16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Fan va taʼlim 👁 417

DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Jahonda yuz berayotgan murakkab siyosiy jarayonlar, turli xil tahdidlar har bir mamlakatni Qurolli kuchlar salohiyatini oshirishga, mudofaa ishlarini isloh qilishga va eng avvalo tinchlik neʼmatining qadriga yetishga hamda uni asrab-avaylashga daʼvat etadi. Yurtimizda ham bu borada olib borilayotgan islohotlar kun kelib oʻzining ijobiy samarasini berishi shubhasiz.

2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida umumtaʼlim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanini oʻquv-uslubiy va dasturiy jihatdan takomillashtirib borish, fan oʻqituvchilarining faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, belgilangan tartibda bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihatdan taʼminlab borish belgilab qoʻyilgan. Maʼlumki, maktablarda oʻtilayotgan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquvchi yoshlarda Armiya haqidagi dastlabki, nazariy tasavvurlarni uygʻotsa, DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarda oʻtkazilib kelinayotgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari oʻquvchilarda bu boʻyicha amaliy koʻnikmalarni shakllantiradi. Yaʼni oʻquvchilar harbiy qismga tashrif barobarida askarlarimizning harbiy hayoti bilan yaqindan tanishadilar.

Yaqinda Amudaryo tumani DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlardan birida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda masʼul ofitser Otabek Madolimov, DXX chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi Mirjahon Majidov, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, mayor Shuhrat Mamatov, Nukus harbiy Prokuraturasining prokuror yordamchisi Ulugʻbek Daubayev hamda tumanimizdagi 4-, 22-, 36-sonli umumtaʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish, ularda shu yurt taqdiriga va kelajagiga daxldorlik tuygʻusini uygʻotish hamda chinakam vatan himoyachilarini kashf etishdan iborat boʻlib, oʻquvchilar tadbir davomida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlarimizning yashash joylari, ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu bilan birga, ular harbiy texnikalardan, qurol-aslahalardan, xizmat otlari va xizmat itlaridan foydalanish, ular bilan qay tartibda ishlash boʻyicha maʼlumotga ega boʻldilar.

Joriy yilda Oʻzbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 145 mamlakat ichida 58-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Oʻzbekiston mazkur natija bilan oʻtgan yilgi koʻrsatkichidan 7 pogʻona yuqorilagan. Albatta, bu yurtimizda Qurolli kuchlarga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.

Armiya safida yigitlik burchini aʼlo darajada oʻtayotgan, vataniga sidqidildan xizmat qilayotgan oʻgʻlonlarimizni ragʻbatlantirib borish, ularning safini kengaytirish ham muhim oʻrin tutadi. Tadbir davomida Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida harbiy xizmatni oʻtayotgan, xizmat davomida safdoshlariga namuna boʻlayotgan amudaryolik yigitlar – oddiy askarlar Shohrux Axmatov hamda Abror Madatovlarning ota-onalariga Chegara Qoʻshinlari Qoʻmondoni tomonidan minnatdorchilik xatlari topshirildi.

“Ochiq eshiklar kuni”da maktab oʻquvchilariga ona yurt sarhadlarida sobit qadam boʻlib, oʻzi tugʻilib oʻsgan diyorning tinchligi va osoyishtaligini saqlash har bir farzandning muqaddas burchi ekanini alohida taʼkidlandi. Shuningdek, vatan tinchligi yoʻlida fidokorona xizmat qilib, mardlarcha halok boʻlgan bir qator harbiylarimizning sharafli umr yoʻlini oʻquvchilarga ibrat sifatida keltirib oʻtildi. Jarayon davomida tadbir ishtirokchilari harbiylardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar oldilar.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019