16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Iqtisodiyot 👁 697

“Nukus Dilisha” MChJga qarashli korxonada kuniga 20 tonna un ishlab chiqarilmoqda

“Nukus Dilisha” MChJga qarashli korxonada kuniga 20 tonna un ishlab chiqarilmoqda

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, un mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoj ortib borayotgan bir sharoitda, bozorlarimizda taqchillikka yoʻl qoʻymaslik va narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Amudaryo tumanining Jayxun ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan “Nukus Dilisha” MChJga qarashli un ishlab chiqarish korxonasi shu yoʻnalishda samarali faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda korxona toʻliq quvvatda ishlamasa-da, zamonaviy texnologiya asosida kunlik ishlab chiqarish hajmi 20 tonna 1-navli un va 6 tonnadan ortiq kepakni tashkil etmoqda. Bugʻdoy mahalliy fermer xoʻjaliklaridan xarid qilinadi va korxona mahsulotlari asosan mahalliy ishbilarmonlar tomonidan ulgurji narxlarda xarid qilinadi.

Zavodda 20 nafarga yaqin doimiy ishchi turli lavozim va vazifalarda mehnat qilmoqda. Bu esa nafaqat ishlab chiqarish salohiyatini belgilaydi, balki aholi bandligiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Ishlab chiqarish jarayoni bugʻdoyni zavodga maxsus yuk mashinalarida olib kelishdan boshlanadi. Bugʻdoy avval laboratoriya sharoitida sinchkovlik bilan sifat nazoratidan oʻtkaziladi — namlik darajasi, begona aralashmalar va zararli moddalar mavjudligi tekshiriladi. Tekshiruvdan soʻng bugʻdoy tarozidan oʻtkazilib, xom ashyo omboriga joylashtiriladi.

Keyingi bosqichda bugʻdoy maxsus tozalash uskunalarida qayta ishlanadi. Separatorlar yordamida tosh, chang, begona urugʻlar va metall parchalari kabi aralashmalar ajratib olinadi. Havo orqali tozalash jarayoni esa eng oddiy zararli moddalarni yoʻqotishni taʼminlaydi. Bu bosqich un sifatini belgilaydigan muhim omillardan biridir.

Tozalangan bugʻdoyga muayyan miqdorda suv purkaladi va maʼlum vaqt aralashtirilgan holda qoʻyiladi. Bu jarayon bugʻdoy donining kepak qavatini yumshatib, keyingi bosqichni yengillashtiradi. Shundan soʻng bugʻdoy tegirmonlarda bir necha marta ezilib, har bir bosqichda elakdan oʻtkaziladi. Jarayonda kepak, yorma va yengil un zarrachalari ketma-ket ajratiladi. Yakuniy bosqichda esa un zarracha hajmi va rangiga qarab navlarga boʻlinadi, sifatli unlar aralashtirilib, 25 yoki 50 kilogrammlik qoplarga joylashtiriladi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha 2025-yil 28-fevral kuni Amudaryo tumanida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminar doirasida mazkur korxonaning ochilish marosimi boʻlib oʻtgan edi.

Mazkur loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi muhim sanoat tashabbuslaridan biri hisoblanib, mahalliy un mahsulotlariga boʻlgan talabni qondirish, aholi farovonligini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, korxona uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 1,5 gektar va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 40,6 gektar yer maydonlari toʻgʻridan-toʻgʻri ajratib berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 11 milliard soʻmni tashkil etib, shundan 7,9 milliard soʻmi bank krediti hisobidan moliyalashtirilgan.

Zavod toʻliq ishga tushirilgandan soʻng, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 2 ming tonnani tashkil etishi rejalashtirilgan. Bu hajm mahalliy ehtiyojni toʻliq qondirishga yetarli hisoblanadi. Shuningdek, yana 30 nafar yangi ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda. Bu esa tuman aholisining bandligini taʼminlash va ularning daromad manbaini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qisqa muddat ichida tumanda yirik ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirilishi, aholi bandligini taʼminlash va oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga ega boʻldi. “Nukus Dilisha” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan bu loyiha xususiy sektorning mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi oʻrni naqadar ulkan ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019