16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Adabiyot 👁 648

Amudaryolik shoira Zulfiya Olloyorovaning 60 yillik yubileyi keng nishonlandi

Amudaryolik shoira Zulfiya Olloyorovaning 60 yillik yubileyi keng nishonlandi

Xalqimizning koʻngillarni toʻlqinlantirib yuboruvchi anʼanalari, biri-biriga bildiradigan ezgu tilaklari koʻp. Duoga qoʻl ochgan keksalar: “Orzu-niyatlaring amalga oshsin, murod-maqsadlaringga yetgin”, deya tilak bildirishlari bejizga emas. Chunki insonning insonga yaxshiliklar tilashi uning nafaqat ruhiy holatida koʻtarinki kayfiyat uygʻotadi, balki orzulari roʻyobi uchun qanot ham bagʻishlaydi. Bu tilaklar anʼanaviy tarzda insonlarning eng yaxshi, quvonchli kunlarida takror-takror jaranglaydi. Amudaryolik shoira Zulfiya Olloyorova uchun 2024-yilning oktyabr oyi ana shunday goʻzal tilaklar bilan hayotiga fayz bagʻishladi. Aynan ana shu kuni u umrining 60 bahorini qarshiladi.

Zulfiya Olloyorova 1964-yilning 25-oktyabr sanasida oddiy dehqon oilasida dunyoga keldi. Tabiatan mehnatkash va kitobsevar boʻlgan otasi Hayitboy Olloyorov bilan onasi Bibisora onalar ilk farzandi boʻlgan qizaloqqa buyuk otashnafas shoira Zulfiyaxonim ijodiga mehrlari balandligidan, qolaversa, qizimiz shoira boʻlsin, degan orzu bilan Zulfiya deb nom berdilar.

Ota-ona orzusimi, chin koʻngildan qilgan duolarimi, Zulfiya ulgʻaygani sari ijodga moyil, shoirtabiat qiz boʻlib voyaga yetdi. Ayniqsa, uzun qish tunlarida otasi Hayitboy otaning biri-biridan qiziqarli ertak va rivoyatlari, oiladagi 5 nafar qizlarning biri olib, biri qoʻyib sheʼrxonlik qilishlari uning fikri charxlanib, ijod maydoniga dadil kirib kelishi uchun zamin yaratdi. Koʻpchilik shoir va yozuvchilarni katta shaharlar tarbiyalab, kamolga yetkazadi, degan fikrni bildirishadi. Aslida esa haqiqiy ijodkor uchun manzil va makonning ahamiyati yoʻq. Bunga Zulfiya Olloyorovaning hayoti va ijodiy faoliyati yaqqol misol. Zulfiya, avvalo, oʻzining hayot sinovlariga bardoshi, sabr-u matonati bilan boshqalardan farq qiladi.

Ilk mehnat faoliyatini Mangʻit shahridagi xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish korxonasida oddiy ishchi boʻlib ishlashdan boshlagan Zulfiya Olloyorova kech boʻlsa-da oʻz bilimini boyitish maqsadida Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi yoʻnalishida tahsil oldi. Baxtli-saodatli turmushiga koʻz tegdimi, umr yoʻldoshi Xolboy Ortiqov 31 yoshida vafot etib, ikki nafar farzandi bilan hayotining qolgan qismini yolgʻizlik oʻz domiga tortganida ham u qalamini qoʻlidan qoʻymadi.

Ijodini, orzularini tushunadigan, uni doimo qoʻllab-quvvatlaydigan aziz insonidan erta ayrilgan Zulfiya bor mehrini farzandlariga berdi, goh yarim tunlarda, bolalari shirin uyquga ketgan pallalarda, goh oʻzi ishlaydigan korxonada tushlik qilgan damlarida dardlarini pinhon tutib, ezgu orzularini qalamga oldi. “Zebo” taxallusi bilan sheʼrlar yozdi, bilimini boyitish maqsadida mumtoz adabiyot namunalarini tinmay mutolaa qildi.

Oʻqib-oʻrganishdan, izlanishdan aslo charchamagan Zulfiyaning intilishlarini zimdan kuzatadigan otasi esa har doim “shoira qizim, Zulfiya qizim”, deb koʻnglini koʻtarib qoʻyishlari unga haqiqiy ilhom lahzalarini ato etdi.

Vaqt – hamma narsaga, ayniqsa, insoning dilini oʻrtagan dardlariga malham, deydilar. Farzandlari ulgʻaygan sari Zulfiya Olloyorovaning ijodiy faoliyati ham takomilga yetib bordi. Ayniqsa, “Barkamol avlod” bolalar maktabida, toʻgarak rahbari sifatida ishlagan davri Zulfiya uchun haqiqiy ijod damlarini ato etdi. Bu yerda ijoddagi ilk ustozi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, mazkur maktabning direktori, taniqli shoira va jurnalist Xonimjon Rajabovadan sheʼriy talablar yuzasidan olgan maslahatlari, deyarli har kuni oʻtkaziladigan adabiy suhbatlar uning ijodida keskin burilish yasadi.

Ustozining qoʻllab-quvvatlashi, begʻaraz yordami bilan 2008-2010-yillar oraligʻida “Muharrir” nashriyotida ketma-ket uchta sheʼriy toʻplamlari – “Ufqqa qoqilgan ishq”, “Dunyoliqda dunyo ranglari”, “Koʻngilning chor nagʻmasi” kitoblari nashr etildi. 2013-yilda esa “Suyemen aq bulttay paklik jolin” nomli sheʼrlar toʻplami “Qaraqalpaqstan” nashriyotida, qoraqalpoq tilida nashrdan chiqdi.

Zulfiya Olloyorova joriy yil 25-oktyabrda tabarruk 60 yoshga toʻldi. Hayotini milliy-maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek ezgu ishga bagʻishlagan shoirani quvonchli kunida muborakbod etish uchun ustoz va shogirdlari, yaqin doʻstlari shu kuni Amudaryo tuman madaniyat markazining tantanalar saroyiga tashrif buyurishdi.

Amudaryo tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan yubiley kechasida tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov shoirani qutlugʻ 60 yillik yubileyi bilan tabrikladi va Maxpirat nomidagi Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti qoshidagi Turon Fanlar Akademiyasi nodavlat notijorat tashkilotining Abdulla Qodiriy nomidagi koʻkrak nishonini Zulfiya Ollayorovaga tantanali ravishda topshirdi.

Shu kuni ustozlari, shogirdlari mehridan koʻngli obod shoirani tadbir ishtirokchilari turfa guldastalar, goʻzal va ezgu tilaklar bilan samimiy muborakbod etdilar va shoiraga yanada joʻshqin ijod yor boʻlishini tiladilar.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019