16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:55
Jamiyat 👁 2,118

BIZNING YuRTIMIZDA YeTIM YOʻQ

BIZNING YuRTIMIZDA YeTIM YOʻQ

Aytishlaricha, toʻlgʻoq azobiga dosh berolmay hayotdan koʻz yumgan bir ayolning goʻdagini yangi tuqqan bir ayol asrab olibdi. Oʻz goʻdagiga bir emchagini, yetim goʻdakka bir emchagini emizib, uni ham oʻz bolasidan kam qilmay parvarishlabdi. Bolalarni ajratmayin, xudoning qahri kelmasin, degan oʻy bilan ayol avval yetim goʻdakni, keyin oʻz bolasini emizarkan.

Kunlar oʻtib, bolalar voyaga yetibdi. Ikkovi ham aqlli-xushli yigitlar boʻlishibdi. Nogahon ona qattiq kasal boʻlib oʻrnidan tura olmay yotib qolibdi. Shunda negadir oʻz bolasi unga koʻproq gʻamxoʻrlik qilar, onasini oyoqqa turgʻizish uchun jonini uzib berguday boʻlarkan-u asrandi oʻgʻil unga nisbatan sal… kamroq kuyunarkan. Nihoyat ona paymonasi toʻlganini sezib oʻgʻillari bilan rozi-rizolik soʻrashibdi. Asrandi oʻgʻilga boʻlgan voqealarni aytib beribdi.

- Seni har gal oʻz oʻgʻlimdan avval emizdim. Ikkovingni aslo bir-biringdan kam koʻrmadim. Biroq xudoga ayon haqiqatni aytmasam boʻlmaydi. Endi sen ham mendan rozi boʻl, oʻgʻlim, - debdi koʻzlarida yosh bilan.

- Men buni sezardim, - debdi asrandi oʻgʻil boshini egib. - Lekin bu sirni oʻzim soʻray olmasdim, oʻzingiz aytmaganingizga doim ich-ichimdan sizdan xafa boʻlib yurardim. Meni oq yuvib, tarab voyaga yetkazganingizga rahmat, bu xizmatlaringizni qaytara olmaganimdan afsusdaman.

- Qanday sezganding, Alloh shohid, seni oʻz oʻgʻlimdan kam koʻrmaganman. Seni avval toʻydirib, keyin oʻz oʻgʻlimni qoʻlimga olganman-ku? – hayratda qolibdi ona.

- Ha, onajon, kam koʻrmadingiz, bergan oq sutingiz teng boʻldi, biroq orqamga bir qoqishingiz kam boʻldi. Oʻz oʻgʻlingizni emizib turib orqasidan qoqib erkalashingizga doim havasim kelardi. Meni bunday qilmagansiz, - deb javob beribdi.

...Sahnada oppoq libosda, koʻzlarida dolgʻali dunyoning javobsiz soʻroqlaridan hayratlanganicha oqqush parvoz qilmoqqa intiladi, qanotlari kuchsiz, koʻngli mehrga intiq. Qani oʻsha qalbini quvonchga toʻldirguvchi, unga mehri ila kuch-qudrat ato etguvchi, parvozga undaguvchi zot? Qani? Oqqush izladi, majolsiz qanotlarini bazoʻr silkita-silkita gʻamgin musiqa sadolari ostida koʻzlari intizor boʻlib izladi. Va atrofida oʻziga mehr-muhabbat  bilan tikilib turgan yuzlab nigohlarga qaradi. Har birida «kel, bagʻrimga» deganday, «sen uchun jonim nisor» deganday  soʻngsiz mehr jilvalanadi. Bu mehr tafti oqqushga nainki kuch, goʻyoki jon ato etdi. Moʻljalni yuksak olib emin-erkin koʻkka parvoz etdi.

Bu mamlakatimiz poytaxti Toshkentdagi 23-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Dilbar Abdurahmonovaning «Sen yolgʻiz emassan» bolalar xayriya jamgʻarmasining tashkil etilganiga 10-yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanada  ijro etgan raqsi. Qizaloqning nozik qomati, oqqush qanoti timsolidagi qoʻllarining har bir harakati, nigohlaridagi chuqur maʼno hech bir tomoshabinni befarq qoldirmagan, tosh yuraklarni ham eritib yuborgan boʻlsa ajab emas Oʻzbekiston telekanali orqali namoyish etilgan mazkur tadbirni koʻrgan har bir odam ehtimol, men kabi shunday xayolga borgandir? Tajribali jarroh Feruz Nazirov sakkiz soat davom etgan yurak operatsiyasi tufayli qizaloqning hayotini  saqlab qolgan ekan. Voajab? Jimitdaygina vujud sakkiz soatlik operatsiyani koʻtarguday qudratni qayerdan oldiykan? Shifokorning sabr-toqati, matonatiga, bir mitti vujudga jon ato etishdagi fidoyiligiga hammamiz bosh egsak arzimaydimi? Qizaloqning raqsini koʻzlarida yosh bilan tomosha qilib oʻtirganida shifokorning koʻnglidan nimalar kechdi ekan? Mehnati samarasiga shukronami? Yo qizaloqqa shunday yozuq bitgan  taqdirga afsusmi?

Bilmadim, bilolmadim! Biroq shu narsa ayonki, bizning mamlakatimizda qarovsiz, yolgʻiz bola yoʻq, ota-onasiz qolgan bolalarni ham, hatto ota-onasi oʻz bolasidan tonganida ham tonmaydigan, issiq bagʻriga olib hech kamchiliksiz voyaga yetkazib, mustaqil hayotga uchirma qiladigan ona Vatani bor.

Tadbirdan tayyorlangan koʻrsatuvda  ijro etilgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi har bir raqs, qoʻshiq odamni befarq qoldirmaydi. Ayniqsa nogiron, quloqlari eshitmaydigan bolalarning 101-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi raqsni koʻrib hayratlanmaslik mumkin emas. Voajab? Ular musiqa ohangiga shunchalar mos harakatlar qilar ediki, musiqani quloqlari eshitmasa-da, yurak-yurakdan his qilayotgandir, deb oʻylaydi odam. «Biz yetim emasmiz, biz yolgʻiz emasmiz», - deya kuylashadi ular. Oʻzlariga iqtidorini namoyish qilishlari uchun koʻpgina imkoniyatlar yaratayotgan jamgʻarmaga minnatdorchilik izhor etishadi.

Koʻzlarimda yosh bilan kontsertni tomosha qilar ekanman, koʻnglimda  javobsiz savollar koʻp: ularni dunyoga keltirgan zotlar qayerda ekan? Agar tirik boʻlsa, yurtimiz, yurtdoshlarimiz gʻamxoʻrligida emin-erkin ulgʻayayotgan bu kichkintoylarning koʻnglidagi ota-ona kemtikligini nega payqashmaydi? Toʻgʻri, ular moddiy tanqislikni sezishmas, tarbiyachilar ularni bir lahza mehridan ayirishmas, biroq dunyoda ota-ona oʻrnini hech bir narsa bosolmaydi-ku!

Tadbirda soʻzga chiqqan Xorazm viloyati «Mehribonlik uyi» mudirasi (ism-sharifini eslab qololmadim) «Bizning bolalarimiz hech kimdan kam emas, men ishonaman, bugungi tarbiyamizdagi bolalar vaqtlar kelib ajoyib insonlar boʻlib yetishadi, yurtimizga munosib xizmatlar qiladigan yetuk mutaxassislar boʻlib yetishadi. Hayot buni isbotlamoqda», - dedi.

Shoʻx-shodon raqs tushib, qoʻshiq aytayotgan bolalarga qarab bu soʻzlarga ishonging keladi odamning. Ha, bizning yurtimizda yetim yoʻq, yolgʻiz yoʻq. Ular yurtimizning, yurtdoshlarimizning mehri otashida voyaga yetishayapti. Bu mehr ularning hayot yoʻlini doimo yoritib turadi.


Oygul RAJABOVA.

  (Foto - sen.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019