16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Jamiyat 👁 365

DEPUTAT XONIMJON RAJABOVA NOGIRONLIGI BOʻLGAN FUQAROLAR BILAN UChRAShDI

DEPUTAT XONIMJON RAJABOVA NOGIRONLIGI BOʻLGAN FUQAROLAR BILAN UChRAShDI

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 1992-yilda belgilangan va butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. Uning maqsadi – jamiyat hayotining barcha sohalarida nogironlar ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish, shuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish orqali nogironligi boʻlgan shaxslarning har qanday sogʻlom odamdan kam emasligini amalda namoyon etishdir. Mamlakatimizda, shu jumladan Amudaryo tumanida ham ushbu tadbirni nishonlash anʼanaga aylangan. Nafaqat sana munosabati bilan, balki yil davomida, turli bayramlarda ham tumanning turli hududlarida istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan shaxslarga hurmat-ehtirom koʻrsatiladi.

“Bir miskin koʻngilni shod etish – Kaʼbatullohni ziyorat qilish bilan barobar”, deydi dono xalqimiz. Haqiqatan ham salgina mehr va eʼtibordan qalblari bir olam shodlikka toʻluvchi nogironligi boʻlgan insonlarning quvonchlariga sherik boʻlish, orzu-intilishlarini ragʻbatlantirish, ularning muammolarini hal etishga koʻmaklashish, haq-huquqlarini himoya qilish har bir sogʻlom insonning burchidir.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Xonimjon Rajabova Xalqaro nogironlar kuni arafasida Mangʻit shahrining Boyovul mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan fuqarolar bilan uchrashdi va oʻzining deputatlik vakolati doirasida ularning muammolarini oʻrganib, orzu-intilishlarini ragʻbatlantirish maqsadida dildan suhbat oʻtkazdi.

Deputat mahallada yashovchi 1992-yilda tugʻilgan II guruh nogironi Inobat Karimova, Bahor koʻchasida istiqomat qiluvchi, 1977-yilda tugʻilgan I guruh nogironi Salomat Kazakova, Qilichboy koʻchasida yashovchi, II guruh nogironlari, 1988-yilda tugʻilgan Ravshan Atabayev va 1992-yilda tugʻilgan Shoira Yerlapasova hamda 1996-yilda tugʻilgan Yulduz Gabdulxabirovalar bilan uchrashib, ularga bayram munosabati bilan shaxsiy sovgʻalarini topshirdi.

Nogironligi boʻlgan fuqarolar orasida shunday insonlar ham borki, sogʻlom odamlarga nisbatan ularning imkoniyatlari cheklangan boʻlsalar-da. alohida qobiliyatlari bilan ajralib turishadi. Boyovul mahallasida ham bunday iqtidor egalari talaygina. Ulardan biri – I guruh nogironi Salomat Kazakova sheʼriyat, adabiyot shaydosi. U “men nogironman”, deb oʻzining koʻnglini oʻzi choʻktirmadi. Oʻz ustida tinimsiz ishlab, biri-biridan dilbar sheʼrlar, hayotiy hikoyalar yozdi. Yozganlari tuman va respublika miqyosidagi gazetalarda yoritilib, davriy nashrlar orqali keng ommaga tarqatilganida, uni har doim ijod qilishga undagan ustozlari – “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodkorlarining ishonchini oqlashga intildi. Salomatning turli davriy nashrlarda chop etilgan ijod namunalari moʻʼjaz bir kitob boʻlgulik.

Xonimjon Rajabova Boyovul mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan fuqarolar bilan uchrashuvida dildan, samimiy muloqot qilish orqali ularning har biriga maʼnaviy kuch va bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019