16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 327

Agrotexnikalar mavsumga shay holatga keltirilmoqda

Agrotexnikalar mavsumga shay holatga keltirilmoqda

Dehqon uchun yilning toʻrt fasli ham ish faslidir. Yil boʻyi fidoyi mehnat qilib, yetishtirilgan hosilni yigʻib-terib olgan dehqonlar hosildan boʻshagan yerlarni shudgorlash va shoʻr yuvishga tayyorlash ishlari bilan bir qatorda texnikalarni taʼmirlashga ham kirishishadi. Xalqimiz “Texnika – dehqonning qoʻl-qanoti” deb bejizga aytmagan. Qishloq xoʻjaligi texnikalarini qishda koʻklamgi ekish mavsumiga puxta tayyorlash yangi mavsum ishlarining oʻz vaqtida va samarali ado etilishiga zamin boʻladi. Masalan, chigit ekishga kirishishdan oldin seyalkaning butligi, qism va detallari yaxshilab mahkamlanganligi tekshiriladi, ekish jarayoni va sifatiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan qismlarga alohida eʼtibor qaratiladi. Chigit ekish seyalkasining texnik holati esa mavsum oldidan va ish davomida uning sozlik darajasiga qarab baholanadi. Soz seyalka ekish tadbirini sifatli bajaradi, smena va mavsum davomida buzilmasdan ishlaydi. Shu boisdan ayni kunlarda Amudaryo tumanida ham bahorgi mavsum davomida ishlatiladigan texnikalar sifatli taʼmirlanib, mavsumga shay holatga keltirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Amudaryo tuman boʻlimi maʼsul xodimlari tumandagi qishloq xoʻjalik texnikalarining belgilangan ustaxonalarga yigʻilishi, taʼmirlash ishlarining borishi bilan tanishib, nazorat qilib bormoqdalar.

Bahorgi ekish mavsumida qatnashadigan qishloq xoʻjaligi texnikalari tumanning 16 ta hududida joylashgan ustaxonalarga yigʻilib, bugungi kunda taʼmirlash ishlari yakunlanish arafasida.

Tuman qishloq xoʻjaligi taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan “qoʻl-qanot” hisoblangan texnikalar soni ham yil sayin ortib bormoqda. Birgina chigit ekish seyalkalari soni jami 150 donani tashkil qilsa, kultivatorlar 325tani, tishli boronalar 1700tani, temir molalar esa 293tani tashkil qiladi.

Shulardan, Toʻlqin ovuli hududidagi ustaxonada 5 dona, Qipchoq shaharchasi hududidagi ustaxonada 2 dona, Doʻrman ovulidagi ustaxonada 3 dona, Qilichboy ovulidagi ustaxonada 1 dona, Turkmaniston ovulidagi ustaxonada 5 dona, Namuna mahallasidagi ustaxona hududida 3 dona va Tosh yop ovuli hududidagi ustaxonada 2 dona chigit ekish seyalkalari toʻliq va sifatli taʼmirlandi. Qolganlarini esa taʼmirlash ishlari yakunlanish bosqichida.

Soʻzimiz avvalida bobodehqonlarimiz uchun yilning toʻrtta fasli ham mehnat mavsumi, deya bekorga aytmadik. Sababi, har faslning oʻziga yarasha mehnat talab qiladigan, kechiktirib boʻlmaydigan yumushlari bor. Masalan, kuz mavsumida hosildan boʻshagan yerlar qaytadan haydalib, shudgorlash ishlari olib borilsa, keyinchalik yerlar lazerli tekislagich yordamida tekislanadi va shoʻr yuvish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, urugʻ yerga qadalgach, chigit unib chiqqanidan keyingi ishlar ham talaygina. Bu fursatda qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari ekin qator oralarini kultivator yordamida yumshatish taraddudiga tushishadi.

Qator oralarini kultivattsiya qilish orqali begona oʻtlar yoʻqotiladi, tuproqning mayda kesakcha holga kelishi natijasida nam uzoq muddat saqlanadi, shoʻr yerlarda esa zararli tuzlar koʻtarilishining oldi olinadi, tuproqda issiqlik va havo almashinishi taʼminlanadi. Ekinning ildizlari oziq moddalar va nam bilan doimiy taʼminlanib turishi uchun sharoit yaratiladi.

Ertagi kultivatsiya tuproq ustki qatlamining yaxshi qizishini va qurishini taʼminlaydi, oʻsimlikning ildiz chirishi kasaliga chalinishini kamaytirishga sharoit yaratadi. Ayni paytda, Amudaryo tumanining turli hududlaridagi ustaxonalarda sifatli taʼmirlanayotgan 325 dona kultivatorlar ham joriy yilgi mavsumda ishtirok etib, yerlarning maromida yumshatilishiga hissa qoʻshsa ajab emas.

Ayniqsa, qishloq xoʻjaligining asosiy ekinlaridan biri boʻlgan gʻoʻza parvarishi alohida aeʼtiborni talab qiladi. Bunda, kutilgan natija gʻoʻzani vaqtida sugʻorish, vaqtida kerakli oʻgʻitlarni berish bilan bir qatorda, qishloq xoʻjaligi texnikalarining toʻgʻri tashkil qilinganligiga ham bogʻliq. Shuni hisobga olgan holda, soha maʼsullari tomonidan joriy koʻklamda, ekish ishlarida qatnashadigan texnikalar mavsum ishlarida sifatli ishlashi uchun taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, yerdan moʻl va sifatli hosil yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, maromiga yetkazib bajarish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish har bir dehqon, paxtakor va fermerning asosiy burchidir.

Iroda Erdosheva, QDU jurnalistika fakulteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019