16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 441

“Amudaryotumangaz” korxonasi tomonidan isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda

“Amudaryotumangaz” korxonasi tomonidan isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda

Xalqni rozi qilish, uning oʻtayotgan har bir kuniga mazmun bagʻishlash, turmushi farovonligini oshirish bugungi kunda davlat idoralari, shu barobarida xizmat koʻrsatuvchi idoralar masʼullarining zimmalaridagi yuksak burch va majburiyatlariga aylandi. Ayniqsa, ijtimoiy infratuzilma va kommunal xizmatlarga doir muammolarni hal qilish borasidagi amaliy chora-tadbirlar tizimli ravishda tashkil qilinayotgani quvonarli. Bunga biz “Amudaryotumangaz” idorasining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻlimi faoliyati bilan tanishish asnosida yaqqol guvoh boʻldik.

Avvallari Amudaryo tumanining eng chekka hududlarida yashovchi aholining deyarli barchasi tuman markaziga – “Amudaryotumangaz” idorasiga kelib maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz toʻldirish uchun uzundan-uzoq navbatda turishar, hatto bir necha kunlab kutib ham qolishardi. Endilikda esa suyultirilgan gaz isteʼmolchilarini qiynab kelayotgan bu muammo bartaraf etilgan.

Ayni paytda tuman boʻyicha suyultirilgan gaz isteʼmolchilari 25 ming 450 nafar boʻlib, shundan 25 ming 410 nafari aholi isteʼmolchilari va 40 nafari maishiy soha isteʼmolchilari hisoblanadi. Tumandagi 38 ta ovul va mahallalar hududidagi isteʼmolchilar suyultirilgan gazga moslashtirilgan boʻlib, “Amudaryotumangaz” idorasi tomonidan 1 ta servis markazi va 7 ta shoxobcha orqali isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz uzluksiz yetkazib berilmoqda. Aholi ham, maishiy soha isteʼmolchilari ham bu borada koʻrsatilayotgan xizmat sifatidan mamnun.

Xolimbeg servis markazi Ayoqchi mahallasi hududida joylashgan. Ushbu servis markazi orqali Xolimbeg va Qilichboy ovullari hamda Ayoqchi mahallasi hududidagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz kechiktirilmay, oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda.

Mangʻit shahrida joylashgan “Markaz” maishiy gaz ballon qabul qilish va tarqatish shoxobchasi orqali Choykoʻl, Bosuv, Toʻlqin, Oʻrta qalʼa, Arna boʻyi, Bogʻ, Amir Temur va Tosh yop ovul hamda mahallalari hududidagi isteʼmolchilarga uchun suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Kuyuk koʻpir ovulida joylashgan gaz ballon qabul qilish va tarqatish shoxobchasi orqali esa mazkur ovuldan tashqari Oʻzbekiston mahallasi va Bobur ovuli hududidagi isteʼmolchilarga ham suyultirilgan gaz yetkazib berish ishlari namunali tashkil qilingan.

Shuningdek, Boʻz yop ovuli hududida joylashgan gaz ballon qabul qilish va tarqatish shoxobchasi mazkur ovuldagi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatsa, Qipchoq shoxobchasidan shu atrofdagi 5ta, Oq oltin shoxobchasidan mazkur hududdagi 2 ta, Qangli shoxobchasidan 2 ta va Boʻz solma shoxobchasidan 3 ta ovul va mahallalardagi isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

Tumanning Tosh qalʼa, Besh ovul, Yuqori qishloq, Xizr eli, Tor yop, Namuna, Qizilcholi va Jumur ovul mahallalari hamda Xitoy va Nazarxon ovullari hududlaridagi isteʼmolchilarga “Amudaryotumangaz” idorasi tomonidan biriktirilgan maxsus transport vositalari orqali rejaviy jadval asosida har 30-35 kunda joyiga borgan holda – aylanma usulda gaz ballon toʻldirish ishlari amalga oshiriladi.

2024-yil davomida aholi isteʼmolchilariga 4 ming 249 tonna, maishiy soha isteʼmolchilari uchun 42 tonna suyultirilgan gaz tarqatish rejalashtirilgan boʻlib, ushbu belgilangan fond boʻyicha aholi va maishiy soha isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazib berildi. Ayni paytda tumangaz filiali aylanmasida jami 31 ming 728 ta maishiy gaz ballonlari mavjud boʻlib, shundan 2 ming 491 tasi aholi hisobidagi shaxsiy, 29 ming 237 tasi esa tumangaz korxonasi hisobidagi maishiy gaz ballonlaridir. Suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanishda isteʼmolchilarga qiyinchilik tugʻdirmaslik maqsadida maishiy gaz ballonlarini oʻz vaqtida taʼmirlash, qiyoslovdan oʻtkazish, zichlikka sinash ishlari ”Amudaryotumangaz” idorasi tomonidan, samarali tarzda tashkil etilmoqda.

2025-yilning yanvar oyi uchun rejadagi 385,8 tonna oʻrniga 402,2 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Fevral oyining ikki oʻn kunligi davomida esa aholi isteʼmolchilariga 250 tonnaga yaqin, maishiy soha isteʼmolchilariga esa 1 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz yetkazib berildi.

Tuman gaz taʼminoti boʻlimiga 5 ta maxsus “ISUZU” rusumli avtotransport vositalari biriktirilgan boʻlib, ular orqali isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz uzluksiz ravishda yetkazib berilmoqda. Maxsus avtotransportlar hamda gaz ballonlarni qabul qilish va tarqatish shoxobchalari davlat qiyoslovidan oʻtkazilgan va elektron tarozi bilan toʻliq taʼminlangan.

Qish oylarining sovuq va izgʻirinli kunlarida gaz ballonlari orqali “zangori olov” oʻz vaqtida, uzluksiz yetkazib berilayotganidan isteʼmolchilar mamnun.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019