16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Siyosat 👁 539

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari bilimlarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari bilimlarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi

Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar bugun oʻzining ijobiy natijalarini bermoqda. Buni deyarli barcha sohalar misolida koʻrish mumkin. Bilamizki, xalq bilan muloqot qilish, xalqning ichiga kirib borgan holda insonlarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, aholini rozi qilish kechiktirib boʻlmas, muhim masaladir. Bunda davlat va xalq oʻrtasida ishonchli koʻprik boʻlib kelayotgan deputatlarning oʻrni alohida.

Xabaringiz bor, mamlakatimizda 2024-yil 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga deputatlar saylovi boʻlib oʻtdi. Saylovda har bir fuqaro oʻzining yorqin kelajagi yoʻlida, orzu-umidlari roʻyobi uchun ovoz berdi. Albatta, yangi saylangan xalq vakilida deputatlik faoliyati, uning huquq va majburiyatlari, vazifalar nimalardan iborat ekanligi boʻyicha bir qancha savollar tugʻilishi yoki takliflar boʻlishi mumkin. Bunda deputatlarning bilimini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2025-yil 13-yanvar kungi xatiga asosan, Amudaryo tumani hokimligi binosining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bilimlarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmitasi raisi, deputat Sharapat Otemisov, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 5ta siyosiy partiyalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashlari masʼullari, shuningdek, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari, tuman siyosiy partiyalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyev ochdi va olib bordi.

Oʻquv-seminari davomida deputatlarga odob-axloq qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek, deputat soʻrovi, senatorlar va deputatlarning “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorligi, xalq murojaatlarini inobatga olish, aholi muammolariga yechim topish kabi koʻplab masalalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, deputatlar oʻzlarining ish rejalarini, media rejalarini tuzishi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi, qabul qilinayotgan Davlat dasturlarining oʻz okrugidagi ijrosini nazorat qilishi hamda 2026-yilgi Respublika va mahalliy byudjetlarga takliflar kiritishi boʻyicha bir qator topshiriqlar berildi. Deputatlar seminar davomida masʼullarga oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha savollar bilan murojaat qilib, tegishlicha javoblar oldilar.

Albatta, oʻtkazilayotgan bu kabi oʻquv seminarlari deputatlarning oʻz faoliyatlarida qoʻl kelib, ularning bilimi va salohiyatini yanada oshirishi bilan ahamiyatlidir.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019