16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Siyosat 👁 573

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 4-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 4-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2024-yil 27-dekabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Kengash raisining oʻrinbosari Madamin Kazakov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga 4-Beruniy saylov okrugidan deputat Sayyora Jumamuratova saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Amudaryo tumanida eng ogʻir mahallarni tanlab olish va ularda amalga oshiriladigan ishlar” yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi.

Hisobotda Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda eng ogʻir ahvoldagi 7 ta – Zahiriddin Muhammad Bobur, Amir Temur, Qangli, Boʻzyop, Kuyuk koʻpir, Oq oltin ovul fuqarolar yigʻinlari hamda Uyshin mahalla fuqarolar yigʻinlari tanlab olingani qayd etildi. Ushbu mahallalarda tomorqa yerlarini sugʻorishni yaxshilash yoki ularga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini taʼminlash, internet sifatini oshirish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash maqsadlarini amalga oshirish uchun jami 20 mlrd 650 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgani xususida soʻz yuritildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimligi bosh mutaxassisi Jaxongir Haydarov hisobot berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pillachilik soxasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda tumandagi zaxira yer maydonlari hisobidan 12,2 gektar konturlarni ochiq elektron tanlovga qoʻyish taklifi kiritilib, bu boʻyicha Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.

Kun tartibidagi navbatdagi – “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda aniqlash hamda “Ayollar daftari”ni yuritish orqali bartaraf etish toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova hisobot berdi.

Goʻzal Saburova oʻz hisobotida tumanda xotin-qizlarning hayot va turmush sharoitidagi muammolarini aniqlash, yakka tartibda ishlash orqali ularning hayot tarzini yaxshilash hamda ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, aniqlangan muammolarni kompleks va manzilli hal qilish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, 2025-yil uchun Amudaryo tumani mahalliy byudjetining asosiy prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi masala ham mhokama qilinib, ushbu masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Javlonbek Jumamurodov hamda tuman Soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimovlar hisobot berdi.

Hisobotlarda 2025-yil uchun Amudaryo tumani mahalliy byudjetning xarajatlari 133 mlrd 942 mln 669 ming soʻm miqdorida prognoz qilinayotgani, ushbu xarajatlarni qoplash uchun esa mahalliy byudjet daromadlari va yuqori byudjetlardan ajratiladigan mablagʻlar yoʻnaltirilishi qayd qilindi.

Sessiya soʻngida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuroturasining 2024-yil 25-noyabrdagi “Sektorlarga biriktirilgan hududlar taqsimotini qayta koʻrib chiqish” toʻgʻrisidagi xatiga asosan tumandagi sektorlardagi ishlar samaradorligini yanada oshirish masalasi muhokama qilindi hamda Amudaryo tumanidagi shaharcha, ovul va mahallalar 4ta sektorga qayta taqsimlandi.

Sessiya majlisida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi, atroflicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 4-sessiyasini oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026