16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:24
Fan va taʼlim 👁 261

Nafosat va isteʼdod maskani: 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi yoshlarni sanʼat olamiga yetaklamoqda

Nafosat va isteʼdod maskani: 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi yoshlarni sanʼat olamiga yetaklamoqda

Mamlakatimizda yosh avlodning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, iqtidor va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish doimiy eʼtibor markazidagi masala sanaladi. Bu borada joylardagi bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻziga xos maʼnaviyat maskani sifatida alohida oʻrin tutadi. Ana shunday taʼlim muassasalaridan biri — Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi boʻlib, u uzoq yillardan buyon tuman yoshlarining ijodiy va maʼnaviy kamolotiga salmoqli hissa qoʻshib kelmoqda.

Mazkur maktab faoliyatining ildizlari 1968-yilga borib taqaladi. Oʻsha yilda tashkil etilgan taʼlim dargohi dastlab musiqa sohasida iqtidorli bolalarni tarbiyalashga ixtisoslashgan boʻlsa, keyinchalik oʻz faoliyatini kengaytirib, sanʼatning turli yoʻnalishlarini qamrab oldi. 1990-yilda maktab binosi qayta qurilib, u Hamza nomidagi musiqa maktabi sifatida faoliyat yurita boshladi. Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasiga qaratilayotgan doimiy eʼtibor natijasida 2015-yilda maktabda keng koʻlamli rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilib, zamonaviy oʻquv xonalari, mashq zallari va ijodiy muhitga ega shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda maktab binosi oʻquvchilarning har tomonlama rivojlanishlari va sifatli taʼlim olib, musiqa hamda sanʼat sirlarini puxta egallashlari uchun barcha talablarga javob beradi.

Ayni paytda maktabda oʻquv jarayoni oʻnta asosiy yoʻnalish boʻyicha tashkil etilgan. Xususan, fortepiano, xalq cholgʻulari, estrada cholgʻulari, anʼanaviy xonandalik, baxshichilik, tasviriy sanʼat, xoreografiya, estrada xonandaligi, anʼanaviy ijro hamda amaliy sanʼat yoʻnalishlari bolalarda ijodiy tafakkur va estetik didni shakllantirishga xizmat qilmoqda. 2025–2026 oʻquv yilida maktabning 1-sinfiga 44 nafar yangi oʻquvchi qabul qilingan boʻlib, joriy yil sentyabr holatiga koʻra, taʼlim oluvchilarning umumiy soni 206 nafarni tashkil etadi. Shundan 146 nafari musiqa, 60 nafari esa sanʼat yoʻnalishlarida tahsil olmoqda.

Yosh avlodga musiqa va sanʼat sir-asrorlarini oʻrgatish maqsadida maktabda 36 nafar malakali pedagog faoliyat yuritmoqda. Ularning 19 nafari oliy maʼlumotli, 17 nafari esa maxsus musiqa va sanʼat kollejlarini tamomlagan tajribali mutaxassislardir. Pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Ular tasdiqlangan reja-jadvallar asosida musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazida,  sanʼat maktab-internatlari va boshqa muassasalarda bilim va tajribalarini oshirib qaytmoqdalar.

Maktab jamoasi nafaqat taʼlim jarayonida, balki maʼnaviy-maʼrifiy hayotda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Joriy oʻquv yilining birinchi yarim yilligida Mustaqillik bayrami, 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Davlat tili bayrami, Konstitutsiya kuni hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlarda oʻqituvchi va oʻquvchilar tayyorlagan kontsert dasturlari keng jamoatchilikka taqdim etildi. Ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik va ijodiy fikrlash ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Yangi yil sarguzashti” nomli teatrlashgan sahnaviy kontsert dasturi tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, 12–31-yanvar kunlari “Teatr yoʻnalishi oyligi” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar ham oʻquvchilar uchun katta ijodiy maktab boʻlmoqda. Oylik doirasidagi tadbirlarda 34-sonli madaniyat markazining “Jayhun moʻʼjizasi” anʼanaviy sahna tsirk xalq jamoasi badiiy rahbari Qudrat Matsafoyev, 40-sonli “Amu sadosi” madaniyat markazi drama toʻgaragi rahbari Mirsaid Qodirov hamda Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali talabasi Anvar Oʻrinboyevlar ishtirokida mahorat darslari oʻtkazilmoqda. Mazkur uchrashuvlarda oʻquvchilar teatr sanʼatining tarixi, sahna madaniyati va ustoz sanʼatkorlar ijodi haqida qimmatli bilimlarga ega boʻlmoqdalar.

Ayni kunlarda esa maktabning iqtidorli oʻquvchilari Xalq cholgʻulari yoʻnalishi boʻyicha Respublika koʻrik-tanloviga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Shu bilan birga, maktab jamoasi hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarida ham faol qatnashib, taʼlim dargohi atrofini yanada goʻzal va namunaviy maskanga aylantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tumanidagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi yosh avlodni maʼnaviy yetuk, ijodkor va oʻz milliy qadriyatlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda muhim oʻrin tutayotgan nufuzli taʼlim maskani hisoblanadi. Koʻp yillik boy tajriba, zamonaviy oʻquv sharoitlari hamda malakali pedagoglar jamoasi maktab faoliyati samaradorligini yanada oshirmoqda. Taʼlim jarayonida musiqa va sanʼatning turli yoʻnalishlari boʻyicha berilayotgan bilimlar oʻquvchilarda estetik did, ijodiy tafakkur va mustaqil fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, maktabda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sahnaviy chiqishlar, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik, jamoaviylik va milliy iftixor ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshmoqda. Tumanimiz markazidagi ushbu maʼnaviyat maskani yana necha-necha yillar davomida yoshlar kelajagi, madaniyat va sanʼat taraqqiyoti yoʻlida mustahkam poydevor vazifasini oʻtashi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019