16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Adabiyot 👁 722

MUTOLAA, KITOBXONLIK – BUYuK KELAJAK KAFOLATI

MUTOLAA, KITOBXONLIK – BUYuK KELAJAK KAFOLATI

Har qanday kasb egasi oʻz sohasining rivojlanishini chin dildan xohlaydi. Kasblar ichida kutubxonachilik sohasi oʻzgacha sohadir. Chunki bu kasb egalarining mahorati va fidoyiligi dunyodagi barcha sohalarning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi. Negaki, barcha sohaning negizida ilm, izlanishlar turadi, bularning bari kitoblarda mujassam. Kitoblar esa kutubxonalarda boʻladi.

Kitobxonlar qiziqishini oʻrganish kutubxona markazining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda kitobxonlar mutolaasiga nazar soladigan boʻlsak, yosh kitobxonlarimiz koʻproq elektron adabiyotlarni mutolaa qilish, audio-kitobni tinglash istagini, yoshi katta kitobxonlar esa, koʻproq anʼanaviy, bosma shakldagi kitoblarni oʻqish istagini bildiradilar.

Agar kitobxonlar tomonidan oʻqilgan adabiyotlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, bugungi kunda kutubxonamiz foydalanuvchilarining aksariyat qismini badiiy adabiyotlar, tarixiy va detektiv asar va hikoyalarga qiziqishlari yuqori. Shuningdek, gazeta va jurnallarga ham talab katta. Taniqli insonlarning hayoti bolalik sahifalariga nazar solar ekanmiz ular hayotida kitob va kutubxonalar oʻrni beqiyosligiga guvoh boʻlamiz.

Kambagʻal oilada tugʻilgan va bolaligi buyuk inqiroz davriga toʻgʻri kelgan amerikalik yozuvchi Rey Bredberining yorqin kelajagi aynan kutubxonadan boshlangani ibratli ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Ota-onasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli farzandini kollejga kiritolmagani uchun boʻlajak adib har kuni gazeta mutolaasidan tashqari, asosiy vaqtini uyi yaqinidagi ziyo maskanida oʻtkazgan. “19 yoshimda kollejga kirolmadim, chunki oilamiz juda qashshoq edi. Shuning uchun kutubxonaga borardim. Haftasiga uch kun kitob oʻqir edim. 27 yoshimda esa universitet oʻrniga kutubxonani mutlaqo bepul tamomlaganman”, - deb yozadi u keyinchalik. “Klassik fantastika janri otasi”, deya tanilgan bu mashhur yozuvchi oʻz muvaffaqiyatlarida aynan kutubxona asosiy rol oʻynaganini eʼtirof etadi.

Har bir inson hayoti uchun maʼnaviy turtki boʻladigan oʻz kitobini topishi uchun toʻgʻri yoʻl tanlashi lozim. Chunki shaxs, oʻzi kitob oʻqigan, bilimli boʻlsagina atrofiga koʻplab ezgu niyat egalarini birlashtira oladi, jamiyat uchun foydali ishlar qiladigan insonlarni shakllantira oladi.

Agar kitobxonlikka qiziqtirishni oʻz tajribam misolida aytadigan boʻlsam, kitobga eʼtiborli oilalarning farzandlari bugun oʻz bilimlari bilan oliygohlarga kirib oʻqiyotganlari, Oliy maʼlumotli boʻlib, elga sidqidildan xizmat qilayotganlari talaygina. Kitob oʻqishning ijobiy natijalari mutolaa qilish, unga mehr qoʻyish, maʼnaviy yuksalishning asosiy omili ekanligini kitobsevarlarimiz yaxshi bilishadi.

Darhaqiqat, Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, bugun kitob oʻqib oʻtirgan bola, ertaga televizor oldida oʻtirgan oʻnta bolani boshqarishi mumkin. Demak, ota-ona bolada bogʻcha va maktab yoshigacha kitobga boʻlgan mehrni uygʻota olsa, farzandining kelajagidan albatta xursand boʻladi.

Shunday ekan, farzandlarimiz qalbida yoshligidan kitobga mehr uygʻotaylik. Bugungi kunda har birimiz oʻz-oʻzimizga “Hayotda oʻz oʻrnimizni topishimiz uchun qanday asarlarni oʻqishimiz kerak?” degan savolni berishimiz kerak. Bu savol zamirida butun avlod tarbiyasi, uning kelgusida shaxs sifatida shakllanishi, bir soʻz bilan aytganda yangi avlod kamoloti turishi kerak! Bugungi mutolaa, kitobxonlik – buyuk kelajak kafolatidir.

Rohatoy RAMANOVA, Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019