16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Siyosat 👁 376

18-noyabr – Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

18-noyabr – Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ardoqli sanaladi. Boisi ularda sevikli Vatanning surati, mehru tarovati, xalqning mardonavor oʻtmishi, bugungi fidokorligi va istiqboli baralla namoyon boʻladi. Ulardan biri Oʻzbekiston Respublikasi 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Davlat bayrogʻidir.

Bayrogʻimizdagi moviy rang – tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilik, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrogʻining rangi ham moviy rangda edi.

Oq rang esa muqaddas tinchlik ramzi boʻlib, u kun charogʻonligi va koinot yoritgichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq rang – poklik, begʻuborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki goʻzallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U koʻpgina xalqlarda navqironlik, umid va shodmonlik timsoli hisoblanadi.

Qizil chiziqlar boʻlsa vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy anʼanalarimiz bilan bogʻliq. Ayni paytda u qoʻlga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

Yulduzlar barcha uchun ruhiy, ilohiy timsol sanalgan. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻidagi oʻn ikki yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning oʻn ikki yulduzga boʻlgan eʼtiborimiz Oʻzbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrogʻimizdagi oʻn ikki yulduz tasvirini oʻzbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, oʻz tuprogʻida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Davlatimiz bayrogʻi milliy-madaniy anʼanalarimizni oʻzida toʻliq mujassamlashtirgan. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun 1991-yil 18-noyabrida qabul qilinganidan soʻng, unga 1999, 2005, 2010, 2019, 2023-yillarda ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mohiyati xususida toʻxtaladigan boʻlsak, avvalambor davlat bayrogʻining doimiy ravishda aynan qanday binolarda, qanday idoralarning majlislar zallarida, qanday mansabdor shaxslarning xizmat xonalarida, qonun hujjatlari bilan belgilangan bayramlar, saylov va referendum kunlarida qayerlarda, qanday marosimlar paytida koʻtarilishi aniq va batafsil belgilab berilgan.

Jumladan, "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonun Prezident tomonidan 2023-yil 8-iyulda imzolangan qonunga koʻra, Davlat bayrogʻidan foydalanilishi mumkin boʻlgan holatlar kengaytirildi, Jumladan bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida; bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;xalqaro sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.

Ayni kunlarda bayrogʻimiz qabul qilinganligining 33 yilligi yurtimiz boʻylab keng tantana qilinyapti.

“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunning 2-3-moddasida bayrogʻimiz mamlakatimiz suverenitetining ramzi ekanligi, xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻlishi eʼtirof etilgan. Hozir u jahonning turli nuqtalarida magʻrur hilpirab turibdi. Ayniqsa, sport arenalarida, milliy terma jamoalarimizning ishtirokidagi xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda nufuzli bellashuvlarda yurtimiz sportchilari gʻoliblik shohsupasida turganida bayrogʻimizning baland koʻtarilishi qalbimizga faxr-iftixor tuygʻularini baxsh etadi, koʻnglimizni togʻdek koʻtaradi.

Bayrogʻimiz jonajon oʻlkamiz dunyoda xalqaro hamjamiyatning tenglar ichra teng aʼzosi ekanligini anglatadi va oʻzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi.

Demakki, bayrogʻimiz bizning gʻurur, iftixorimizdir. Uni eʼzozlash esa fuqarolarda oʻzining qadr-qimmatiga, oʻz mamlakatiga va shaxsiga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.

Bayrogʻimizda yurtimizning, xalqimizning obroʻ-nufuzi yuksakligidan dalolat beruvchi ramziy timsollar mujassam. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʻtaraylik!

Ona yurtimizdagi tinchlik va osudalik hech qachon bizni tark etmasin, bayrogʻimiz baland-balandlarda Oʻzbekiston deb atalmish jannatmakon yurt shaʼni, shonu shavkatidan darak berib hilpirayversin!

Islombek Matkarimov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani boʻlinmasi rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019