16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:08
Sport 👁 823

Shohjahon Mamatsoliyev: Oʻzbekiston shaxmat olamida amudaryolik yangi yulduz

Shohjahon Mamatsoliyev: Oʻzbekiston shaxmat olamida  amudaryolik yangi yulduz

Har bir inson bu dunyoda oʻz yoʻli va maqsadi bilan yashaydi. Kimdir ilm-fanda kashfiyotlar qiladi, kimdir sanʼat dunyosida betak­ror asar yaratadi, yana kimdir sportda yuksak gʻalabalarga erishadi. Qahramonimiz – umidli yosh shaxmatchi Shohjahon Mamatsoliyev ham ana shunday iqtidorli sportchilardan biri.  

Shaxmat – bu intellektual sanʼat, strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish maydonidir. Shaxmat taxtasida aql-zakovat, aniq hisob-kitob va mukammal tahlil ustunlik qiladi. Bolalikdan shaxmatga qiziqqan insonlar hayotda ham bir necha qadam oldinda boʻlishadi.  

Shohjahon 2011-yilning 9 ok­­­tya­­br kuni Amudaryo tumanida tugʻilgan. Qush uyasida koʻrganini qiladi, deganlaridek undagi sportga boʻlgan mehr ota-onasining tarbiyasi va oila muhitida shakllandi. Otasi Islombek Abdullayev “Amudaryotex” MChJ xorijiy korxonasida kadrlar boʻlimi bosh­ligʻi boʻlib ishlaydi, onasi Gulnoza Madaminova esa uy bekasi. Oilada shaxmatga boʻlgan qiziqish yuqori boʻlib, Abdullayevlar xonadoni “Oilaviy sportchi musobaqasi”da qatnashib, mamlakat miqyosida 1-oʻrinni qoʻlga kiritishgan.  

Shohjahon 5 yoshida bobosi Mamatsoliy Abdullayevdan shaxmat bilimlarini oʻrgana boshlaydi. 2017-yildan esa murabbiy Rahmatjon Rahimov qoʻl ostida Amudaryo sport maktabida professional mashgʻulotlarga kirishdi. Yosh sportchining mehnatsevarligi oʻz samarasini berib, tez orada turli musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.  

Shohjahon hozirda tumanimizdagi 40-sonli maktabning 7-sinf oʻquvchisi. U taʼlimda ham oʻzini na­moyon etmoqda. Ayniqsa, matematika va ingliz tili fanlariga qiziqishi yuqori. Uning raqamlar, hisob-kitob va strategiya­ga boʻlgan qiziqishi shaxmatga boʻlgan mehri bilan chambarchas bogʻliq.  

Qahramonimiz 2022-yilda Oʻzbekiston chempionatida oʻz yosh toifasida 3-oʻrinni egalladi, shuningdek, Qoraqalpogʻiston chempioni maqomiga bir necha bor sazovor boʻldi. Bu gʻalabalar unga yangi imkon eshiklarini ochdi.  

2023-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabida 14 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kuchli oʻnlikdan joy olib, 6-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Natijada xalqaro shaxmat arenasida ham oʻz oʻrniga ega ekanini koʻrsatdi.  

Joriy yilning 13-20-yanvar kunlari 14-15 yoshli shaxmatchilar oʻrtasida Andijon viloyatida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida shaxmatning blits turida 1-oʻrinni egallab, mamlakat miqyosida yetakchi yosh shaxmatchilardan biriga aylandi va sport ustaligiga nomzod koʻrsatkichini qayd etdi.

Shohjahon oʻz uslubida mustahkam himoya va hujumkorlikni uygʻunlash­tir­gan. Oʻyin vaqtida raqib­larining xatolarini kutish va ulardan ustamonlik bilan foydalanishning uddasidan chiqadi. Sevimli shaxmat figurasi – harakatchan va strategik imkoniyatlar yaratuvchi qoʻshinboshi farzin sanaladi.  

Shohjahon murabbiyi Azimjon Rahimov bilan 20-fevral – 3-mart kunlari Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, kuchli oʻnlikdan joy oldi.

Qahramonimiz mashhur grossmeysterlar – Nodir­bek Abdusattorov va Mag­nus Karlsenlarning partiyalarini tahlil qilib, ularning uslublarini oʻrganishga harakat qiladi.  

Shohjahon Mamatsoliyev – tirishqoqligi, intizomi va shaxmatga boʻlgan ishtiyoqi bilan yuqori marralarni zabt etyapti. Kelgusida u xalqaro grossmeyster maqomini qoʻlga kiritishni va yurtimiz bayrogʻini jahon shaxmat musobaqalarida baland koʻtarishni niyat qilgan. Shubhasiz, bugungi shijoati va mehnati maqsadlarini amalga oshirishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.  

Shohjahonga kelgusi musobaqalarda ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026