16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 390

Keksa avlod vakillarining bilim va tajribasi oilalar farovonligiga xizmat qiladi

Keksa avlod vakillarining bilim va tajribasi oilalar farovonligiga xizmat qiladi

Jamiyatning barqaror rivojlanishi hamda maʼnaviy yetuk avlod tarbiyasida tajribali nuroniylarning oʻrni beqiyos. Ular ortda qolgan hayot yoʻllari davomida toʻplagan bilim va tajribalarini yoshlar bilan boʻlishib, ularning kelajakda toʻgʻri yoʻldan borishlariga yoʻnalish beradilar. Shu sababli yurtimizda uch avlod oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlikni mustahkamlash, yoshlarga maʼnaviy va iqtisodiy yoʻnalishlarda maslahat berish maqsadida koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu jihatdan, 19-fevral kuni 55-sonli maktabda tashkil etilgan "Uch avlod uchrashuvi" tarzidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu tadbir nuroniylarning boy hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, yosh avlodni tarbiyalash, ularga maʼnaviy yoʻl koʻrsatish, iqtisodiy mustaqillik sari yetaklash kabi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bagʻishlandi.

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi "Nuroniy" jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Majid Umarov, jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tursunbay Abdijabbarov, jamgʻarmaning tuman boʻlimi raisi Bekman Allabergenov, mahallalar va ovullardan kelgan ijtimoiy faol nuroniylar, ota-onalar hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni 55-sonli maktab direktori Davron Arikov kirish soʻzi bilan ochib, mehmonlarni tanishtirdi va uchrashuvning dolzarbligi xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuv davomida nuroniylar jamiyatda sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish, mahalla institutini yanada rivojlantirish hamda oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.

Tadbir davomida asosiy eʼtibor nuroniylarning bilim va tajribalaridan foydalanib, jamiyatdagi muammolarni hal qilish, ayniqsa, oilalarni kambagʻallikdan chiqarishga xizmat qiluvchi dasturlarni samarali amalga oshirishga qaratildi. Nuroniylar yoshlarga oila mustahkamligi, iqtisodiy barqarorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qimmatli maslahatlar berishdi.

Uchrashuv davomida "Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul", "Nuroniy har bir oilaga masʼul" hamda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturlarining ahamiyati alohida taʼkidlandi. Ushbu tashabbuslar orqali yoshlarni kasb-hunar oʻrganishga yoʻnaltirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash boʻyicha aniq rejalar belgilab olindi.

Nuroniylar oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kichik biznes va dehqonchilikni rivojlantirish orqali oilalarning moliyaviy holatini yaxshilash masalasiga alohida eʼtibor qaratishdi. Ular oʻz hayotiy tajribalaridan kelib chiqib, kichik biznesni qanday yoʻlga qoʻyish, jamiyatda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish boʻyicha yoshlarga yoʻnalish berishdi.

Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish borasida ham takliflar bildirildi. Nuroniylarning yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni va ijtimoiy birdamlikni oshirishdagi hissasi alohida taʼkidlandi.

 

Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi "Nuroniy" jamgʻarmasi tomonidan ijtimoiy faol nuroniylarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Shu kuni tumanning Qilichboy mavzesidagi Ayokchi mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan "Otalar choyxonasi"da nuroniylar bilan davra suhbati ham oʻtkazildi.

Bu kabi uchrashuvlar jamiyatning barqarorligini taʼminlashda, yoshlarni iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan yetuk shaxs sifatida shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Yoshlar nuroniylarning tajribasidan oʻrganib, oʻz kelajagiga mustahkam poydevor yarata oladilar. Tadbir davomida ilgari surilgan gʻoyalar yoshlarga nafaqat iqtisodiy barqarorlikka erishish, balki yetuk inson sifatida shakllanish imkoniyatini ham beradi.

Ushbu uchrashuv shuni koʻrsatdiki, uch avlod oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va oʻzaro tajriba almashish jamiyat rivoji uchun muhim omildir. Bu kabi tadbirlarning keng koʻlamda tashkil etilishi yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019