16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:23
Madaniyat 👁 693

Madaniyat boʻlimi binosida Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli tomonidan xayriya kontserti oʻtkazildi

Madaniyat boʻlimi binosida Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli tomonidan xayriya kontserti oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan tasdiqlangan maxsus reja doirasida ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab vazirlik tasarrufidagi ashula va raqs ansamblining xayriya kontsert dasturlari oʻtkazilmoqda. Ushbu tadbirlar orqali vatan himoyasi yoʻlida fidokorona xizmat qilib halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining oilalarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, shu bilan birga jamoatchilikka vatanparvarlik, hamjihatlik va doʻstlik tuygʻularini singdirish maqsad qilingan.

Shu kabi tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 18-aprel kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida tashkil etildi. Unda ichki ishlar tizimi faxriylari, xizmat burchini ado etish vaqtida halok boʻlgan yoki jarohat olib, nogiron boʻlib qolgan xodimlarning oila aʼzolari, mahalliy aholi, faol yoshlar va sanʼatsevarlar ishtirok etdi.

Kontsert dasturida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, IIV Madaniyat saroyi rahbari, podpolkovnik Uchqun Tillayev boshchiligidagi ansambl aʼzolari tomonidan yuksak ijro mahorati taqdim etildi. Xalqimiz sevgan soʻz ustalari — Oʻtkir Muhammadxoʻjayev va Zokir Ochildiyev, xonandalar — Goʻzal Jumaniyozova (Dilsoʻz), Ulugʻbek Xoliqov, Suhrobbek Hamdamov hamda Nurali Shukurullayevlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar tomoshabinlarga yuksak kayfiyat ulashdi.

Ushbu xayriya tadbiri orqali tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash yoʻlida oʻz hayotini fido qilgan mard insonlarning xotirasi yana bir bor eʼzozlandi, ularning oilalariga hurmat va gʻamxoʻrlik namoyon etildi.

Tadbirning asosiy maqsadlaridan biri — xalq va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida maʼnaviy bogʻlanishni mustahkamlash, jamiyatda hamjihatlik, bagʻrikenglik va yurt taqdiriga daxldorlik tuygʻusini yuksaltirishdan iborat. Bu esa madaniyat va sanʼat vositasida amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Taʼkidlash joizki, sanʼat va madaniyat yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishda beqiyos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ansambl faoliyati aynan shu maqsadlarga qaratilgan boʻlib, jamoa har yili mamlakatimizning turli hududlariga gastrol safarlarini uyushtirib, keng jamoatchilikni ijodiy namunalari bilan xursand etib kelmoqda.

Ayniqsa, olis va chekka hududlarda oʻtkazilayotgan kontsert dasturlari aholi uchun tom maʼnoda maʼnaviy bayramga aylanmoqda. Badiiy soʻz ustalari va mahoratli xonandalarning chiqishlari xalqimiz qalbiga Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusini singdirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur xayriya kontsertlari sanʼat orqali jamiyatda yuksak maʼnaviy muhitni shakllantirish, odamlar oʻrtasida doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, madaniyat va sanʼatni ommalashtirish va jamiyatning turli qatlamlari oʻrtasida hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga yordam bermoqda.

Ashula va raqs ansambli tomonidan bunday kontsertlar mamlakatimizning boshqa shahar va qishloqlarida ham davom ettirilyapti. Bu esa ichki ishlar organlari faoliyatining insonparvarlik va maʼnaviyatni yuksaltirish borasidagi muhim jihatlarini yaqqol namoyon etmoqda.

U.Oʻrozaliyev, tuman IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019