16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:08
Jamiyat 👁 343

“Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostida Amudaryo tumanida Navroʻz bayrami keng nishonlandi

“Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shiori ostida Amudaryo tumanida Navroʻz bayrami keng nishonlandi

Fotogalereya

Tarovatli kunlarda tabiat uygʻonib, jonajon diyorimizga barchamiz orziqib, sogʻinib kutgan Navroʻzi olam kirib keldi. Ming yillar davomida maʼnaviy hayotimizning koʻrku ziynati boʻlib kelayotgan bu ajoyib, xosiyatli bayram bugun qalblarimizga yanada cheksiz quvonch va zavq bagʻishlamoqda.

Bayram munosabati bilan barcha sharq xalqlari qatori yurtimizning jonkuyar, fidoyi, mehnatsevar xalqi ham Navroʻz ayyomini tantanali tarzda nishonlamoqda.

19-mart kuni Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasi hududidagi Vaxum aholi punktida joylashgan bolalar oʻyingohida ham “Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!” shoiri ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Bayram tadbirida respublika va tuman miqyosidagi rahbarlar, deputatlar, korxona-tashkilotlar hamda boʻlimlar masʼullari, fuqarolar yigʻinlari vakillari, taniqli sanʼatkorlar, taʼlim-tarbiya muassalari xodimlari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov tuman hokimi Sobir Xoʻjametovning xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. Bayram tabrigida oʻtgan davr mobaynida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar xususida maʼlumotlar berildi.

Navroʻz — yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi. Bobodehqonlarimiz yangi dehqonchilik yilining serhosil, qut-barakali kelishini, toʻkin-sochin boʻlishini tilab duo qilib, allaqachon dalada ishlarni boshlab yuborishgan.

Ayni paytda mirishkor dehqonlarimiz 5 ming 970 gektar yerga ekilgan gʻalla maydonlarida unib chiqqan maysalarni mehr bilan parvarishlamoqdalar. Maqsad — ekilgan gʻalladan kamida 60-80 tsentnergacha hosil olish va xalqimiz xirmonini donga, dasturxonini nonga toʻldirishdir.

Bayram tabrigida taʼkidlanganidek, 2022-2026-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” doirasida “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyotni va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Turli dasturlar doirasida 2024-yil davomida 4855 nafar fuqarolarga 65,5 mlrd soʻmlik kreditlar ajratildi.

Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi asosida tomorqa va ijaraga olingan yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha elektron onlayn auktsion savdolari orqali jami 1536 gektar yer maydonlari 4275 nafar ishsiz fuqarolarga ajratib berilgan.

Shuningdek, joriy yilda ham tumanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 39 ta loyihalarga 317,8 mlrd. coʻmlik investitsiyalar jalb qilish orqali 582 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan. 2025-yilda tumanimizda eksport koʻrsatkichlarini 16 mln. dollarga, shundan sanoat korxonalarining eksport hajmini 12 mln. dollarga, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini 4 mln. dollarga yetkazish koʻzda tutilmoqda.

Barcha manbalar hisobidan 15 ta ijtimoiy soha obʼektlarida jami 52,5 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qiymati 29 mln. dollarlik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu loyiha orqali 3 dona ichimlik suv obʼekti hamda 300 km dan ortiq ichimlik suvi tarmoqlari qurish va rekonstruktsiya qilish belgilangan.

Qayd etish joizki, bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi xalqimizning turmush tarzni yaxshilash, barqaror iqtisodiyotni taʼminlash, ijtimoiy adolatni qaror toptirish va bu jarayonda aholining har bir qatlamiga, ayniqsa, kam taʼminlangan shaxslarga, yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor masalalar sifatida qaralmoqda.

Bayram tadbiri mobaynida xalqimiz uchun milliy taomlar va noz-neʼmatlarga boy boʻlgan bayram dasturxoni yozildi. Milliy urf-odatlarimiz, millatlararo hamdoʻstlik, koʻklam, Vatan, shodlik, yangilanish, baxtni tarannum etuvchi turli koʻrinishlar, ajoyib sahnaviy chiqishlar, raqslar, kuy-qoʻshiqlarga boy boʻlgan katta kontsert dasturi tadbirga yuqori shukuh va bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Shuningdek, sayl mobaynida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov hokim kubogi uchun oʻtkazilgan sport musobaqalari gʻoliblariga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalarni topshirdi. Navroʻz saylida har bir qishloq va mahalla polvonlari, mohir sportchilari bilan kurash, arqon tortishuv bahslari katta taassurotlarga boy tarzda oʻtkazildi. Barcha bellashuvlar gʻoliblariga bayram sovgʻalari topshirildi.

Navroʻz – bu nafaqat yangi yilning boshlanishi, balki odamlar oʻrtasida hamjihatlik, mehr-muhabbat, adolat va birdamlik ramzidir. U koʻpgina xalqlar uchun yangi umidlar debochasi, yangi rejalar tuzish pallasi. Navroʻz kun bilan tunning tenglashishi, borliqning uygʻonishi, insonning tabiat bilan uygʻunligini his qilgan holda mehnat maydoni tomon oshiqishi bilan barchaga birdek qadrli fasl. Navroʻz tiriklik, yashillik, yasharish va yangilanish ayyomidir. Shuning uchun ham Navroʻz bayrami necha-necha zamonlardan buyon ardoqlanib keladi, xalqimiz tomonidan sevib nishonlanadi.  

Fursatdan foydalanib, xalqimizni mana shunday qadimiy va boqiy bayram – Navroʻz ayyomi bilan bilan tabriklaymiz! Sharqona yangi yilimiz har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat, obodlik va farovonlik bilan kelsin! Bayram muborak boʻlsin!

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019