16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Siyosat 👁 622

2024-yilda Xalq qabulxonasiga asosan qaysi yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi?

2024-yilda Xalq qabulxonasiga asosan qaysi yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi?

Ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Odamiy ersang demagil odami, onikim, yoʻq xalq gʻamidin gʻami” degan satrlarining mohiyatiga nazar soladigan boʻlsak, chuqur hayotiy falsafani ilgʻaymiz. Bu satrlarda odamlarning dard-u, tashvishlari bilan yashashning ulugʻ saodat ekani ifoda etilgan. Chindan-da, inson uchun oʻzi tugʻilib oʻsgan zamin qadrdon odamlarining, yurtdoshlarining orzu-umidlarini ushaltirish yoʻlida qilayotgan mehnati tahsinga sazovor. Xalqning xohish-istaklariga, murojaatlariga quloq osib, muammolariga oʻz vaqtida yechim topishni maqsad qilgan Xalq qabulxonalari bugun ana shu maqsad yoʻlida samarali faoliyat yuritmoqda.

Albatta, har bir aholi vakilini oʻzi yashab turgan hududdagi Xalq qabulxonalarining faoliyati, kelib tushayotgan murojaatlar koʻlami va eng asosiysi, oʻsha murojaatning taqdiri nima boʻlgani haqidagi maʼlumotlar qiziqtirsa ajab emas. Bu borada soʻz ketar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2024-yil davomida virtual qabulxona orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan murojaatlar hamda ularning natijalari boʻyicha toʻxtalib oʻtmaslikning iloji yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2024-yil boshidan 31-dekabr sanasiga qadar jami 5 ming 190 ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Turli xil masalalarni oʻz ichiga olgan ushbu murojaatlardan 5 ming 127 tasi koʻrib chiqilgan, 3 ming 764 ta murojaatlar qanoatlantirilgan. Shuningdek, 1 ming 884 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan, 1 ming 870 ta murojaatlarga huquqiy maʼlumot berish orqali hal qilingan, 10 ta murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan. 1 ming 129 ta murojaatlarga tushuntirish berilgan, 30 ta murojaatlar koʻrmasdan qoldirilgan, 46 ta murojaatlar rad etilgan, 147 ta murojaatlar tugatilgan, 11 ta murojaat maʼlumot uchun qabul qilingan. Qolgan 63 ta murojaatlar koʻrib chiqilish jarayonida.

Maʼlumki, aholi tomonidan eng koʻp qaysi masala yuzasidan murojaat tushayotgani oʻsha jabhadagi islohotlarni yoki faoliyatni tubdan oʻrganishni va masalani tadqiq etishni taqozo etadi, ushbu masalaga aloqador qaysidir idora-tashkilot yoki mutasaddi rahbarni sergaklikka chaqiradi. 2024-yil davomida tumanimiz aholisi tomonidan eng koʻp bolalar nafaqasi masalasida, yashash sharoitlarini yaxshilash, uy-joyni taʼmirlash va qurish uchun yordam boʻyicha, aliment undirish yuzasidan, shuningdek, davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam boʻyicha, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalarning shartnoma toʻlovlari boʻyicha, mahallalar ichki yoʻllarini qurish, taʼmirlash, shagʻallashtirish, asfaltlash kabi bir qator masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan.

Kelib tushayotgan murojaatlarning koʻpchiligi oʻz yechimini topayotganidan yurtdoshlarimiz mamnun. Tumanimizdagi Beshtom mahallasi aholisini koʻp yillardan beri ichimlik suvi muammosi qiynab kelayotgan edi. Bu borada tuman Xalq qabulxonasiga aholi vakilidan kelib tushgan murojaat oʻz natijasini berib, hududga 11,4 km uzunlikdagi ichimlik suvi quvuri tortildi. Natijada Beshtom mahallasidagi 241ta xonadonga “obi hayot” kirib borishiga erishildi.

Soʻngi yillarda yurtimizda mutasaddi idoralarning, sektor rahbarlarining xalq bilan muloqot qilishi hamda xalqni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganib, iloji boricha tez va samarali hal etishi uchun sayyor qabullar tashkil etilayotgani oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda.

Yil davomida Amudaryo tumanida ham sektor rahbarlari tomonidan reja asosida tumandagi ovul va mahallalarda 309 marotaba sayyor qabullar oʻtkazilgan boʻlib, sayyor qabullar davomida 1 ming 207ta masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 1 ming 191ta murojaatlar koʻrib chiqilgan, 1 ming 129ta, yaʼni 95 foiz murojaatlar qanoatlantirilgan. 988 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan, 122ta murojaatlar huquqiy maslahat va maʼlumotlar berish orqali hal qilingan boʻlsa, 19ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan. Shuningdek, 62ta murojaatlarga tushuntirishlar berilib, qolgan 16ta murojaatlar koʻrib chiqilish jarayonida.

Bundan tashqari, murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganida Alisher Navoiy nomli mahalladan 371ta, Jumurtov shaharchasidan 300ta, Qilichboy ovulidan 285ta, Boyovul mahallasidan 194ta, Qoramon mahallasidan 178ta hamda Toʻlqin ovulidan 177ta murojaatlar tushgani qayd qilingan.

Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga asosan, tumanimizdagi 16ta davlat idoralari va tashkilotlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 14ta taqdimnoma, 2ta maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan taklif, 12ta koʻrsatma xatlar chiqarilgan hamda 2 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 4 nafariga hayfsan berilgan 3 nafar xodim esa ogohlantirilgan.

Oʻzi yashayotgan yurt taqdiriga, yurtdoshlari taqdiriga befarq boʻlmagan, boshqalarning gʻam-tashvishini oʻzimniki, deya qabul qiladigan har bir insonda daxldorlik hissi boʻladi. Soʻzimiz soʻngida, ana shu daxldorlik hissi siz-u, bizni aslo tark etmasin, deymiz.

A.Orazbayev, Amudaryo tumani Xalq qabulxonasi mudiri

A.Madrahimova, jurnalist

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019