16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:01
Fan va taʼlim 👁 121

“Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohida yangi mavsumga tantanali start berildi

“Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohida yangi mavsumga tantanali start berildi

Amudaryo tumanida bolalarning yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish, ularning sogʻlom dam olishi va boʻsh vaqtini samarali oʻtkazish maqsadida “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohining 2026-yilgi mavsumi tantanali ravishda ochildi. “Doʻrman” ovuli hududidagi 84-sonli maktab binosida tashkil etilgan oromgohning ochilish marosimi bolajonlar, ota-onalar hamda taʼlim sohasi vakillari ishtirokida koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Yoz fasli bolalar uchun quvonch, yangi taassurotlar va maroqli dam olish davri hisoblanadi. Ana shunday ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarishga xizmat qiladigan “Qaldirgʻoch” oromgohi bu yil ham yuzlab oʻquvchilarni oʻz bagʻriga chorlab, ular uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratdi.

Tantanali ochilish marosimida Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov ishtirok etib, yigʻilganlarni yozgi sogʻlomlashtirish mavsumining boshlanishi bilan tabrikladilar. Soʻzga chiqqanlar bolalarning taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy va maʼnaviy kamolotiga koʻmaklashish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini alohida taʼkidladilar.

Tadbirda umumtaʼlim maktablari direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, oromgoh tashkilotchilari, masʼul mutaxassislar, ota-onalar va bolajonlar qatnashdi. Marosim davomida mehmonlarga oromgoh hududida yaratilgan shart-sharoitlar, dam oluvchilar uchun tashkil etilgan qulayliklar hamda yozgi mavsum dasturi haqida batafsil maʼlumot berildi. Bolalarning xavfsizligi, sogʻligʻi va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bayram tadbiri kontsert dasturi bilan davom etdi. Iqtidorli yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, raqslar va sahna chiqishlari yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, bolajonlarning quvonchga toʻla nigohlari va samimiy tabassumlari tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri boʻldi.

“Qaldirgʻoch” yozgi oromgohida mavsum davomida sport va madaniyat sohasi xodimlari bilan hamkorlikda turli sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar, ijodiy tanlovlar hamda qiziqarli loyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunday tadbirlar bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, isteʼdod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish hamda vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Maʼlum qilinishicha, birinchi mavsum 3-iyundan 15-iyungacha davom etib, 12 kunlik sogʻlomlashtirish va dam olish dasturini oʻz ichiga oladi. Oromgohda har bir smenada 100 nafardan bola dam oladi. Jami beshta smena davomida 500 nafar oʻquvchini sogʻlomlashtirish va mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash rejalashtirilgan.

Bugungi kunda bolalarning taʼlim bilan bir qatorda sifatli dam olishini tashkil etish, ularning sogʻlom va barkamol avlod boʻlib voyaga yetishida muhim omil hisoblanadi. Shu maʼnoda, “Qaldirgʻoch” bolalar yozgi dam olish oromgohi yosh avlodning taʼtilini sermazmun, qiziqarli va unutilmas oʻtkazishiga xizmat qiladigan maskan sifatida faoliyatini boshladi.

Shubhasiz, oromgohda tashkil etiladigan turli tadbirlar, sport musobaqalari va ijodiy loyihalar bolajonlarga nafaqat maroqli hordiq, balki yangi doʻstlar, yorqin taassurotlar va unutilmas xotiralarni ham hadya etadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019