16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:15
Fan va taʼlim 👁 387

Korruptsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Korruptsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalar qatori xalq taʼlimi tizimida ham shaffoflikni taʼminlash, davlat mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va korruptsiyaning har qanday koʻrinishlariga chek qoʻyish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan mazkur vazifalar yuzasidan joylarda ham aniq chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi taʼminlanmoqda. Yaqinda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi binosida joriy yilning birinchi choragi davomida korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilish ham shu yoʻnalishdagi ishlarning amaliy ifodasi boʻldi.

Yigʻilishni boʻlim boshligʻi Yalgʻash Shomuratov kirish soʻzi bilan ochib, ishtirokchilarga korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi fikr-mulohazalarini bayon qildi. Taʼlim tizimida korruptsiyaviy harakatlarni aniqlash, ularga barham berish va oldini olish, kelib chiqishi mumkin boʻlgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratilib, ichki idoraviy mexanizmlar joriy etilgani alohida qayd qilindi.

Korruptsiyaning oldini olish maqsadida davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlarni maqsadli sarflash, byudjet qonunchiligiga rioya qilish boʻyicha muntazam ravishda monitoring va nazorat ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, korruptsiyaga olib keluvchi shart-sharoitlar — huquqiy madaniyatning pastligi, ijro tizimining samarasizligi, iqtisodiy qiyinchiliklar kabi omillarni bartaraf etishga qaratilgan majmuaviy choralar koʻrilmoqda.

2025-yilning birinchi choragida tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 52 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida jami 147-marta korruptsiyaga qarshi targʻibot va tushuntirish tadbirlari oʻtkazildi. Unda “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi hamda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan keng qamrovli axborotlar berildi.

Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbariyati tashabbusi bilan barcha taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida 3-marta maxsus seminarlar oʻtkazildi.

Korruptsiyaga qarshi kurashishning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida “Korruptsiyasiz soha” loyihasining amaliy ijrosini taʼminlashga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” asosida joriy etilgan tizim doirasida 2025-yil uchun barcha xodimlardan deklaratsiyalar olindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 25-mart kungi tegishli xati ijrosi yuzasidan tizimdagi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish hamda jamiyatda korruptsiyasiz muhit yaratish maqsadida taqdimot va qoʻllanmalar, videorolik hamda tarqatma materiallar barcha tizim tashkilotlariga yetkazildi. Shuningdek, boʻlimga tegishli taqdimot, videomateriallar va qoʻllanmalar ham yetkazilib, ulardan xizmat jarayonida samarali foydalanish xodimlarga tavsiya etildi.

Shu bilan birga, barcha muassasa rahbarlari korruptsiyaga qarshi kurashish yuzasidan vazirlikning kafolat xati va 16 ta lokal hujjat bilan yozma ravishda tanishtirildi va muntazam ravishda ogohlantirish tadbirlari olib borilmoqda.

Bugun taʼlim sohasini har qanday manfaat ustuvorligidan himoya qilish, haqqoniylik va adolat tamoyillarini qaror toptirishda tizimli yondashuv mavjud. Korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va shaffof muhitni yaratish – taʼlim sifatini oshirish hamda kelajak avlodni sogʻlom muhitda tarbiyalashning muhim shartidir.

G.Jumaniyazova, Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha masʼul xodimi.

Shohzod Qurbonboyev, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019