16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:47
Jamiyat 👁 347

Noodatiy oʻsimliklar olami

Noodatiy oʻsimliklar olami

Oʻsimliklar va hayvonot dunyosi Yer yuzidagi hayotning ikki asosiy shakli boʻlib, ular bir-biridan farq qilsa-da, oʻzaro chambarchas bogʻliq. Oʻsimliklar hayvonlar uchun oziq-ovqat va boshpana vazifasini oʻtasa, hayvonlar esa oʻsimliklarning tarqalishiga yordam beradi. Har ikkisi ham ekotizim muvozanatini saqlashda muhim rol oʻynaydi. 

Barchamizga maʼlumki, hayvonlar yoki oʻtxoʻr, yoki yirtqich turmush tarziga ega. Xoʻsh, bu holat oʻsimliklar dunyosida qanday kechadi? Yirtqich oʻsimliklar ham mavjudmi? 

Nepentes – yirtqich oʻsimliklar turkumiga mansub boʻlib, fanda uning 170ga yaqin turi mavjudligi aniqlangan. Ushbu oʻsimliklar asosan tropik va subtropik hududlarda, masalan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Madagaskarda uchraydi. Nepentes boshqa oʻsimliklardan farqli ravishda hasharotlar, oʻrgimchaklar va hatto mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi. 

Nepentesning eng diqqatga sazovor jihati – uning koʻzachalaridir. Ushbu oʻziga xos tuzilma oʻsimlikning barglaridan hosil boʻlib, oʻljani jalb qilish va ushlash uchun xizmat qiladi. Koʻzachaning ichki qismi shilimshiq suyuqlik bilan qoplangan boʻlib, bu oʻljani hazm qilish jarayonini osonlashtiradi. 

Nepentes turli shakl va oʻlchamlarga ega. Ayrim turlari juda kichik boʻlsa, boshqalari bir necha litr suyuqlik sigʻdira oladigan darajada yirik boʻlishi mumkin. 

Nepentesdan tashqari, boshqa koʻplab yirtqich oʻsimliklar ham mavjud. Ulardan biri Sarraseniya boʻlib, u Shimoliy Amerikada uchraydi va hasharotlarni ushlash uchun nay shaklidagi barglaridan foydalanadi. Dioneya, yaʼni Venerina changak, oʻziga xos "qopqon" barglari yordamida hasharotlarni ushlaydi va asosan Shimoliy Karolina hududida uchraydi. Drosera esa yopishqoq suyuqlik bilan qoplangan barglari orqali hasharotlarni oʻziga tortadi va deyarli barcha qitʼalarda tarqalgan. 

Yirtqich oʻsimliklarning suvda yashovchi turlari ham mavjud boʻlib, ular asosan suvdagi mayda organizmlar bilan oziqlanadi. Ultrikulariya oʻzining maxsus pufakchalari yordamida suvdagi mayda hayvonlarni ushlaydi va hazm qiladi. Aldrovanda esa Dioneyaga oʻxshash "qopqon" barglari orqali oʻz oʻljasini ushlaydi. 

Yirtqich oʻsimliklar tabiatda muhim rol oʻynaydi. Ular hasharotlar va boshqa mayda hayvonlar sonini tartibga solishga yordam beradi. Shuningdek, bunday oʻsimliklar kam uchraydi va koʻpchiligi yoʻqolib ketish xavfi ostida. 

Nepentes va unga oʻxshash yirtqich oʻsimliklar – tabiatning ajoyib moʻʼjizalaridan biridir. Ularning noyob yashash tarzi va oziqlanish xususiyatlari olimlar uchun qiziqarli tadqiqot obʼekti hisoblanadi.

Internet maʼlumotlari asosida QDU talabasi Zulfizar Ollomberganova tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026