16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:29
Siyosat 👁 375

1-sonli maktabda “Bayrogʻim – iftixorim, gʻururim!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

1-sonli maktabda “Bayrogʻim – iftixorim, gʻururim!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Davlat ramzlari har bir millatning oʻziga xosligini, xalqning tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini ifodalaydigan muhim belgilardir. Bayroq, gerb va madhiya kabi ramzlar millatning erki va mustaqilligining timsoli boʻlib, har bir fuqaroda gʻurur va iftixor tuygʻularini uygʻotadi. Ayniqsa, yosh avlodga davlat ramzlarining ahamiyatini anglatish juda muhim. Bu orqali ularning ona vatanga boʻlgan mehri va sadoqati yanada ortadi, vatanparvarlik tuygʻulari yuksaladi.

Bundan 33-yil oldin – 1991-yil 18-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi qabul qilingan edi. Ushbu sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Bayrogʻim – iftixorim, gʻururim!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirni maktab direktori Dilrabo Sherboyeva ochib berdi va ishtirokchilarni davlat bayrogʻi qabul qilingan sana bilan tabrikladi. Tadbirda maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirok etib, bayrogʻimiz va boshqa davt ramzlari haqida sheʼrlar aytib, maʼlumotlar berdilar.

Oʻquvchilar bayroqdagi ranglar va tasvirlar mamlakatning boy tarixi, hozirgi hayoti va kelajagini oʻzida mujassam etganini, jumladan moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi hisoblansa, oq rang muqaddas tinchlik, poklik va begʻuborlik timsoli ekani, yashil rang tabiatning navqironligini va tiriklik ramzini bildirsa, qizil chiziqlar vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatishini sheʼriy usulda ifoda qildilar. Navqiron yarim oy tasviri tarixiy anʼanalarimiz bilan bogʻliq boʻlib, ayni paytda u qoʻlga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ekani, 12ta yulduz tasviri esa tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador ekani haqida tadbir ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlar berildi. Maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan ijro etilgan sheʼrlar va qoʻshiqlar oʻquvchilarning davlat ramzlariga nisbatan hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Darhaqiqat, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlari muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat ramzlarini hurmat qilish – bu ona yurtga boʻlgan muhabbatning eng yorqin koʻrinishidir.

Bayroq qadimdan har bir davlat, xalq va qavmning gʻururini belgilaydigan ramz boʻlib kelgan. Urushlar va janglarda bayroq nafaqat birlashtiruvchi timsol, balki jangovar ahamiyatga ega muhim belgilardan biri boʻlgan. Jang maydonidagi ogʻir vaziyatlarda qoʻshinning har bir askari bayroqni himoya qilgan, bayroq bor joyda qoʻshin jonkuyarlik bilan kurashgan, chunki uni yoʻqotish magʻlubiyat deb hisoblangan.  Dushman bayrogʻini yoʻq qilish yoki qoʻlga olish uning ustidan gʻalaba qozonishning ramziy maʼnosini bildirgan. Demak, qadim zamonlardan ham bayroq jangchilarga ruhiy kuch bagʻishlab, ularni Vatan va qoʻshin sharafi yoʻlida jangovar harakatlarga undagan.

Nafaqat oʻtmishda, balki bugun va barcha zamonlarda ham bayroq, gerb va madhiya kabi davlat ramzlari yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi, ularni oʻz yurtini sevish va himoya qilishga chorlaydi.

Yosh avlod kamolotida bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning oʻrni beqiyosdir. Bunday tadbirlar orqali oʻquvchilarda Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat, milliy gʻurur va faxr tuygʻulari shakllanadi. Oʻz tarixini, madaniyati va qadriyatlarini bilgan yoshlar Vatanga sadoqatli, uning rivoji yoʻlida kamarbasta shaxslar sifatida kamolga yetadi. Shu sababli ham Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida turli sanalar munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Ushbu tadbirlardan koʻzlangan maqsad oʻquvchi yoshlarni milliy bayramlarimiz, tarixiy shaxslarning hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar olib, ulardan ilhomlangan holda barkamol shaxslar boʻlib yetishishga undashdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019