16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:44
Iqtisodiyot 👁 598

Mangʻitlik tadbirkor “Amu teplo” brendi ostida zamonaviy va tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarmoqda

Mangʻitlik tadbirkor “Amu teplo” brendi ostida zamonaviy va tejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarmoqda

Oʻzbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar ishlab chiqarish sohasini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Hududlarda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari tashkil etilishi, soliq imtiyozlari va zamonaviy infratuzilma tadbirkorlar uchun keng yoʻl ochib berdi. Mazkur zonalar hududlardagi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Amudaryo tumanida ham tadbirkorlarning toʻsiqlarsiz faoliyat olib borishlari uchun bir qator qulay sharoitlar yaratilgan. Aynan shunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan tadbirkorlardan biri “Amu metal-kovka art” MChJ rahbari Jasurbek Bobojonov faoliyatida iqtisodiy islohotlarning samarasini koʻrishimiz mumkin.

Jasurbek Bobojonov bobosi Tajim Bobojonov boshlagan temirchilik anʼanalarini otasi Jumamurot Bobojonovdan puxta oʻrgandi va 2002-yilga kelib, sohada oʻzining mustaqil faoliyatini boshladi.

Dastlab temirdan oddiy mehnat qurollari – belkurak, ketmon, aravalar hamda buyurtma asosida har xil temirchilik buyumlarini tayyorlash bilan shugʻullangan Jasurbek Bobojonov 2013-yilda “Jumamurod usta” nomidagi oilaviy korxona tashkil etdi. Korxona faoliyatining dastlabki yillarida tabiiy gazda ishlovchi anʼanaviy qozonlar, temir eshik va darvozalar ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratildi. Mangʻit shahridagi kichik sanoat zonasidan 2018-yilda yer ajratilishi bilan yangi ustaxona barpo etishga kirishdi. 2020-yilda ustaxona qurib bitkazilishi natijasida oilaviy korxonaning ishlab chiqarish faoliyati ancha kengaytirildi.

Vaqt oʻtishi bilan Jasurbek Bobojonov “aqlli” energotejamkor isitish qozonlari ishlab chiqarishga qiziqib, ushbu yoʻnalishda shaxsiy izlanishlarini boshladi. U Oʻzbekistonning vodiy viloyatlaridagi ustalardan temirchilikning nozik sirlarini oʻrgandi. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasida boʻlib, temirchilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ustalar bilan faol tajriba almashdi. Doimiy ravishda internet tarmoqlari orqali ilmiy-nazariy hamda amaliy materiallarni oʻrganib borish natijasida sohaga doir bilimlarini ancha boyitdi. Ayniqsa, YouTube platformasidagi rossiyalik muhandis va temirchi-ustalarning oʻquv kontentlari, internet manbalaridagi maxsus chizmalarni tahlil qilish hamda amaliyotda sinab koʻrish uning bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutdi. 2022-yilda esa oilaviy korxonasini “Amu metal-kovka art” MChJ sifatida qayta tashkil etdi. 

Sir emaski, markazdan olis joylarda qishning sovuq kunlarida isitish tizimlarining ahamiyati yanada ortadi. Ayniqsa, tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan hududlarda, koʻmir bilan ishlovchi isitish qozonlari oilalar uchun qulaylik manbai hisoblanadi. Bunday isitish qozonlari koʻplab qishloq hududlarida energiya taʼminotining asosiy vositasi sifatida ishlatiladi.

Bozor talabiga yarasha taklif, deganlaridek, “Amu metal-kovka art” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar orasida, ayniqsa, “Amu teplo” brendi ostidagi mahalliylashtirilgan isitish qozonlari alohida oʻrin tutadi. 2023-yilda keng koʻlamli ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan ushbu qozonlar innovatsion va energotejamkorlik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular tabiiy gaz va qattiq yoqilgʻida ishlash imkoniyatiga ega boʻlib, xonadonlar va issiqxonalarni samarali isitishga xizmat qiladi. 

Darhaqiqat, ushbu qozonlarning afzalliklari isteʼmolchilarni oʻziga jalb etmoqda. Masalan, tabiiy gazda yonuvchi anʼanaviy isitish qozonlari qishning sovuq kunlarida, taxminan, 100 ming soʻm atrofida yoqilgʻi sarflasa, koʻmirda ishlaydigan “Amu teplo” isitish qozonlari xarajatni 10-15 ming soʻmgacha kamaytiradi. Bundan tashqari, ushbu isitish qozonlari 30-50 kg koʻmir bilan kun davomida butun xonadonni issiqlik bilan taʼminlash imkonini beradi. Bu innovatsiyalar oilaviy byudjetni tejash va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Jasurbek Bobojonov “Amu metal-kovka art” MChJ ishlab chiqarish tsexi faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanmoqda. 2024-yilning aprel oyida Xitoydan olib kelingan lazerli jihozlar temir qismlarni aniq va sifatli kesishga imkoniyat yaratdi. Ishlab chiqarish jarayonida metall kesish, yigʻish, payvandlash, boʻyoqlash va elektromontaj ishlari puxta amalga oshiriladi. 

Isitish qozonlarining asosiy elementlari, jumladan, eshiklari chang, suv va havo oʻtishidan toʻliq himoyalangan va tashqariga tutun chiqarmaydi. Bu esa qozonlarning xavfsizligi va uzoq muddat xizmat qilishini taʼminlaydi. Bir soʻz bilan aytganda, “Amu teplo” mahalliy brendidagi zamonaviy texnologiyalar, narx, sifat va tejamkorlikning oʻziga xos uygʻunligi!

“Amu metal-kovka art” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan isitish qozonlari hozirda Amudaryo tumanidan tashqari Nukus, Qoʻngʻirot, Beruniy, Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl va Gurlan kabi tumanlar aholisiga ham samarali xizmat qilmoqda. 

Jamiyat nafaqat isitish qozonlari, balki mustahkam va sifatli temir darvoza hamda eshiklar ham ishlab chiqarib, xalqimiz ishonchini qozongan. Temir darvoza va eshiklar suv, chang va harorat oʻzgarishlariga chidamli boʻlib, yuqori mustahkamligi bilan ajralib turadi. Yopilish va ochilish mexanizmlari silliq va ishonchli ishlaydi, bu esa foydalanishda qulaylikni taʼminlaydi.

Shuningdek, har bir buyurtma uchun alohida dizayn va moslashuvchanlik taklif qilinadi, bu esa mijoz ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish imkonini beradi. Mahalliy bozorda ushbu mahsulotlar zamonaviy va qulay narxlarda taqdim etilib, isteʼmolchilar ehtiyojini toʻliq qondirishga qaratilgan. Temir darvoza va eshiklar korxonaning boshqa mahsulotlari kabi yuqori sifat meʼyorlariga javob beradi va uzoq muddat davomida samarali xizmat qiladi.

Bugungi kunda “Amu metal-kovka art” korxonasida 8 nafar doimiy ishchi faoliyat yuritmoqda. Korxonada shuningdek, kasb oʻrganish istagidagi yollanma ishchilar ham ishlaydi. Jasurbek Bobojonovning shogirdlari orasidan koʻplab ustalar yetishib chiqdi, bu esa hududdagi kasb-hunar rivojiga katta hissa qoʻshmoqda. 

Jasurbek Bobojonov rahbarligidagi “Amu metal-kovka art” MChJ tomonidan mahalliylashtirilgan va energotejamkor mahsulotlar nafaqat isteʼmolchilarga iqtisodiy manfaat keltirmoqda, balki hudud iqtisodiyotining mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. Shubhasiz, bu kabi faoliyat mamlakatda kichik biznesni rivojlantirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026