16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Fan va taʼlim 👁 321

Tashabbuskor rahbar va ahil jamoaning yutuqlari

Tashabbuskor rahbar va ahil jamoaning yutuqlari

Inson borki, umri davomida yaxshi sharoitlarda yashash va ishlashni orzu qiladi, doimo oʻzi uchun ana shunday toʻkislikni yaratish ishtiyoqi bilan yashaydi. Agar u rahbar boʻlsa, bu boradagi masʼuliyati yanada oshadi. Taʼbir joiz boʻlsa, tumanimizdagi 50-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Alisher Eshniyozov 2014-yilda zimmasiga mazkur taʼlim-tarbiya muassasasi rahbarligini qabul qilib olganida, birinchi galda nafaqat oʻzi, balki butun pedagogika jamoasi uchun zamon talablari darajasidagi mehnat sharoitini yaratish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama yetuk, mustaqil fikrlovchi insonlar boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini his etdi. Chunki 1971-yilda, moslashtirilgan binoda oʻz faoliyatini boshlagan va 220 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan maktabda taʼlim-tarbiya ishlari 2 navbatda olib borilar, aksariyat sinfxonalari jiddiy taʼmirga muhtoj edi. Shu bois, maktab direktorining shaxsiy ish rejasidan hech boʻlmaganda muassasa binosini joriy taʼmirlash borasidagi qaydlar joy oldi.

Amudaryo tumani hokimligi, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbariyatining qoʻllab-quvvatlovi bilan 2018-yilda maktab binosi 510 mln. soʻmlik mahalliy byudjet mablagʻi hisobidan joriy taʼmirlanib, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Natijada qobiliyatli, intiluvchan oʻquvchilarning chuqur bilim olishlarini taʼminlashga qaratilgan fanlar boʻyicha toʻgaraklar fao­liya­ti yoʻlga qoʻyilib, tabiiy fanlardan laboratoriya mashgʻulotlarini olib borishdagi muammolarga barham berildi.

Shunday boʻlsa-da, maktabda faollar zali yoʻqligi, mashgʻulotlar hamon 2 navbatda olib borilayotgani jamoani qiynab keladi. Lekin maktab pedagogika jamoasi oʻrtasida ahillik va maʼnaviy sogʻlom muhitning mavjudligi, qolaversa, oʻqituvchilarning oʻz ustlarida tinimsiz oʻqib-izlanishlari tufayli qisqa vaqt ichida muassasa tumandagi ilgʻor maktablar qatoridan joy oldi.

Ayni paytda muassasada 400 nafardan ziyod oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Biri-biriga hamkor 39 nafar pedagog­larning 5 nafari oliy, 13 nafari 1-toifali, 11 nafari 2-toifali, 10 nafari mutaxassis toifasiga ega izlanuvchan va bilimdon oʻqituvchilardir.

Milliy sertifikat sohibalari boʻlgan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Dildora Davlatboyeva, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Guliruxsor Rahimboyeva hamda Gulnoza Rahimovalarning har bir darsi oʻquvchi-yoshlar uchun qiziqarli taassurotlarga boy tarzda oʻtadi.

Ayniqsa, Xalqaro S1 sertifikati sohibasi, rus tili fani oʻqituvchisi Feruza Ajmagʻambetova, S1 va V2 darajadagi sertifikat sohibi, oʻz mutaxassisligining bilimdoni, ingliz tili oʻqituvchisi Javlonbek Oʻrozboyev, S1 darajadagi sertifikat egasi, matematika fani oʻqituvchisi Shoira Erkaboyeva, S1 darajadagi sertifikat sohibasi, informatika fani oʻqituvchisi Gulsara Kaljanovalarning darslari va toʻgarak­lar boʻyicha mashgʻulotlari oʻquvchi-yoshlarning oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻ­yicha puxta bilim olishlarini taʼminlamoqda.

Muvaffaqiyatlarga erishish yoʻlini kimdir qattiqqoʻllikda, yana kimdir ustozning qatʼiyatida, deb biladi. Balki shundaydir. 50-sonli umumtaʼlim maktabi pedagogika jamoa­si uchun esa taʼlim-tarbiya sohasida muvaffaqiyatlar sari eltuvchi yoʻl – bu pedagogik jamoaning ahilligi va zamon bilan hamnafas ish yuritish, qolaversa, oʻqituvchi bilan oʻquvchi oʻrtasida yaratilgan samimiy, doʻstona munosabat asosiga qurilgan oʻziga xos ish uslubida. Aynan ana shunday maʼnan sogʻlom muhitda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar taʼlimini olgan yoshlar esa haqiqatdan ham bilimga chanqoq, iqtidorli va intiluvchan boʻlishadi.

50-sonli maktab oʻquvchilari orasida bunday bilimdon yoshlar juda koʻp. Xususan, 2023-2024 oʻquv yilida maktabning 11-sinfini bitirgan 25 nafar yoshlardan 18 nafari Oʻzbekistondagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarining talabalari boʻlishdi. Qolgan 7 nafar bitiruvchilar ijtimoiy foydali ish bilan shugʻullanish orqali oʻz ustlarida ishlashda davom etib, tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha OTMga kirish uchun tayyorgarlik koʻrishmoqda.

2024-2025 oʻquv yilida esa iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan asosiy fanlar olimpiadasida 10-sinf oʻquvchisi Mashhura Boltaboyeva kimyo fanidan 1-oʻrinni, 9-sinf oʻquvchisi Mashhuraxon Ha­yitboyeva ham kimyo fanidan 3-oʻrinni, 9-sinf oʻquvchisi Azamat Oʻrozimbetov ingliz tilidan, 11-sinf oʻquvchisi Musabek Toʻramuratov geografiya fanidan 3-oʻrinlarni egalladilar.

Maktab pedagogika jamoa­sining yagona, ezgu maqsad – yosh avlodni ona Vatanga, istiqlol gʻoyalariga, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga yuksak ehtirom va sadoqat ruhida tarbiyalashdek sharafli vazifani ado etish yoʻlidagi ahilligi tahsinga munosib. Ana shu ahillik va oʻzaro birdamlik tufayli bugungi kunda mazkur muassasa tumandagi maktablar orasida taʼlim-tarbiya ish­lari yaxshi yoʻlga qoʻyil­gan maktab sifatida “yashil” toifaga kiritilgan.

Muassasada obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Yil sayin koʻkalamzor va tobora obod goʻshaga aylanib borayotgan maktab hovlisiga birgina 2024-yilning kuz faslida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 70 tup mevali, 155 tup manzarali, jami 225 tup daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Ekilgan har bir tup koʻchatning tuproqqa ildiz qoʻyib, unib-oʻsib ketishi uchun maktabning texnik xodimlari masʼul qilib qoʻyildi. Obodon va koʻkalamzor goʻshada yoshlarga taʼlim-tarbiya berish pedagogika jamoasi uchun qanchalik koʻtarinki kayfiyat bagʻishlasa, oʻquvchilarning musaffo havodan bahramand boʻlib taʼlim olishlari esa ularni yanada yaxshiroq oʻqishga ragʻbatlantirishi tabiiy.

Shundanmi, maktabni turli yillarda bitirib, mustaqil hayotga qadam qoʻygan sobiq oʻquvchilar orasida ilm-fan, sogʻlikni saqlash, agrar va sanoat, qurilish sohalari fido­yi­lari, davlat va jamoat arboblari, Armiya zobitlari ham bor. Ular faxr bilan “Biz 50-sonli maktabda oʻqiganmiz”, – deya gʻururlanishadi.

Maktab pedagogika jamoasi 2024-2025 oʻquv yilini yanada ezgu rejalar bilan boshladilar. Ayni paytda oʻquv yilining 3-choragini bilimdon va salohiyatli, tashabbuskor ustoz Alisher Eshniyozov rahbarligida “Oʻqish va izlanish – kamolot sari yoʻl!” shiori ostida davom ettirayotgan maktab pedagogika jamoasiga hamda mazkur taʼlim dargohining ilm-u ziyoga chanqoq oʻquvchilariga yanada ezgu orzular va yutuqlar yor boʻlishini tilaymiz!

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019