16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:30
Iqtisodiyot 👁 440

Beshtomlik oila kir yuvish mashinasi xarid qilib, "Damas" avtomobilini yutib oldi

Beshtomlik oila kir yuvish mashinasi xarid qilib, "Damas" avtomobilini yutib oldi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, savdo sohasida biznesni yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda. Yangi qonun va normativ hujjatlar tadbirkorlarga soliq yukini kamaytirish, kredit olishni osonlashtirish va sarmoya kiritish uchun xavf-xatarlarni qisqartirishga xizmat qilmoqda.

Ishbilarmonlarga yer maydonlari ajratish, savdo binolarini qurish va qayta rekonstruktsiya qilish uchun davlat tomonidan koʻmak berilayotgani ularga oʻz biznesini kengaytirish imkonini bermoqda. Bu kabi chora-tadbirlar savdo sohasining oʻsishiga turtki berayotgani shubhasiz.

Amudaryo tumanida ham davlatimizning ana shunday imkoniyat va imtiyozlaridan foydalanib, samarali faoliyat olib borayotgan, nafaqat biznesini kengaytirib, balki xaridorlarni xursand qilish uchun turli aktsiyalar oʻtkazib, xalqimizning duosini olayotgan tadbirkorlar safi kengayib bormoqda. Shunday tadbirkorlardan biri Baxtiyor Oʻrazimbetov boʻlib, u “Texno oray” brendining asoschisi hisoblanadi. Ushbu brend ostida Mangʻit shahrida “IDEAL” va Choykoʻl ovulida “PREMIER” doʻkonlari mijozlarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Mazkur doʻkonlar bir necha oy ilgari xaridorlar uchun “Manfaatli xarid” mega aktsiyasini eʼlon qilgan edi. Aktsiya shartiga koʻra “Texno oray” brendining istalgan doʻkonidan bir yarim million soʻmdan ortiq miqdorda xaridni amalga oshirgan har bir mijoz ushbu mega aktsiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Nafaqat naqd pulga, balki 24 oygacha boʻlib toʻlash yoʻli bilan mahsulot xarid qilgan mijozlar ham aktsiyada ishtirok etishdi.

Doʻkonlardan dunyoga taniqli brendlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan maishiy texnika, ofis jihozlari, uy-roʻzgʻor buyumlari hamda turli gadjetlarni arzon narxlarda xarid qilgan va aktsiya yakunidagi teleoʻyinda omadi kelgan ishtirokchilar yutuqlardan birining egasi boʻlishi mumkinligi haqidagi reklamalar xaridorlar sonini yanada oshirdi.

2024-yil 28-dekabr kuni ushbu aktsiyaga yakun yasalib, “ATV” telekanalining jonli efirida tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻoliblar aniqlandi. Jamoat tashkilotlari, blogerlar va mahalla faollaridan iborat hakamlar ishtirokida 4ta televizor, 3ta kir yuvish mashinasi, 2ta gaz plitasi va bosh sovrin – “Damas” avtomobilining egalari aniqlandi.

Xolis va odilona oʻtgan oʻyin natijasi koʻra super yutuq – “Damas” avtomobili Beshtom mahallasida yashovchi Bekat Turgʻanbayevga nasib qildi.

2024-yil 29-dekabr kuni ushbu yutuq savdo majmuasi rahbariyati, blogerlar va mahalla faollari, jamoatchilik vakillari ishtirokida gʻolibga tantanali ravishda topshirildi.

Roʻzgʻori uchun kir yuvish mashinasi xarid qilgan va omadi kelib, “Damas” avtomobilini yutib olgan mijozning va oila aʼzolari, qoʻni-qoʻshnilari hamda yaqinlarining quvonchini soʻz bilan taʼriflash qiyin. Yangi yil bayramini kutilmagan katta sovgʻa bilan qarshi olgan oilaga havas qilib, yigʻilganlar ham yaxshi tilaklar tilashdi.

Aytish joizki, mamlakatimizda tadbirkorlik muhitining rivojlanishi va savdo shoxobchalari sonining ortishi bilan sogʻlom raqobat muhiti ham rivojlanmoqda. Savdo sohasida raqobat kuchayishi tovarlar va xizmatlar narxining pasayishiga olib kelmoqda. Narxlarning tushishi nafaqat xaridorlar uchun moliyaviy jihatdan qulaylik yaratmoqda, balki tadbirkorlarni ham oʻz mahsulotlari va xizmatlarini sifat jihatdan yaxshilashga undamoqda.

Bugungi kunda har bir tadbirkor uchun xaridorlarning ishonchi muhim omil boʻlib, u bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning asosiy shartidir. Shu bois, “IDEAL” va “PREMIER” doʻkonlarida mahsulotlarning turli-tumanligi va ularning sifatini yaxshilash, eng muhimi narxlarning hamyonbopligini taʼminlash ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Doʻkonlar maʼmuriyati bundan keyin ham xaridorlarni jalb qilish va ragʻbatlantirish maqsadida innovatsion yondashuvlarni qoʻllashni niyat qilgan. Turli xil chegirmalar, bonuslar va aktsiyalar tashkil etib, mijozlar uchun yanada foydali sharoitlar yaratish, mijozlarni xursand qilish “Texno oray” brendi ostida xizmat koʻrsatayotgan doʻkonlarning bosh shioriga aylangan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019