16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:17
Adabiyot 👁 691

21-apreldan 27-aprelga qadar “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilmoqda

21-apreldan 27-aprelga qadar “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilmoqda

Yurtimizda kitobga boʻlgan eʼtibor, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yildan buyon har yili aprel oyida oʻtkazib kelinayotgan “Kitobxonlik haftaligi” mutolaaga oshno millionlab yurtdoshlarimizni bir maqsad atrofida jipslashtirib, ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilda “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” 21-apreldan 27-aprelga qadar mamlakatimizning barcha hududlarida oʻtkaziladi. Bu yilgi haftalik tadbirlari yanada keng qamrovli va mazmun jihatdan boy tarzda tashkil etilmoqda.

21-aprel kuni Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazida maʼrifiy haftalikning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir tuman Madaniyat boʻlimi, amudaryolik ijodkorlar, Koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasi, “Barkamol avlod” bolalar markazi, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda 3-sonli umumtaʼlim maktabi hamkorligida oʻtkazildi.

Tadbirni tuman Madaniyat boʻlimi xodimi, “Vatan fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi Oybekjon Begimov kirish soʻzi bilan ochib berdi va kitob insonning eng sodiq hamrohi ekanligi, uning hayotdagi oʻrni beqiyosligi, kitob orqali kelajakka parvoz qilish mumkinligini alohida taʼkidladi. Shu bilan birga, kitob tarbiya vositasi sifatida beqiyos ahamiyatga egaligi qayd etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan kitob inson maʼnaviyatining koʻzgusi ekanligi, uning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi oʻrni haqida fikrlar bildirildi. Maʼruzachilar yoshlarni kitob bilan doʻstlashishga, maʼnaviy yetuklik sari intilishga chorladilar.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrda qabul qilingan “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi” doirasida ana shunday haftaliklar muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Bu esa aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobga boʻlgan qiziqishni oshirish, maʼnaviy-intellektual salohiyatni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida mamlakatimiz boʻylab 1000 dan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, Toshkent shahridagi “Dream Park” istirohat bogʻida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi madaniyat va istirohat bogʻlarida “Noshirdan kitobxonga” tamoyili asosida kitob yarmarkalari tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Tadbir doirasida yangi adabiyotlar koʻrgazmasi tashkil etilib, Shahnoza Ollaberganova va Intizor Yoʻldoshevalar tomonidan ishtirokchilarga yangiliklar boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, Tazaxan Qidirniyazova va Shohida Ollaberganova kutubxonaga esdalik sifatida kitoblar sovgʻa qildilar.

Faol kitobxonlar, 3-sonli va 55-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda “Barkamol avlod” markazi oʻquvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Isteʼdodli yoshlar tomonidan xalq qoʻshiqlari ijro etildi, taniqli shoirlar sheʼrlari ifodali oʻqildi.

Tadbir yakunida Axborot-kutubxona markazi xodimi Maqsuda Bekasheva haftalik davomida oʻtkaziladigan tadbirlar haqida ishtirokchilarga maʼlumot berib, kitobxonlarni faol ishtirok etishga chorladi.

Ayniqsa, soʻnggi yillarda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, oʻzbek va jahon adabiyotining sara namunalarini internet tarmoqlarida joylashtirish, ularni keng ommaga yetkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami kengayayotgani alohida taʼkidlandi.

Haftalik doirasida yoshlar oʻrtasida viktorinalar, sheʼriyat kechalari, mahalliy yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi. Ushbu tashabbuslar orqali “Kitobxonlik haftaligi”ning har bir xonadonga kirib borishiga erishish, kitobni aholi va yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish maqsad qilingan.

Rohatoy Romanova, tuman Axborot-kutubxona markazi bibliografiya xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019