16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 02:00
Jamiyat 👁 620

Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi

Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz nafaqat mamlakat hududiy yaxlitligini himoya qilish, balki yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham muhim oʻrin tutmoqda. Harbiy xizmat – Vatan oldidagi muqaddas burch, milliy armiyamiz safidagi har bir askar mardlik va jasoratning yorqin timsolidir.

Biz yaqinda, mamlakat Qurolli kuchlari tashkil yetilganining 33 yilligi munosabati bilan DXX Chegara qoʻshinlari safida oʻz xizmat burchini oʻtayotgan oddiy askar Ozodbek Qodirov va Samariddin Turdimurodovlar bilan suhbatda boʻldik.   

Izoh: Ozodbek Qodirov Azimjon oʻgʻli 2005-yil Fargʻona viloyati, Dangʻara tumanida tugʻilgan.

Samariddin Turdimurodov Baxtiyor oʻgʻli 2000-yil Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida tugʻilgan.

Videoni tomosha qiling:

 

Harbiy xizmat nafaqat Vatan oldidagi burch, balki inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim rol oʻynaydigan hayot maktabidir. Harbiy xizmat davomida har bir kishi oʻz dunyoqarashi va shaxsiy fazilatlarida oʻzgarish sezadi. Harbiy xizmat Sizning hayotingizga qanday oʻzgarishlarni olib kirdi?

Ozodbek Qodirov:Harbiy xizmat hayotimga unutilmas taassurotlar va katta oʻzgarishlar olib kirdi. Bu davrda faqatgina Vatan oldidagi burchni bajarib qolmay, oʻz shaxsiyatimni shakllantirish, matonat va jasoratni his qilish imkoniga ega boʻldim. Harbiy xizmat menda masʼuliyatni chuqurroq anglash, jamoa bilan ishlash, mashaqqatli sinovlarni yengish kabi koʻplab muhim fazilatlarni rivojlantirdi. Men Fargʻona viloyati, Dangʻara tumanida tugʻilganman. Bugungi kunda Vatanimizning shimoliy sarhadlarini qoʻriqlash vazifasini bajarib, oʻz yerim, xalqim va oilam tinchligini taʼminlashga hissa qoʻshyapman.

Harbiy xizmat davomida Vatan tuprogʻining har qarichini qadrlashni, xalqimning tinch-osuda hayoti uchun masʼuliyatli ekanligimni yana bir bor his qildim. DXX chegara qoʻshinlari safida xizmat qilayotganimdan xursandman.

Harbiy xizmat nafaqat mening jismoniy va maʼnaviy kuchimni oshirdi, balki Vatanga boʻlgan muhabbatimni yanada mustahkamladi. Harbiy xizmat hayot maktabi ekanini his qilgan har bir inson buni faxr bilan esga oladi. Men bu maktabni bosib oʻtayotganimni, Vatanim tinchligi va mustaqilligiga hissa qoʻshayotganimni chin dildan faxr bilan ayta olaman.

Hozirgi kunda harbiy tayyorgarlik zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilmoqda. Bu esa harbiy xizmatning samaradorligini oshirish bilan birga, zamonaviy koʻnikmalarni shakllantirish imkonini ham beradi. Siz xizmat davomida qanday zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdingiz? Ushbu bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish jarayoni qanchalik samarali boʻldi?

Samariddin Turdimurodov: – Zamonaviy texnologiyalar biz kabi muddatli harbiy xizmatchilarga, davr talablariga mos bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkonini bermoqda. Xususan, DXX Chegara qoʻshinlarida xizmat davomida ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy uskunalar bilan ishlashni oʻrgandim. Bu nafaqat mening harbiy vazifalarimni samarali bajarishda yordam berdi, balki texnologiyalardan foydalana olish koʻnikmalarimni ham sezilarli darajada oshirdi.

Chegara xavfsizligini taʼminlash uchun qoʻllanilayotgan videokuzatuv tizimlari, dronlar, zamonaviy aloqa vositalari va xavfsizlik sensorlari orqali har bir vaziyatni tezkor baholash va zarur choralar koʻrish imkoniyatiga ega boʻldik. Bunday texnologiyalarni oʻzlashtirish jarayonida rahbarlarimiz tomonidan oʻquv dasturlari va amaliy mashgʻulotlar yuqori saviyada tashkil etilgan. Ushbu treninglar nazariy bilim va texnologiyalar bilan bevosita ishlash tajribasini ham berdi.

Harbiy xizmat davomida bu koʻnikmalarni oʻzlashtirish nafaqat Vatan himoyasi uchun, balki kelajakda hayotimning boshqa sohalarida ham foyda keltirishiga ishonaman. Men uchun xizmat davomida oʻrgangan har bir yangi texnologiya bu faqat zamonaviy qurilma emas, balki Vatan xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi kuchli qurol hamdir.

Harbiy mashgʻulotlar jismoniy chiniqish va ruhiy holatni sinovdan oʻtkazadigan muhim jarayondir. Siz uchun eng katta qiyinchilik qaysi mashgʻulotlarda yuzaga kelgan. Ushbu sinovlar sizning shaxs sifatida rivojlanishingizga qanday hissa qoʻshdi?

O. Q: Muddatli harbiy xizmat davomida bizga jangovar tayyorgarlik va ruhiy mustahkamlik ham oʻrgatildi. Har bir mashgʻulotning maqsadi aqlni va jismoniy holatni chiniqtirish, yaʼni Vatan uchun masʼuliyat hissini kuchaytirishdan iborat. Ustozlarimizning saboqlari va ulardan olingan motivatsiya orqali men maqtanish emas, kuchli askar, balki chin maʼnoda vatanparvar inson sifatida shakllandim.

Mashgʻulotlarda olingan saboqlar menga hayotiy sinovlarga qarshi bardoshli boʻlishni, qoʻrquvni yengib, qatʼiyat bilan harakat qilishni oʻrgatdi. Endi men qiyinchiliklarni toʻsiq deb emas, balki oʻz shaxsiyatimni rivojlantirish uchun imkoniyat deb qabul qilaman. Bu esa hayotimning har bir jabhasida dadil va masʼuliyatli inson boʻlishimga yordam bermoqda. Har kuni bu xizmat orqali Vatanga boʻlgan muhabbatim va sadoqatim yanada kuchayib bormoqda!

Har bir insonni oldinga undaydigan oʻz ichki kuchi boʻladi. Bu kuch inson hayotining maqsad va qadriyatlari bilan chambarchas bogʻliq. Sizni har kuni harakat qilishga, yangi marralarni zabt etishga undaydigan asosiy motivatsiya nima?

S. T: Meni har kuni oldinga undaydigan kuch — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni, Yurtboshimizning Vatan ravnaqi yolidagi tinimsiz mehnati, bizga koʻrsatayotgan eʼtibori va gʻamxoʻrligi. Davlatimiz rahbarining tinchlik va farovonlik yoʻlida olib borayotgan saʼy-harakatlari menga katta ilhom bagʻishlaydi.

Men Vatanim sarhadlarida xizmat qilayotgan oddiy askar sifatida har bir kunni maqsadli, jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor boʻlishga bagʻishlayman. Ota-onam, yurtdoshlarimning tinch va osoyishta hayotini taʼminlash meni harakat qilishga undaydi.

Harbiy xizmatga kelganimning ilk kunlarida, qoʻlimda qurol bilan sarhadlarimizning eng muhim nuqtalarni himoya qilayotganimda, Vatan tuygʻusi eng ulugʻ tuygʻu ekanini angladim. Chunki qoʻldagi qurol bilan Vataningni himoya qilish, uning chegaralarini qoʻriqlash — bu hamma uchun nasib etmaydi. Buni soʻz bilan ifodalash qiyin, lekin men bugun dunyodagi eng baxtli insonman, deb aytsam mubolagʻa boʻlmaydi.

Har bir fuqaro Vatan himoyasi uchun oʻzini masʼul deb his qilishi muhim. Sizningcha, tengdoshlarimizda vatanparvarlik tuygʻularini yanada shakllantirish va fuqarolarning masʼuliyatini oshirish uchun qanday choralar koʻrish zarur.

O. Q:Bugungi kunda tengdoshlarimizda vatanparvarlik tuygʻusini yanada shakllantirish va fuqarolik masʼuliyatini oshirish uchun bir qator amaliy choralar koʻrilmoqda. Xususan, vatanparvarlik ruhidagi “Ochiq eshiklar kuni”, “Armiya va xalq – bir tan, bir jon!” mavzusidagi tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Nuroniylar” uyushmasi va Yoshlar ishlari agentligining tuman boʻlinmalari faol ishtirok etmoqda.

Tadbirlar davomida oʻquvchilarga mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng tushuncha berilmoqda. Ayniqsa, harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirlar oʻquvchilarda unutilmas taassurot qoldirib, ularda milliy armiyamiz va uning kuch-qudratiga boʻlgan ishonchni mustahkamlamoqda.

Bunday tashabbuslar yoshlarning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini oshiribgina qolmay, ularda ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Nazarimda bu kabi tadbirlarni kengroq miqyosda va doimiy ravishda oʻtkazish zarur. Shuningdek, yoshlarning harbiy sohadagi yetakchi mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy harbiy texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish va ularda jamoaviylik ruhini shakllantirish maqsadida amaliy mashgʻulotlarni yoʻlga qoʻyish kerak.

Tinchlik – bu insoniyatning eng ulugʻ qadriyatlaridan biri. Ammo har bir inson uchun bu tushuncha oʻziga xos mazmunga ega boʻlishi mumkin. Siz uchun tinchlik tushunchasi nimani anglatadi?

S. T:Tinchlik – insoniyatning eng ulugʻ qadriyatlaridan biri. Bu neʼmatning asl qadrini notinchlik va turli xildagi qoʻporuvchiliklar sodir boʻlayotgan mintaqalardagi aholi hayotini his qilgan inson anglay oladi. Tinchlik – bu faqat urushning yoʻqligi emas, balki odamlarning osoyishta hayot kechirishi, oʻz kelajagini ishonch bilan qurishi va xavfsizlikda yashashidir. 

Afsuski, yurtimiz taraqqiyotini koʻrolmaydigan va oʻz gʻarazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan kimsalar ham topiladi. Ularning qabih niyatlari faqat notinchlik va parokandalikka olib kelishi mumkin. Shu sababli, barchamiz ogoh va hushyor boʻlishimiz zarur. 

Mustaqilligimiz va tinchligimiz doimo mustahkam boʻlsin, osmonimiz musaffo, davlat chegaralarimiz daxlsiz boʻlsin. Bu qadriyatlarni asrash har birimizning burchimizdir. Muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan yosh chegarachilar sifatida biz tinchlikni asrash yoʻlida bor imkoniyat va kuchimizni safarbar etamiz. Chunki tinchlik – bizning eng katta boyligimiz va yurtimiz kelajagi uchun muhim vazifamizdir.

Shohzod Qurbonboyev suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019