16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Fan va taʼlim 👁 350

Fizika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi

Fizika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi

Maʼlumki, oʻsib kelayotgan yosh avlodning yuksak salohiyatli va bilimli boʻlib ulgʻayishida oʻqituvchilarning oʻrni alohida. Negaki, ustoz oʻz sohasi boʻyicha chuqur bilimga va tajribaga ega boʻlsagina shogirdini ham muayyan sohaning bilimdoni qilib tarbiyalay oladi. Shu bilan birga, oʻqituvchining bilim va salohiyati oshib, oʻzaro fikr almashuv hamda sogʻlom raqobat muhitida malaka va tajribasi yanada sayqallanadi. Bu esa pedagogning dars jarayonlarining sifati oshishiga xizmat qiladi.

Shu maqsadda yaqinda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida fizika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida Respublika olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi. Olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻiga asosan oʻtkazildi.

Mazkur oʻqituvchilar olimpiadasida tumanimizdagi ixtisoslashtirilgan maktabdan hamda 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan kelgan 155 nafar fizika va kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Olimpiada ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan Fan olimpiadasi boʻyicha Iqtidorli bolalar bilan ishlash sektori metodisti Fazilat Zarifova, Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Otabek Yoʻldashov, Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodistlari Xabibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova hamda Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi nazoratchilari, olimpiadaning auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar fizika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan Respublika olimpiadasining maqsad va vazifalari haqida aytib oʻtdilar.

Adolatli va shaffof kechgan bellashuv davomida ishtirokchi oʻqituvchilar oʻz fanidan 40 ta savoldan iborat test topshiriqlarini bajardilar.

Donolardan biri shunday degan edi: “Bilim shundayki, u yalangʻoch boʻlganingda ham oʻzing bilan qoladi, uni hammomga kirganingda suv ham yoʻqota olmaydi”. Haqiqatan, ilm to umrimizning oxirigacha bizga hamroh boʻladi. Tafakkur osmonida quyosh boʻlib, har qadamda yoʻlimizni yoritadi. Fan olimpiadalarining ahamiyati esa, olingan bilimlarni sinovdan oʻtkazib, eng kuchlilarni saralab berishida.

Olimpiada natijalari tez orada Fan olimpiadalar markazi tomonidan eʼlon qilinadi hamda tuman bosqichida gʻolib boʻlgan oʻqituvchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladilar. Hududiy bosqich esa 26-27-fevral kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019