻatadigan oʻtkir infektsion kasallik boʻlib, u asosan qish va bahor faslida uchraydi. Bu kasallik odatda kichik yoshdagi bolalar uchun oʻta xavfli hamda katta yoshdagi kishilarda ham uchraydi. Infektsiya burun va halqum shilliq pardasining yalligʻlanib zararlanishi, bosh miya yumshoq pardasining yiringli yalligʻlanishi hamda orqa miya yalligʻlanishi bilan kechadigan kasalikdir.

Kasallik kutilmaganda kuchli bosh ogʻrigʻi, tana haroratining koʻtarilishi, koʻngil aynishi, qayd qilish, yorugʻlikka sezgirlikning oshishi va boʻyin tomirlarining tirishishi bilan boshlanadi. Bu infektsiya kasal odamdan sogʻlom odamga aksirganda, yoʻtalganda havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi.

Biror binodagi kishilarning sonining haddan ziyod oshib ketishi, xonadagi havo namligining yuqoriligi, sanitar-gigiyenik talablarning buzilishi infektsiya tarqalishiga va meningokokk infektsiyasi bilan guruhli kasallanish holatlari paydo boʻlishiga olib keladi. Epidemik tarqalish holatlari aksariyat hollarda bolalar va oʻsmirlarning uyushgan jamoalarida sodir boʻladi. Bunday hollarda jamoatga yangi qoʻshilgan yoki boshqa aholi punktlaridan kelgan shaxslarning kasallanish xavfi ayniqsa yuqori boʻladi.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi masʼul xodimlari oʻquvchilarga meningitdan himoyalanishning yoʻllari haqida maʼlumotlar berishdi. Jumladan, gigiyena qoidalariga amal qilish kasallik tarqalishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Jamoat joylarida himoya niqoblaridan foydalanish, qoʻllarni tez-tez yuvish va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qilish kasallikni oldini olishda samarali choralardir. Bundan tashqari, immun tizimini mustahkamlash uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish, toʻgʻri ovqatlanish va stressdan saqlanish tavsiya qilindi. Meningokokk infektsiyasiga qarshi epidemiologik koʻrsatma boʻyicha profilaktik emlash oʻtkazilishi boʻyicha ham maʼlumotlar berildi.

Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi jamoat salomatligini saqlash va kasalliklarning tarqalishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tomonidan qabul qilingan umumiy qoidalar va emlash dasturlari yuqumli kasalliklar xavfini kamaytirish va aholi salomatligini mustahkamlashga yoʻnaltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Davronbek Gulmirzayev, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi epidemiolog vrachi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019