16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:54
Jamiyat 👁 472

Amir Temur nomli ovuldagi “Mahalla yettiligi” aholi ishonchini oqlayaptimi?

Amir Temur nomli ovuldagi “Mahalla yettiligi” aholi ishonchini oqlayaptimi?

Mahalla – xalqimizning azaliy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirishda muhim ijtimoiy institut boʻlib, uning rivoji nafaqat ijtimoiy, balki iqtisodiy tarmoqlarda ham yaqqol seziladi. Oʻtgan yillar mobaynida mahalladagi ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, “Mahalla yettiligi” tizimi aholining hayot sifatiga, jamiyatdagi barqarorlik va taraqqiyotga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda. Bu tizim, oʻz navbatida, mahalla aholisi oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, shuningdek, umumiy farovonlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni kunlarda joylarda “Mahalla yettiligi” aʼzolari aholi bilan uchrashib, oʻtgan 2024-yildagi faoliyati boʻyicha hisobot bermoqda. 20-yanvar kuni Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovuli hududidagi 4-sonli maktabda ham ana shunday hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Mahalla yettiligi” aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov, ovuldagi koʻcha boshchilari va aholi vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2025-yil uchun rejalashtirilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Mahalla tinch boʻlsa, Vatanda osoyishtalik hukmron boʻladi. Yaqindagina Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorda mahalla raisi “mahalla yettiligi” va mahallaga biriktirilgan davlat organlari bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini tashkil etishi belgilab qoʻyilgan. Ijtimoiy profilaktika – huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli boʻlganlarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa yordam koʻrsatish shaklidir.

Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinining profilaktika inspektori Rufat Matnazarov boshchiligida bu borada hududda osoyishtalikni taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yil davomida ham ovulda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash uchun bir qator muhim tadbirlar oʻtkazilgan.

Xususan, 125 nafar fuqaroning murojaatlari oʻrganilib, ularning aksariyati ijobiy hal etilgan. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha 60 marotaba profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan. Bularning barchasi hududda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda muhim ahamiyatga ega boʻlib, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, ovuldagi 4-, 25- va 62-sonli umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarning darslarga muntazam qatnashishini taʼminlash maqsadida jami 16-marta “Davomat” tadbirlari tashkil etildi. Bu tadbirlar yoshlarni taʼlimga jalb etish, ularning kelajakdagi ijtimoiy faoliyatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Ovulda yashovchi xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha ham izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amir Temur nomli ovulda 688ta xonadon mavjud boʻlib, ularda 1 ming 852 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. Xotin-qizlar faoli Goʻzal Sobirova tomonidan 5-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 103 nafar oila bekalariga yordam koʻrsatish, ularni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida eʼtiborga molik.

Oʻtgan yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj 51 nafar ishsiz ayol-qizlar roʻyxati shakllantirilib, ularning bandligini taʼminlash yoʻlida bir qator chora-tadbirlar koʻrildi. Xususan, 7 nafar ayolga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilgan boʻlsa, 2 nafar ayol tikuvchilik kasbi boʻyicha bepul oʻqitildi. Shuningdek, 19 nafar ayol pillachilikka jalb qilingan va 22 nafar ayolning esa mavsumiy ishlar bilan bandligi taʼminlangan.

Tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ayollardan 1 nafari xizmat koʻrsatish sohasida yakka tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Yana 1 nafar yakka tadbirkor ayolga 14 million soʻm miqdorida kredit ajratildi. 3-toifaga kiritilgan 7 nafar ayollarga esa moddiy yordam sifatida har biriga bir martadan 1 mln 360 ming soʻm miqdorida moddiy yordam ajratildi. Oʻtgan yil davomida 17ta nizoli oila yarashtirilib, psixologik yordamga muhtoj ayollar ishtirokida seminarlar va individual suhbatlar oʻtkazildi. Mazkur saʼy-harakatlarning barchasi ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirishga, ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlashga va oilaviy farovonlikni yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ovul fuqarolar yigʻinining yoshlar yetakchisi Shohzod Ozodov tashabbusi bilan ham mahalladagi yoshlarning bandligini taʼminlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yil davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 21 nafar yoshlarning ijtimoiy himoyasi taʼminlanib, ularga har tomonlama koʻmak koʻrsatildi. Jumladan, oliy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi yoshlardan 8 nafariga toʻlov-shartnoma pullarining bir qismini qoplash imkoniyati yaratilgan boʻlsa, 4 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi. Shuningdek, 20 nafar yoshlarga 30-yil muddatga ijara asosida dehqonchilik uchun yer maydonlari berildi.

Bundan tashqari, yoshlarning sport va kasbiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar va sport musobaqalari muntazam tashkil etildi. Bu tadbirlar yoshlar orasida nafaqat tadbirkorlikka qiziqishni kuchaytirdi, balki ularning jamiyatdagi faolligini ham sezilarli darajada oshirdi.

Hokim yordamchisi Temur Olloberganov boshchiligida oʻtgan yili “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar ham eʼtirofga munosib.

Hisobot davrida ovul yashovchi 159 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirilib, 220 nafar fuqaroga oʻzini-oʻzi band qilish imkoniyati yaratildi. 85 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida jami 1 mlrd 150 mln soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan boʻlsa, 14 nafar fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi natijasida 20ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratildi. Mazkur tadbirlar hududda iqtisodiy faollikni oshirish, aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy xodim Dildora Xudoyberganova tomonidan ovulda yashovchi 1 nafar yolgʻiz keksa, shuningdek, 196ta kam taʼminlangan oila, shu jumladan kambagʻallik roʻyxatiga kiritilgan 41ta oila bilan alohida ishlashish tartibi yoʻlga qoʻyilgan. Endilikda ularga turli sohalarda yordam koʻrsatish maqsadida individual rejalar ishlab chiqilyapti. Shuningdek, 2024-yil mobaynida 7 nafar ogʻir ahvolga tushib qolgan fuqaroga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi orqali bir martalik moddiy yordam ajratildi.

Mahallada nogironligi boʻlgan shaxslarga ham doimiy koʻmak koʻrsatib kelinmoqda. Xususan, bu toifadagi shaxslarga 2ta nogironlik aravachasi, 2ta qoʻltiqtayoq va 1ta ortopedik moslama olib berilib, kundalik hayotidagi qiyinchiliklarni yengishga yordam berildi.

Bir soʻz bilan aytganda, Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini “yettiligi” oʻzining samarali faoliyati bilan aholining turmush darajasini yanada yaxshilash va jamiyatda ijtimoiy himoyani mustahkamlashda muhim rol oʻynamoqda. Yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy yordamga muhtoj aholi uchun amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar ularning farovonligini taʼminlab, jamiyatdagi muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor hududning iqtisodiy oʻsishiga, aholi daromadlarining ortishiga zamin yaratmoqda. Ovul hududida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar esa jamiyatdagi tinchlik va osoyishtalikning asosi boʻlib xizmat qilmoqda. Shubhasiz, “Mahalla yettiligi”ning samarali faoliyati nafaqat mahalla ahli, balki butun jamiyat uchun iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning asosi boʻlib xizmat qilmoqda.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019