Paxtachilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjaligi kooperativlari rahbarlariga E S L A T M A
Hurmatli qishloq xoʻjaligi kooperativlari rahbarlari!
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish, ularni rivojlantirish, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida qishloq xoʻjaligi kooperativlariga faoliyatini samarali tashkil etish uchun keng imkoniyat va imtiyozlar yaratildi.
Jumladan, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi Qonuni bilan kooperativlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishi, saqlashi, qayta ishlashi va realizatsiya qilishi, shartnomalar tuzishi, kooperativ aʼzosi tomonidan pay badali sifatida kiritilgan mol-mulkni sotib olishi, hadya qilishi, lizingga yoki ijaraga olishi, sotishi, garovga qoʻyish huquqlaridan foydalanishi, shuningdek, shartnoma majburiyatlarni bajarishi, soliqlar va yigʻimlarni toʻlashi, moliyaviy va statistik hisobotlarni yuritish va taqdim etish majburiyatlariga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-sonli “Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy kooperativlari tashkil etishga ruxsat berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni bilan Oʻzbekiston fermerlari kengashiga qishloq xoʻjaligi kooperativlarining manfaatlarini koʻzlab sudga davlat boji toʻlamasdan daʼvo arizalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish huquqi berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli “Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan paxta xom ashyosini oʻz mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xoʻjaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Ajratiladigan kreditlar hisobidan paxta xom ashyosini saqlash va birlamchi (tegirmon usulida) qayta ishlash xizmatlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni sotib olish imkoniyati yaratildi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qarori bilan tasdiqlangan “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq, kooperativlarga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlari uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish huquqi berildi.
Shu bilan birga qishloq xoʻjaligi paxtachilik kooperativlari quyidagi kechiktirib boʻlmas vazifalarni ham bajarish lozim boʻladi.
Birinchidan, paxta dalasini terimga tayyorlash, paxta hosilini toʻliq ochilishi choralarini koʻrish hamda terim mashinalari va tirkamalarni shay holatga keltirish;
Ikkinchidan, paxta xomashyosini qabul qilish bilan shugʻullanuvchi xodimlarini elektron tarozi va “Hosil qabuli” axborot tizimi bilan ishlashga oʻrgatish hamda elektron tarozi orqali toʻgʻri rasmiylashtirish va kunlik hisobotlarda maʼlumotlarni toʻgʻri aks ettirish;
Uchinchidan, kooperativlarning qabul maskanlarida oʻrnatilgan kuzatuv kameralarini, dasturiy taʼminotini, internet va quvvat manbalarini uzluksiz ishlashini tashkil etish;
Toʻrtinchidan, paxta xomashyosi yigʻim-terimi va yakuniy hisob-kitobi xarajatlarini moliyalashtirishda spot shartnomasida belgilangan narx eʼlon qilingan narxdan past boʻlganda, moliyalashtirish spot shartnomasida belgilangan narx boʻyicha amalga oshirish;
Beshinchidan, kooperativlar faqat paxta xomashyosini saqlash va qayta ishlab berishi va birja savdolarida ichki isteʼmolchilarga sotishi, bunda paxta xomashyosini sotib olish huquqiga ega boʻlmasligini inobatga olish;
Oltinchidan, paxtaning sifati va narxining pasayishini oldini olish, yomgʻirli kunlarda kechiktirmasdan terib olish, terimchilarni faol jalb etib, ularga zarur shart-sharoitlar yaratib berishi;
Yettinchidan, kooperativga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklari bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida toʻgʻri amalga oshirish, ularga moddiy zarar yetkazmaslik, fermerlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etishingizni soʻraymiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶