16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Fan va taʼlim 👁 312

30-sonli maktabda “Barhayot siymolar” nomli tadbir boʻlib oʻtdi

30-sonli maktabda “Barhayot siymolar” nomli tadbir boʻlib oʻtdi

Mana oradan besh asrdan ortiq vaqt oʻtibdiki, ulugʻ mutafakkir bobolarimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy maʼnaviy merosi butun dunyoni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat va mehr-muruvvat nurini taratib kelmoqda. Shu kunlarda yurtimizda Alisher Navoiy tavalludining 584 hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda. Taʼlim muassasalari va madaniyat markazlarida ikki buyuk siymo tavalludiga bagʻishlab katta tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumanidagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida “Barhayot siymolar” nomi ostida oʻtkazildi. Tadbirda maktab direktori Quvvat Niyozov, direktor oʻrinbosari Dilnoza Fayzullayeva, maktabning oʻzbek tili fani oʻqituvchilari Fotima Eshimbetova, Umida Rahimboyevalar qatnashishdi.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda 9-“a”, 9-“b” va 9-“v” sinf oʻquvchilari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbirda maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Umida Rahimboyeva har ikki ijodkor dunyo adabiyoti tarixida juda katta oʻrin tutishini, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei jihatidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga koʻrsatgan homiyligi jihatidan ham oʻxshashi yoʻq siymo ekanligini, ular bugun oʻzbek xalqining milliy iftixoriga, adabiy, maʼnaviy kamolot timsoliga aylanganligini taʼkidladi.

Shundan soʻng oʻquvchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub gʻazal, ruboiy, qitʼa va fardlardan namunalar oʻqib, Navoiy gʻazali asosida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushdilar. Zahiriddin Muhammad Boburning ona Vatani Andijonning milliy raqsiga aylangan “Andijon polkasi”ga, darbadarlikda yurib, qoʻnim topgan hind elining milliy kuylariga ijro etilgan raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, Alisher Navoiyning ziddiyatlarga toʻla murakkab hayot yoʻli badiiy boʻyoqlarda taʼsirchan tasvirlanib, ishtirokchilarni xayolan Navoiy yashagan davrlarga sayohatga chorladi.

Navoiy turkiy til asosida betakror bogʻ yaratib, dunyo ahlini hayratga solgan boʻlsa, Bobur shu turkiy nazm gulshanidagi bepoyon bogʻni chin maʼnoda boʻstonga aylantirgan va hind yurtida ham ijodkorlar rahnamosi boʻlgan. Hazrat Bobur haqida dunyo olimlari turli janrda 12 mingdan ziyod katta-kichik asar yozgan. Navoiy yaratgan jami 34 ta yirik asarning har biri haqida esa yuzlab tadqiqotlar qilingan, dissertatsiya va monografiyalar yozilgan.

Tadbirda maktabning oʻzbek tili fani oʻqituvchisi Fotima Eshimbetova qayd etganidek, Alisher Navoiy oʻz ijodida barchani doʻstlikka va bir-birini oʻzaro toʻgʻri tushunishga daʼvat etgan. Benazir soʻz ustasi va dono davlat arbobi sifatida xalq bilan hamisha birga boʻlgan, uning orzu-istaklari bilan yashagan va ijod qilgan. U oʻz hisobidan yuzdan ziyod binolarni qurdirgan, oddiy odamlarga begʻaraz koʻmak koʻrsatgan. Zahiriddin Muhammad Bobur esa nafaqat shoir, balki oʻz davrining tarixchisi, etnografi, oʻlkashunosi, geografi hamdir.

Shu oʻrinda aytish lozimki, mazkur tadbir rus tilida tahsil oluvchi sinf oʻquvchilari tomonidan sahnalashtirilgan boʻlsa-da, yuqori darajadagi tayyorgarlik va koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. Bu ularning Navoiy va Bobur ijodiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirib, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishdek sharafli tuygʻularni qalblariga singdirdi.

Fotima Eshimbetova 30-sonli maktabning oʻzbek tili fani oʻqituvchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019