16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Iqtisodiyot 👁 564

Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari yuzasidan respublika miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi

Aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari yuzasidan respublika miqyosidagi seminar boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda aholini kambagʻallikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, bandlikni taʼminlashga eng ustuvor vazifalar sifatida alohida eʼtibor qaratilib, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan bu borada muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Amudaryo tumanida tashkil etilgan respublika miqyosidagi seminar ham aynan ushbu masalalarga bagʻishlandi.

Tuman hokimligining majlislar zalida oʻtkazilgan seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi masʼullari, vazirliklar, respublika va tumanlar miqyosidagi tegishli tashkilotlar rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlarining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari ishtirok etdi. Oʻzaro bilim va tajriba almashish maqsadi koʻzlangan seminarda soʻzga chiqqanlar kun tartibidagi masalalar boʻyicha fikr-mulohazalar bildirdilar.

Seminarda soʻzga chiqqanlar tomonidan hududlarda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishish maqsadida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmoni bu borada muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladilar.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlashda tomorqalardan samarali foydalanish, uy sharoitida dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, tarmoqa xoʻjaligi bilan shugʻullanishni tashkil etish, har bir hudud uchun moʻljallangan “drayver” loyihalarni ishlab chiqish kabi vazifalar xususida soʻz yuritildi.

Seminar ishtirokchilari tuman hududidagi ovul va mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Dastlab seminar ishtirokchilari Boy ovul mahallasida tadbirkor Doniyor Jumamuratov tomonidan uy sharoitida tashkil etilgan mebel ishlab chiqarish tsexi faoliyati bilan tanishdilar.

Keyingi manzil Beruniy mahallasida yashovchi hunarmand Inobat Xoʻjaniyazovaning xonadoni boʻldi. Mehmonlar oila bekasi tomonidan uy sharoitida tashkil qilingan hunarmandchilik faoliyati bilan yaqindan tanishib, uning tajribalari boshqa hududlarda ham ommalashtirish taklifini bildirdilar.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari Choykoʻl ovulida yashovchi fuqaro Davlatboy Bobojonovning tomorqasidan samarali foydalanib, toʻqsonbosti usulida ekinlarni yetishtirish borasida erishayotgan natijalari bilan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga namunali tomorqachidan javoblar oldilar.

Navbatdagi manzil ham shu ovuldagi ilgʻor tomorqachi Mahmud Norboyevning xonadoni boʻldi. Tadbir ishtirokchilari xonadon egasining tomorqasida va dehqon xoʻjaligida tashkil etgan issiqxonalari faoliyati bilan tanishdilar hamda qishning izgʻirinli kunlarida issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar aholi dasturxonining toʻkinligi va bozorlardagi narx-navoning barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshishini eʼtirof etdilar.

Mehmonlar shuningdek, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishib, bu borada tomorqa xoʻjaliklarining hissasi alohida ahamiyat kasb etayotganini eʼtirof etdilar. Qangli ovulida yashovchi Gulmon Saparov tomonidan uy sharoitida tashkil etilgan parrandachilik va issiqxona faoliyati bu ishlarga yaqqol misoldir.

Masʼullar tadbirkorlar, tomorqachilar hamda hunarmandlar bilan suhbatlar mobaynida ushbu tarmoqlarni yanada rivojlantirish borasida yaratilayotgan yangi imkoniyatlar xususida soʻz yuritdilar hamda ulardan unumli foydalanish yuzasidan qator tavsiyalar berdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019