16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:53
Siyosat 👁 9,138

Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlandi

Vatan himoyachilari kuni munosib nishonlandi

Mamlakatimizda 14-yanvar sanasi Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan soha vakillari – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bu yil Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganiga 33-yil toʻlishi munosabati bilan butun yurtimiz boʻylab katta bayram shodiyonalari boʻlib oʻtmoqda.

Amudaryo tumanida ham Vatan himoyachilari kuni keng tarzda munosib nishonlandi. Tuman Madaniyat boʻlimida tashkil etilgan bayram tadbiriga harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, nafaqadagi faxriy harbiylar taklif qilindi.

Bayram tadbiri Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari davlat madhiyalari sadolari bilan boshlandi.

Tadbirni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz nutqida bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida oʻz vazifasini sidqidildan ado etayotgan ming-minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor ekanligini alohida taʼkidladi.

Shuningdek tadbirda soʻzga chiqqanlar Vatan himoyasi eng sharafli kasblardan biri ekanligini, oʻz ona Vatanini, yurt mustaqilligini qoʻriqlash – yuksak sharaf ekanligini, Vatanni qoʻriqlash bu oʻz uyini, oilasini himoya qilishni anglatishini hamda ushbu bayram barcha Oʻzbekistonliklarning umummilliy bayrami ekanligini taʼkidladilar.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan ajoyib chiqishlar, betakror kuy-qoʻshiqlar bilan davom etdi. Xonandalar Vatanni, istiqlolni, tinchlik va doʻstlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etib, barcha tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bagʻishladilar.

Tadbir mobaynida Vatanimiz sarhadlarining daxlsizligini saqlashda, yurt himoyasida, tinch va osoyishta hayot kechirishimizda, yoshlarga vatanparvarlik tuygʻularini singdirishda fidoyilik bilan xizmat qilayotgan, ushbu sharafli ishlarga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha vakillari tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Taʼkidlash joizki, ushbu bayram nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida oʻz burchini oʻtab qaytgan vatandoshlarimiz va kelgusida harbiy xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayramidir. Yurtimizda ushbu sana munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar oʻtkazilib, Vatan himoyachilariga cheksiz hurmat va ehtirom koʻrsatiladi.

Xalqimiz hamisha oʻzining mard, jasur oʻgʻlonlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-onasi va oilasini, oʻzi yashayotgan yurt tuprogʻini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblaydilar. Mazkur bayramning keng nishonlanishi xalqimizning oʻz Milliy Armiyasiga nisbatan cheksiz hurmati, alp yigitlariga boʻlgan ishonchining amaliy ifodasidir.

Xalqimiz mard va jasur harbiylarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulugʻ ishni sharaf bilan ado etib, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli anʼanalarini munosib davom ettirib kelayotgan ona yurtimizning chinakam qalqonlarini koʻradi.

Barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaymiz!

Tadbirdan fotolavhalar

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026