16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:45
Jamiyat 👁 305

Tergov sudyasi tomonidan tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinadi

Tergov sudyasi tomonidan tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklari ishonchli himoya qilinadi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyundagi qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya berish masalasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar, yaʼni tergov sudyalari tomonidan koʻrib chiqilishi tartibini joriy etish va jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimini kiritish belgilangan edi.

Ushbu qaror bilan tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda bir qator jinoyat materiallarini, shu jumladan sanktsiyalar va majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish vakolati berilgan edi.

Joriy yildan faoliyat boshlagan tergov sudyalari qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlash, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yoʻli bilan samarali himoya qilish kabi yoʻnalishlarda faoliyat olib bormoqda.

Yaqinda Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimining majlislar zalida Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tuman IIB boshligʻining oʻrinbosari Sharapat Joldasbayev, tuman IIB profilaktika inspektorlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda tuman sudining tergov sudyasi Donaxon Yusupova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi farmonining mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berdi. Shuningdek, yigʻilish davomida tergov sudyasi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida sudlar faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishdan soʻng Amudaryo tuman IIB binosida tergov sudyasi tomonidan sayyor sud tashkil qilindi. Sayyor sud majlisida IIB tomonidan taqdim qilingan jami 20 ta ish materiali koʻrib chiqildi.

Sayyor sud davomida Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 183-moddasida koʻrsatilgan mayda bezorilik huquqbuzarligini sodir etgan 10 nafar shaxsga nisbatan toʻplangan maʼmuriy huquqbuzarlik ish materiallari koʻrib chiqildi. Sud tomonidan 4 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi va 6 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, ushbu Kodeksning 101-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish xuquqbuzarligini sodir etgan 2 nafar shaxsga nisbatan toʻplangan ish materillari ham koʻrib chiqilib, aybdorlarga maʼmuriy jarima jazosi tayinlangan boʻlsa, yuqoridagi Kodeksning 592-moddasida nazarda tutilgan oilaviy zoʻravonlik xuquqbuzarligi yuzasidan toʻplangan ishlar boʻyicha 4 ta ish materiali koʻrib chiqilib, 2 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi hamda 2 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, mazkur Kodeksning 52-moddasi 2-qismida bayon qilingan yengil tan jarohati yetkazish xuquqbuzarligi va boshqa turdagi huquqbuzarliklarga oid toʻplangan ish materillari ham koʻrib chiqilib, aybdorlarga nisbatan qonuniy qarorlar qabul qilindi.

Xulosa oʻrnida aytish kerakki, tergov sudyasi institutining tashkil qilinishi tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Aziza Madrahimova  

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019